Andijon davlat univyersiteti


Tuproq mexanik tarkibining ekologik ahamiyati


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
7.2.Tuproq mexanik tarkibining ekologik ahamiyati 
Tuproqning mexanik (yoki granulometrik) tarkibi nurash jarayonlari va 
keyinchalik ona jinsning biologik qayta ishlanishi natijasidir. Odatda, u turli 
o’lchamdagi mineral zarrachalarning prosent hisobidagi nisbati bilan 
xarakterlanadi. Umuman olganda, tuproq mexanik tarkibining o’simliklarga va 
o’simliklar to’plamiga bevosita ko’rsatadigan ta’siri juda kam desa bo’ladi. Uning 
ta’siri, masalan, tuproq zichligining ortishida namoyon bo’ladi. Bu esa o’simliklar 
ildizining chuqur kirib o’sishiga to’sqinlik qiladi. Tuproqdagi bo’shliqlar hajmi 
uning mexanik tarkibiga bog’liq bo’ladi. Yirik o’lchamdagi mineral zarrachalar 
bo’shliqlar hajmini oshirib, ayeratsiya yaxshi borishi uchun imkoniyat yaratadi, 
lekin tuproqning suv saqlash xususiyati pasayib ketadi. Tuproqning muhim 
xossalaridan biri singdirish xususiyatidir. Bunda u uzoq muddat davomida ildiz 
tizimi joylashgan xududda oziq moddalarni saqlab turadi; bu esa asosan tuproqning 
mayda zarrachalari miqdoriga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham gil 
tuproqlarning singdirish xususiyati qumli tuproqlarnikiga qaraganda yuqori 
bo’ladi. Mayda zarrachalar tuproqning jonli sathini ancha kattalashtiradi va 
ildizlarning tuproq zarrachalariga tegib turish imkoniyatini oshiradi. 
Tuproq zarrachalarining “O’ziga xos, ya’ni ichki yig’indi yuzasi” oziq 
moddalarning saqlanib turishida va mikroorganizmlar faoliyatida katta ahamiyatga 
ega. Bu yuza qancha katta bo’lsa, tuproqning ion almashtirish xususiyati shuncha 


131 
yuqori bo’ladi va u shuncha ko’p suv saqlaydi. Bu sath kichrayishi bilan tuproq 
zarrachalari orasidagi moddalar almashinuvi imkoniyati ham kamayadi. Mineral 
zarrachalar o’lchamining maydalashishi tufayli tuproqning suv saqlash xususiyati 
ortadi, ayeratsiyasi esa pasayib ketadi. Bunday tuproqlar isishi uchun ko’p issiqlik 
kerak bo’ladi (ular «og’ir tuproqlar» deyiladi). 
“Engil tuproq” deganda (mineral zarrachalark ancha yirik bo’ladi), ancha issiq 
quruq, lekin tarkibida oziq moddalar kam bo’ladigan tuproq haqida tushuncha 
paydo bo’ladi. Mineral zarrachalari ancha yirik bo’lgan qumli tuproqlarning gumid 
iqlim sharoitida suv va havo o’tkazuvchanligi yuqori bo’ladi, ularning chuqur 
qatlamlarigacha isiydi, shunga ko’ra, ular tufayli janubdagi ancha issiqsevar 
o’simlik turlari shimoliy xududga kirib borishi mumkin. Arid xududlarda bunday 
tuproqlar kapillyarlari kamligi tufayli gil tuproqlarga qaraganda namni yaxshi 
saqlaydi; ular o’simliklarga ancha boy bo’ladi, bu tuproq tufayli shimol 
o’simliklari janub tomonga kirib borishi mumkin. Arid xudud tuproqlari qancha 
zich bo’lsa, o’simliklar turi ham shuncha kam bo’ladi, tuproq yirik 
fraktsiyalarining ortib borishiga qarab o’simliklar turi ko’payib boradi. Zich, 
kislorod kam bo’ladigan tuproqlarda o’simliklar ildizi har doim ancha yuza 
joylashadi. 
Tuproqning haqiqiy mexanik tarkibidan tashqari, alohida zarrachalari 
birlashib, birmuncha mustahkam agregatlar hosil qilishi ham katta ahamiyatga ega. 
Tuproqning ana Shunday tuzilmasi hosil bo’lishida tuproq kolloidlari, kal`siy 
karbonat, ildiz tuklari, zamburug’lar mitseliysi, mikroblar ajratgan moddalar, 
gumus (chirindi) va boshqalar katta rol o’ynaydi. Tuproq gorizontlarining 
tuzulmasi o’simliklar ildizi ma’lum chuqurlikgacha kirib borishini ta’minlaydi, 
ko’p jihatdan tuproqning suv, havo va issiqlik rejimi undagi mikroorganizmlar 
aktivligiga ta’sir etadi, ko’pincha tuproqning oziq moddalarga qancha boyligini 
ko’rsatuvchi belgi hisoblanadi. Odatda, strukturasiz chirindili tuproqlarda oson 
o’zlashtiriladigan organik moddalar va azot kam bo’ladi; chirindili donador 
tuproqlar oson o’zlashtiriladigan mineral tuzlarga (ayniqsa azot, tuzlariga) boy 
bo’ladi. Tuproqning ana shu barcha xossalari tegishli ekologik xususiyaglarga ega 


132 
bo’lgan o’simliklarning o’sishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. O’simliklarning 
psammofitlar (qumliklarda o’sadigan o’simliklar) singari ekologik guruxi 
biologiyasi va ekologiyasining xususiyatlari tuproqning “Dag’al” mexanik 
tarkibiga bevosita bog’liq bo’ladi. 
Qum o’rtacha fraktsiyadagi birmuncha silliqlashgan kvarts donachalaridan 
tuzilgan bo’lib, mexanik tarkibiga ko’ra 0,25-0,5 mm li fraktsiyalar asosiy qismini 
tashkil etadi, ular 80-90% ga yetadi. 0,01 mm li fraktsiyalar esa mayda changdan 
iborat va kam bo’ladi. Qumning bunday mexanik tarkibi suv o’tkazuvchanlikning 
yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi, chunonchi, 20-25 minut davomida 1 m 
chuqurlikkacha namlanadi. Lekin unga ozgina changsimon zarrachalar qo’shilib 
qolsa, suv o’tkazuvchanligi keskin pasayib ketadi. Qum yaxshi namlanishi bilan 
bog’liq holda yaxshi yuviladi ham (ishqorsizlanadi), shunga ko’ra, odatda, 
tarkibida oson yeriydigan tuzlar bo’lmaydi; lekin uncha katga bo’lmagan 
chuqurlikda gips to’planishi mumkin. Qumning kapillyarligi pastligi tufayli uning 
yuzasidan suv kam bug’lanadi va ma’lum chuqurlikda “Muallaq” holda uzoq 
muddat saqlanib turadi. 
Qumlarning sochiluvchanligi, harakatchanligi psammofitlarning biologik 
xususiyatlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitda o’simliklar doim qum 
bilan ko’milib qolish xavfi ostida bo’ladi, lekin qumning ko’chib yurishi va 
o’simliklar ildiz tizimining ochilib qolishi substratning yuqori darajada havo 
o’tkazuvchanlik xususiyati bilan qoplanib ketadi. Qumni shamol uchirib ketishi 
ham o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ya’ni bunda ularning ildiz tizimi ochilib 
qoladi. Qumli cho’llarning o’simliklari qumniig shamolda uchib ketishini va 
ko’chib yurishini to’sadi, shamolning tezligini kamaytiradi, shu yo’l bilan qumiing 
qurib qolishining oldini oladi. Tuproqnint temperaturasi, yoritilish darajasi va 
namligi ham o’simliklar turini o’zgartirib yuboradi. CHo’l sharoitida tuproq 
namligi cheklangan omil bo’lganligi tufayli hatto uning o’simliklar ta’sirida bir oz 
bo’lsa ham o’zgarishi juda muhim hisoblanadi. Masalan, psammofit o’simlik 
Sagex rhysoides zich va qalin shoxlangan ildiz tizimi orqali atmosfera 
yog’inlarining deyarli hamma qismini qamrab oladi. 


133 
Psammofitlar quyidagi ekologik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 
Substratning juda harakatchanligi ularda haddan tashqari uzun (ba’zan 20 m 
gacha yetadigan) ildizlar rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, bu xildagi ildizlar 
tuproqning nam gorizontida har tomonga yoyilib o’sadi va o’simlikni suv bilan 
ta’minlab turadi. 
Psammofitlarning ildizi qurishdan va mexanik shikastlanishdai mustahkam 
po’stloq to’qimalari bilan muhofazalangan bo’ladi; ayrim turlari bu xildagi 
muhofazalanish vositasi alohida qum g’ilofdan iborat bo’lib, u qumning 
sementlangan yopishqoq moddasidan hosil bo’ladi. 
Psammofitlar qumga ko’milib qolishiga qarshi kurashish uchun qumning 
yangi yuzasi yaqin joyda qo’shimcha ildizlar hosil qilish reaktsiyasiga ega bo’ladi, 
bunda asosiy ildizning qum donachalari tomonidan shikastlanishi qo’shimcha ildiz 
chiqarishga imkon beradi. 
Barg orqali transpiratsiyani kamaytirish yo’llaridan biri mayda barglilik va 
bargsizlik (afilliya) dir. Yozgi jazirama issiq boshlanishi bilan yozgi xazonrezgilik 
boshlanadi yoki birinchi generatsiyadagi yirik barglar keyingi generatsiyadagi 
ancha mayda bo’lgan barglarga almashinadi. To’kilgan barglarning assimilyatsiya 
funktsiyasini novdalar bajarishi mumkin. Birinchi generatsiyadagi yozda 
to’kiladigan barglarda, odatda, kseromorf tuzilish belgilari aniq bo’lmaydi. 
Substrati harakatchan bo’lgani uchun, odatda, psammofitlar anemoxorlar, ya’ni 
mevasi shamol yordamida tarqaladigan o’simliklar guruxiga kiradi. Shunisi 
qiziqki, psammofitlarda, odatda, rezavor tipidagi sersuv meva hosil bo’lmaydi. 
Substratning mexanik xususiyati qoyalarda, sochilmalarda, toshloqlarda 
o’sadigan o’simliklar (litofitlar) ga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Ildizlar o’sishi 
mumkin bo’lmagan qoyalar va toshlar yuzasida birinchi navbatda epifit o’simliklar 
mikroorganizmlar, suvo’tlar, lishayniklar o’sadi, ular uzoq davom etadigan 
biologik nurashga sabab bo’ladi. Agar qoya va toshlarda yoriqlar bo’lsa, ayniqsa 
tuproq bilan to’lgan bo’lsa, u yerda xasmofit o’simliklar o’sadi. Nihoyat, 
harakatchan tog’ sochilmalarida substratning harakatchanligiga moslashgan xilma-
xil o’simliklar turi o’sadi. Bu xildagi o’simliklar sochilmalarni asta-sekin 


134 
mustahkamlaydi, harakatini to’xtatadi va keyinchalik mayda tuproq zarrachalari 
to’plangandan keyin u yerda butalar va o’tlar o’sadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling