Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

6.3. Atmosferada gaz balansi 
Atmosfera havosi yerning ma’lum qobig’i sifatida hayot uchun nihoyatda 
muhim hisoblanadi. Atmosfera havosi temperaturaning keskin o’zgarishi va 
ul’trabinafsha nurlarning tushishi oldini oladi, o’simliklarda boradigan fotosintez 
jarayonini karbonat angidrid va nafas olish uchun kislorod bilan ta’minlaydigan 
man’ba hisoblanadi. Bundan tashqarn, u temperatura va yorug’lik tarqalishini 
o’zgartirib, o’simliklarga bilvosita ta’sir ko’rsatadi. Nihoyat, chang donachalari, 
sporalar, urug’lar va mevalar tarqaladigan muhit hisoblanadi. 
Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo’ladi. yerning deyarli barcha 
kenglik xududlarida va vertikal mintaqalarida, o’simliklar tarqalgan eng yuqori 
chegaragacha quruq havoning tarkibi quyidagilardan 78,1% azot, 21% kislorod
0,032% karbonat angidrid, 0,9% argon va vodorod izlaridan iborat bo’ladi. Lekin 
boshqa tarkibiy qismlar ham bo’lib, vaqtga va joyiga qarab, ularning o’zaro nisbati 
keskin o’zgarib turadi. Bularga ammiak, sul`fat (IV) oksid, o’simliklardan 
ajraladigan 
gazsimon 
xushbo’y 
moddalar, 
chang, 
tutun 
zarrachalari, 
mikroorganizmlar va ularning sporalari, o’simliklar gulining changi, mayda 
urug’lar, sanoat korxonalaridan chiqadigan gazlar va hokazolar kiradi. Bulardan 
tashqari, atmosfera havosi hech qachon quruq bo’lmaydi. Unda doim ma’lum 
miqdorda suv bug’lari bo’lib, uning miqdori har xil xududlarda, turli vaqtda keskin 
o’zgarib turadi. 
Ekologik nuqtai nazardan qaraganda, havoning harakati, ya’ni shamol ham 
katta ahamiyatga ega. Nihoyat, atmosfera bosimining o’zgarishi ko’p jihatdan 
iqlim va ob-havo sharoitini belgilaydi. Ma’lumki, atmosfera azoti yuqori va 


101 
ko’pchilik tuban o’simliklar uchun inert muhit hisoblanadi, chunki gazsimon 
azotni ular bevosita o’zlashtira olmaydi. SHunga ko’ra, atmosfera gazlaridan 
o’simliklar hayoti uchun kislorod va karbonat angidrid katta ahamiyatga ega. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling