Andijon davlat univyersiteti
particularly if they form acid anions which then entyer the groundwatyer
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq qoplami
particularly if they form acid anions which then entyer the groundwatyer. 7.1. Tuproqning nordonlashishi va o’rmonlarning zararlanishi Ekotizimlar hech qachon kationlardan xoli bo’la olmaydi. Hattoki tabiiy ekotizimlarda ham ildizlarning yuqori zichligi, Shuningdek organik kislotalar chuqur qatlamlarda ham kationlarning qayta joylashuvi orqali mavjud bo’ladi. Organik moddalarni mikroorganizmlar metabolizmga uchratadi va kationlarning ikkilamchi yig’ilishini boshqarib turadi (see Fig. 3.3.14). Bu jarayon borel xududga taalluqli, ya’ni Skandinaviyada aniqlangan podzol tuproq tarkibidagi namunalarda ma’lum bo’lgan (Schacht- schabel et al. 1998; Brady and Weil 2004). Tropik hududlarda o’simlik qoplami uncha yaxshi bo’lmagan sharoitlarga ham moslashgan, yahni kationlar yo’qotilishi ruy bermagan. Qanday bo’lmasin kationli holat bilan bog’liq jarayon tropik iqlim uchun ham xos ekan Chadwick et al. (1999) Xuddi Shunday kation yo’qotishlar real xududdagi o’simlik qoplami uchun xos bo’lgan turli asrlarda lava oqimi yuz bergan sharoitlarda ham kuzatiladi (Fig. 3.5.1; Chadwick et al. 1999). Shunday qilib, tizimning kichik mineral kontsentratsiyalarda ham barqarorligi o’rganilgan (aftyer 10,000 years). Ehtimol tabiiy jarayonlar sabab bo’luvchi kation yo’qotilishi kuchli kislotalar tomonidan tezlashtirilishi mumkin, agarda ular kislota anionlarini shakllantirsa, ularning sizot suvlariga bemalol kirishi tahmin qilinadi. Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.456. Tuproq qoplami Tuproq qoplami yerning mustaqil qobig’i (pedosfera) bo’lib, u biosferaning energiya balansida muhim rol o’ynaydi. V. V. Dokuchaev tuproqlarni yerning ustki qobig’ini hosil qiduvchi aloxida tabiiy jismlar deb tariflaydi. Tuproqlar yuza tog’ jinslariga fizik geografik muqit bilan organnzmlarning ta’siri ostida paydo bo’lgan. 128 Tuproqning asosiy xususiyati o’simliklar organik moddalar hosil qilishini, ya’ni uning unumdorligini ta’minlash uchun sharoit yaratishdan iborat. Tuproqning ana shu unumdorligi tufayli o’simliklar bemalol o’sa oladi va quyosh energiyasidan foydalanib, yangi organik moddalar sintezlaydi. Tuproqning tog’ jinslaridan farq qiladigan ba’zi xususiyatlarini aytib o’tish mumkin. Bular tuproq qatlamining vertikal bo’yicha bir xil emasligi, ya’ni gorizontlarga ajralishi tuproqning muhim botanik-geografik ahamiyatga ega bo’lgan bo’shliqlarida sodir bo’ladigan o’zgaruvchanlikning keskin namoyon bo’lishi; tog’ jinslariga xos bo’lmagan fizik xususiyatlar, suv o’tkazuvchanlik, fazo o’tkazuvchanlik kabi xossalarning mavjudligi; tuproqning o’ziga xos fizik va kimyoviy xossalarga ega bo’lishi, ayniqsa ustki qatlaminiki organik moddalarga boy bo’lishi va o’simliklar uchun muhim bo’lgan oziq elementlarini to’plash qobiliyati; tuproqda juda ko’p sondagi organizmlar yashashi va o’simliklarning ildiz tizimi bilan o’zaro bog’liqligi; tuproqning mavsumiy dinamikasi va yil fasllarinnng o’zgarishi, chunonchi, o’simliklarning rivojlanish fazalari, mikroorganizmlarning hayot faoliyati dinamikasi ob-havo sharoiti bilan bog’liqligi va nihoyat, tuproqning boshqa barcha xususiyatlariga bog’liq holda uning unumdorligi katta ahamiyatga ega. XIX asrdayoq fitogeograflar o’simliklar xarakteri bilan tuproq orasidagi bog’liqlikni o’rganishga harakat qilganlar. O. Dekandol (1832) tuproqning organik moddalariga katta axamiyat bergan; Unger (1836) tuproqning kimyoviy xossalarini; Turman (1849) fizik xossalarini birinchi o’ringa qo’ygan; To`la tuproq yeritmasining osmotik bosimiga ko’proq e’tibor bergan. Lekin o’simlik uchui ham, umuman o’simliklar uchun ham tuproqning barcha asosny xossalari, chunonchi, uning ximizmi (mineral oziqlanishidagi elementlar, kislotaliligi va hokazolar), mexanik tarkibi, tuzilmasi, tuproq hosil qilish xarakteri, tuproqning kelib chiqish tarixi va tuproq tiplari katta ahamiyatga ega. Xossalari bilan bir-biridan farq qiladigan tuproq gorizontlari tuproqning vertikal profilini hosil qiladi. Bu farqlar o’simliklar ildizining o’sishi va rivojlanishida, tuproqdagi barcha organizmlarning hayot faoliyatida o’z aksini 129 topadi. Masalan, tabiiy podzal tuproqli yerlarda podzollashgan gorizont, sho’rtob tuproqli yerlarda esa yuvilib ketgan zich gorizont o’simliklarniig hayoti uchun bir oz yaroqli hisoblanadi. Tuproqning qalinlig’i ham muhim ekologik omil hisoblanadi. U Shuning uchun muhimki, o’simliklar ildizining tarqalishiga ta’sir etadigan tuproq ona jinsining va tuproq osti qatlamining joylashish darajasini ifodalaydi. Iqlim sharoiti ko’proq hosil bo’lishi uchun noqulay bo’lgan joylarda, masalan, Arktikada sayoz tuproq qatdami hosil bo’ladi. Tuproqning yoshini bilish Shuning uchun muhumki, vaqt o’tishi bilan tuproq hosil qilish omillari ta’sirida tuproq sezilarli darajada o’zgarib boradi. Tuproq faqat yuksak o’simliklar ta’sirida rivojlanib boradi, Fitotsenozsiz (yoki umuman biosenozsiz) tuproq bo’lmaydi va faqat fitotsenozgina tuproqning fizik va kimyoviy xossalarini o’zgartiradi, uning unumdorligini shakllantiradi. Tuproqning yoshi oshib borgan sari tarkibidagi karbonatlar kamayib boradi, ishqoriy reaktsiyasi ko’pincha kislotali reaktsiyaga o’tadi, organik moddalar miqdori ortadi va hokazo. Bu o’zgarishlarning hammasi o’simliklar qoplamiga va uning turlariga ta’sir etadi. Tuproqning suv rejimi to’g’risida suv ekologik omil degan bobda to’xtalgan edik. Odatda, suv rejimi juda o’zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi, vegetatsiyasiniig ayrim davrlarida o’simliklarning suv bilan ta’minlanishining kuchayib yoki aksincha keskin pasayib ketishi ana shunga bog’liq bo’ladi. Suv rejimining o’zgaruvchanligi ayniqsa janubiy dashtlar kichik xududida keskin namoyon bo’ladi, chunki bu yerlarda yil davomida tushadigan yog’in bir xilda taqsimlanmaydi va suv bug’lanishi juda yuqori darajada bo’ladi. Tuproqning issiqlik rejimi haqida ham yuqorida gapirilgan edi. Ma’lumki, tuproqning issiqlik rejimi joyning rel`efiga va yonbag’irlarning qiyaligiga, lekin birinchi navbatda iqlim sharoitiga bog’liq bo’ladi. Iqlim qancha issiq bo’lsa, tuproq shuncha tez va chuqur isiydi, u qancha kontinental bo’lsa, temperaturasining mavsumiy o’zgarishi shuncha keskin bo’ladi. Tuproqning issiqlik rejimi, ayniqsa, issiqlik yetishmasligi o’simliklarda bir qator morfologik va ekologik holatlarni yuzaga keltirishi mumkin, bu hol o’simlik qoplami tuzilmasini belgilaydi. 130 Tuproqning havo rejimi suv rejimi bilan uzviy bog’langan bo’lib, tuproq qancha nam bo’lsa, unda havo shuncha kam, ya’ni uning ayeratsiyasi ham shuncha yomon bo’ladi. Yoki aksincha, tuproq ayeratsiyasi qancha kuchli bo’lsa, u haddan tashqari qurib ketadi. Yog’in ko’p tushadigan gumid iqlimli xududlarda (tundrada, ninabargli o’rmonlarda) tuproq ayeratsiyasi juda past bo’ladi. Tuproq nami turg’un bo’lganda, tarkibidagi loyqa zarrachalari miqdori ortganda va tizim yo’qolgan hollarda ayeratsiya pasayib ketadi. Aksincha, tuproq serg’ovak bo’lganda gravitatsion suv oqimi kuchayadi, bu esa ayeratsiyani va shunga muvofiq ravishda tuproqning qurishini kuchaytiradi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling