Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
 


240 
Jadval-4 
O’simliklarning suvni saqlash qobshiyatini (3 soatlik ekspozitsiyada % 
hisobida) aniqlash 
t/r 
O’simlik 
nomi 
Xar soatdagi og’irligi 
Quruq 
ogirligi 
Suvni 
saqlash 
qobiliyati 
dastlabki 
og’irligi 

10 
11 
12 




Suvni saqlash qobiliyati (SSK) quyidagi formula bilan hisoblanadi: 
SSK = (3 soatdan keyingi og’irligi – quruq og’irligi) x 100 (dastlabki og’irligi - 
quruq og’irligi) 
Keyslar banki 
Keys O’simlik bargidagi suvning miqdorini aniqlash. O’simliklar tarkibidagi 
suvning mikdorini mavsum davomida o’rganganadi. 
Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar: 
Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang 
(individual va kichik guruhda). 
O’simlik bargidagi suvning miqdorini aniqlashdan kelib chiqib bir nechta 
usulda dastur kodini taqdim eting (individual holda). 
 
Laboratoriya mashg’ulot - 5 
Tuproq namligini aniqlash 
Xar xil iqlim omillari bilan bir qatorda tirik organizmlar hayotida tuproq ham 
muhim rol o’ynaydi. Tuproq - yunoncha «edafos» so’zidan olingan. Tuproq 
deganda, yerning g’ovak, unumdor yuza qavatini tushunamiz. 
Tuproqda uchrovchi barcha tirik organizmlar hayoti jarayonida bir- biriga 
nisbatan turli xil munosabatda bo’lib o’zaro ta’sir ko’rsatadi, ya’ni o’simlik, 


241 
xayvon va mikroorganizmlar o’rtasidagi murakkab munosabatlar natijasida 
tuproqdagi gumus va mineral moddalar miqdori o’zgarib turadi. 
Tuproqning ekologik omil sifatida o’simliklarga ta’siri hakida Shuni aytish 
kerakki, tuproq o’simlikni o’zida tutib turadi va uni ozuqa bilan ta’minlaydi. 
O’simlik tuproqdan suv va unda yerigan mineral va organik moddalarni oladi. 
Tuproqning kimyoviy xossalaridan biri uning kislotaligi bo’lib, bu vodorod 
ionlarining kontsentratsiyasi bilan ifodalanadi. Tuproq yeritmasida musbat 
zaryadlangan (N+) vodorod ionlari ko’p bo’lsa, tuproq kislotali, agar manfiy (ON) 
zaryadlangan gidroksil ionlari ko’p bo’lsa, tuproq ishqorli bo’ladi. Tuproqdagi bu 
ionlarning miqdorlari teng bo’lsa, tuproq yeritmasi neytral reaktsiyada bo’ladi.
O’simlikda yer osti organlarining rivojlanishi tuproqning vodorod ionlari 
kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. Braun-Blanke klassifikattsiyasi bo’yicha: 
kislotali tuproqda yaxshi o’sadigan o’simlik turlariga- atsedofillar, ishqoriy 
tuproqlarda o’suvchi o’simlik turlariga - bazofillar, neytral tuproqda o’suvchi 
turlarga esa - neytrofillar deb ataladi. 
O’simliklarning tuproqda bo’ladigan turli tuzlarga munosabati ham xar xildir. 
Ba’zi o’simliklar karbonat tuzlari ko’p tuproqlarda yaxshi o’sadi va ularga 
kalьtsefillar deyiladi. 
Kislotali muhitga ega bo’lgan tuproqda o’suvchi o’simlik kaltsiy tuzlarini 
yoqtirmaydi va ular qalьtsefoblar deb ataladi.(trof moxlari, otquloq, choy, kashtan 
kabilar kiradi.) 
Oson yeruvchi tuzlarga boy bo’lgan tuproqlarda (sho’r yerlarda) o’suvchi 
o’simliklar galofitlar deyiladi. Qumli tuproqlarda psammofitlar deb atalgan 
o’simliklarning ekologik guruxi tarqalgan. Psammofit o’simliklarning barglari 
ensiz, kattak yoki odatda reduktsiyalangan, meva va urug’lari qumda o’rmalab 
yoki shamol yordamida tarqaladi va ko’pincha sharsimon ko’rinishda bo’ladi. 
SHo’rlanmagan yerlarda o’suvchi o’simliklar - glikofitlar deyiladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling