Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish.
Ishning maksadi. Vegetatsiya davomida o’simlik qay darajada namlik bilan
ta’minlanganligini bilish. Tuproq namligini aniqlashni o’rganish. 242 Identiv o’quv maqsadlari. 1.Tuproqning ahamiyatini anglay biladi. 2.O’simlikning vegetatsiya davomida qanchalik darajada namlik bilan ta’minlanganligini tushunadi. 3.Tuproq namligini aniqlash usulini bilib oladi. Kerakli jixozlar: tuproq turi (parmasi), maxsus qutichada joylashtirilgan idishlar (byukslar), tozalagich (pichok, skalьpelь va X-), termostat, tarozi, plyonka bo’lagi yoki oddiy fanercha, daftar, qalam, chizgich. Ishni bajarish. Tuproq namligi A.A.Rode uslubi bo’yicha o’simliklar ekilgan maydonlarda va jamoada vegetatsiyasi davomida o’rganiladi. Agarda tuproq namligini aniqlash uchun namuna olingan kuni dalada kuchli yogingarchilik bo’lsa, u xolda kuzatishni keyingi kunlari davom ettirish kerak. Dala sharoitida tuproq namunasini olishni Shunday olib borish kerakki, bunda bir kunning o’zida 1-1,5 metr chuqurlikdan tuproq namunasi olinadi. Uning dastlabki og’irligi tortilib, termostatga quritish uchun qo’yib ulgurilishi kerak. Tuproq namunasi 0-10-20 sm, ya’ni xar 10 smdan takrorlanishi kamida 3 martadan olinadi. Xar 10 sm chuqurlikdan tuproq namunasini olish xisobi tuproq turi yordamida ko’rsatilgan belgi asosida olib boriladi. Tur bilan namuna olingandan keyin, uni asta-sekin plyonka parchasiga tozalagich yordamida to’qiladi, olingan tuproq namunasi idishchalarga solinganda, uning yarim xajmini egallashi kerak. Namuna idishchalarga tezda solinadi, atrofi artilib, qopqog’i yopiladi. Xar safar tuproq namunasi olingandan keyin tur asbobini tozalab turish kerak. Namuna olib bo’lingandan keyin hosil bo’lgan chuqurlikni o’zining tuprog’i bilan ko’mib qo’yiladi. Tuproq namunasi tashqi tomondan sonlar yozilgan oldindan og’irligi ma’lum bo’lgan idishlarga olib bo’lingach, bu idishlar qopqog’i kutichaga joylashtiriladi. Tezda xonaga keltirilib, texnik tarozida tuproq namunasi solingan bokslarning og’irligi tortiladi, daftarga yoziladi va termostatga quritish uchun 243 qo’yiladi. Termostatga byukslar og’zi ochiq xolda qo’yiladi. Xar qaysi boksning qopqog’i byuks tagiga qo’yiladi. Chunki idish qopqog’i bilan birgalikda (tuproqsiz) tortilgan bo’ladi. Quritish ishlari 100-105°S xaroratda olib boriladi. Xarorat undan yuqori bo’lsa, tuproq tarkibidagi organik moddalar qo’yib ketishi kuzatiladi. Termometr 100°S ni ko’rsatgandan keyingina quritish vaqti belgilanadi. Termometr esa termostatga uni qizishidan oldin quyib qo’yiladi. Quritish vaqti tuproqning xiliga qarab belgilanadi. Masalan, qumloq tuproq - 6 soat, soz tuproq - 7 soat, torf tuproq - 10- 12 soat davomida quritiladi. Keyin uning og’irligi tortiladi va daftarga yozib olinadi. Ikkinchi marta yana 2 soat davomida termostatga qo’yiladi, quritiladi, yana daftarga og’irligi yoziladi. Agarda ikkinchi marta tortilganda, tuproq namunasi solingan bokslarning og’irligi birinchi marta tortilgandagi ko’rsatkichlarga yaqin, ya’ni deyarli o’zgarmasa, tortishni (termostatda quritishni ham) to’xtatish kerak. Bokslar barcha xisoblash ishlari tamom bo’lgandan keyin tuproqdan tozalanadi, latta bilan yaxshilab artiladi va yana maxsus qutichalarga joylashtirib qo’yiladi. Olingan tuproq namunasi quyidagi tartibda daftarga yozib olinadi va hisoblanadi: Maydonchaning №–––––––––––––––––––––––––––– Maydonchadagi o’simlik nomi, vaqti, kuni, oyi, yili yoziladi. Jadval-5 Tuproq namu- nasini olish chukurligi, sm. Idishchala r sof ogirligi, g. Tuproq bilan birgalikd agi ogir ligi, g. Namunada gi tuproq ogirligi, g Kuritish Buglangan suv, g. Namunada gi kuruk tuproq, g. Tuproq namligi, % kuritilga ndan ke yingi ogirlik, g. 2-marta kuritish Tuproq namunasidagi suvning miqdori tuproqning massasiga nisbatan foizlarda hisoblanadi: X = (a-b~) x 100 % a bunda: 244 a - tuproq namunasining dastlabki og’irligi, g b - tuproq namunasining quritilgandan keyingi og’irligi, g Mashg’ulot tuproq namligini vegetatsiya davomida aniqlash, jadval asosida xisoblash va xulosa qilish bilan yakunlanadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling