239
Laboratoriya mashg’ulot - 4
O’simliklarning o’zida suvni saqlash qobiliyatini aniqlash
Suv yo’qotish tezligiga teskari kattalik barglarning suv saqlash qobiliyati
hisoblanadi. Suv rejimining bu ko’rsatkichi o’simlikning
u yoki bu suvsizlik
darajasiga bardosh bera olish qobiliyatidan darak beradi.
Ishning maksadi. Xavoning xarorati yuqori va nisbiy namligi past vaqtlarda
o’simliklarning suvni saqlash qobiliyati qanday bo’lishini o’rganishdan iborat.
Identiv O’kuv maqsadlari.
1. Talaba o’simliklarning suvni saqlash qobiliyatini aniqlashni bilib oladi.
2. O’simliklardagi suvni saqlash qobiliyatining moxiyatini tuShunib yetadi.
Kerakli jixozlar: gorzion tarozi, qaychi, daftar, qalam, chizgich,
raqamlangan qog’oz qopchalar.
Ishni bajarish.
Assimilyatsiya qiluvchi organlarning suvni saqlash kobiliyati A.A.
Nichiporovich metodi orqali aniklanadi. Bu ishni bajarish uchun o’simlik bargi
bandi bilan birgalikda kesib olib kelinadi (takrorlanish 3 marta). Torzion tarozida
dastlabki og’irligi tortiladi va daftarga yozib olinadi.
Undan keyin xona ichida
tortib qo’yilgan ipchalarga yerkin xolda osib qo’yiladi. Bir soat o’tgandan keyin
og’irligi yana tortiladi va yozib olinadi, tortish toki oxirgi og’irlik o’zgarmaguncha
qadar davom ettiriladi.
Xisoblash uchun 3 soatdan keyingi og’irligi olinadi. Tortishni tamomlagandan
keyin o’simlik bargi extiyotkorlik bilan oldindan rakamlangan qog’oz kopchalarga
solinadi va 105°S da termostatda quritiladi. Quritilgan o’simlik bargi yana tortiladi,
og’irligi daftarga yozib olinadi. Ishni suvni saqlash qobiliyatini
formula asosida
xisoblash va jadvalni to’ldirish, xulosa qilish bilan yakunlanadi.
Shuni yodda tutish kerakki, ishni bajarish natijasida olgan ma’lumotlarning
barchasini doimo daftarga yozib borish kerak. Fakatgina to’g’ri
yozib borilgan
ma’lumotlar orqali siz aniq bir xulosaga kelasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: