Andijon davlat univyersiteti
Yorug’lik enyergiyasi va uning o’lchov birliklari
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
30 Yorug’lik enyergiyasi va uning o’lchov birliklari Yer foydalaniladigan radiatsion enyergiyaning deyarli hammasini (90%ni) atmosferaning yuqorigi chegarasida quyoshdan oladi. Atmosferaga yetib kelgan yorug’lik nurlarining to’lqin uzunligi 200 dan 4000 nm gacha o’zgarib turadi. Xalqaro birliklar tizimida (SI) yorug’lik nurlarining to’lqin uzunligini mikrometr (mqm) va nanometr (nm) bilan o’lchash qabul qilingan. Bunda: 1 mkm = 10~3 mm=10-4 sm = 10_3nm; 1 nm =10-6 mm =10~7 sm =10 angstrem (A) = 10 -10 m ga teng. Quyoshdan tushadigan nur enyergiyasining ko’p qismi quyosh tizimidan tashqariga chiqib ketadi. Bu enyergiyaning faqat ikki milliarddan bir qismi, ya’ni bizda foydalanilayotgan yorug’lik enyergiyasining 2-10~e qismi 150 mln. km dan ortiq yo’l bosib, yyer atmosferasigacha yetib keladi. Bu quyoshdan doimiy ravishda tushib turadigan yorug’lik enyergiyasi hisoblanadi. Lekin quyosh nurining hammasi bevosita yyer yuzasiga yetib kelmaydi. Atmosferadan 50 km chamasi balandlikda ozon qatlami bo’lib, bu qatlam o’zi orqali quyoshdan atmosferaga tushayotgan 295 nm dam kam bo’lgan uzunlikdagi nurlarni o’tkazmaydi. Yyerning sathiga esa qisqa to’lqinli (400 nm) ul`trabinafsha nurlargina yetib keladi. Ular yorug’lik radiatsiyasining faqat 10% ni tashkil etadi. Yorug’lik radiatsiyasining 45% ga yaqinini 400-750 nm gacha bo’lgan ko’zga ko’rinadigan nurlar va yana 45% ga yaqin qismini 750-4000 nm to’lqinli infraqizil nurlar tashkil etadi. To’lqin uzunligi 4000 nm dan ortiq bo’lgan nurlar uzun to’lqinli yoki uzoq infraqizil nurlardan iborat. Yer sathidagi issiqlik nurlanishi ana shu to’lqinli yoki uzoq infraqizil nurlardan iborat. O’simliklar bargiga tushadigan quyosh nuri enyergiyasini ta’sir ko’rsatishi bo’yicha 4 ta fiziologik xududga bo’lish mumkin (Kleshnin, 1954): To’lqin uzunligi 300-520 nm bo’lgan ta’sir xududi. Bu to’lqindagi nurlar o’simliklar xlorofilli, karotinoidlar, protoplazma, fermentlar tomonidan yutiladi. Lekin uning asosiy qismi xlorofillar tomonidan yutiladi. To`lqin uzunligi 520-700 nm bo’lgan ta’sir xududida nurlarning yutilishi xususan xlorofillga bog’liq bo’ladi. Bu to’lqindagi nurlar to’q sariq qizil nurlar 31 hissasiga to’g’ri keladi. Ular fotosintez jarayonida qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligi K.A.Timiryazev tomonidan ko’rsatib o’tilgan edi. Bu radiatsiyadagi nurlar o’simliklarda boradigan barcha fiziologik jarayonlar - fotosintez, rivojlanish, shakllanish va boshqalar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. To’lqin uzunligi 700-1050 nm bo’lgan xudud infraqizil nurlardan ya’ni abiotik radiatsiyadan iborat bo’lib, ular deyarli hech qanday biologik rol` o’ynamaydi, 1050 nm dan yuqori to’lqindagi xudud uzoq infraqizil radiatsiyadan iborat bo’lib, issiqlik rejimining kuchli omili hisoblanadi va ular sitoplazma, suv hamda boshqalar orqali yutiladi. Quyosh radiatsiyasining barglar orqali yutilish intensivligi to’q sariq-qizil to’lqinli nurlarda (600-680 nm) eng yuqori darajada, ulьtrabinafsha nurlarda (330- 520 nm) maksimum darajada va sariq-yashil to’lqinli nurlarda (550-575 nm) minimum darajada borishi kuzatiladi. Infraqizil nurlarning yutilishi barglarning qizishiga sabab bo’ladi, lekin past tempyeraturada bu to’lqindagi nurlar qisman xlorofill tomonidan yutiladi va bizningcha, ular fotosintez jarayonida foydali bo’lishi mumkin. Har holda infraqizil nurlarning yo’qolishi mahsuldorlikning qisman pasayishiga olib kelishi kuzatilgan. Sariq-yashil nurlar o’simlik barglari tomonidan kam yutiladi va fotosintez jarayoniga bevosita ta’sir etmaydi, lekin bu xildagi nurlar, bizningcha, barglarda kuchli darajada yorug’likdan qo’zg’alish manbai sifatida xizmat qilib, yorug’likdan qo’zg’alishni tartibga soladi va shu yo’l bilan fotosintez jarayoniga ta’sir ko’rsatadi. Ulьtrabinafsha nurlar tirik organizmlarga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, 30 sm qalinlikdagi suv to’satdan nurlantirilganda mutlaqo styeril holatga keladi. Haqiqatan ham, bu to’lqindagi nurlar o’simliklar tanasiga uncha chuqur kirmaydi, ular ta’sirida, odatda, epidyermis nobud bo’ladi, hujayralarda ichkarida joylashgan sitoplazma esa himoyalangan holda saqlanib qoladi. Ulьtrabinafsha nurlar antotsian tomonidan yaxshi yutiladi; shunga ko’ra, bu pigment ekran kabi ta’sir ko’rsatib, o’simliklarni himoyalaydi. Ulьtrabinafsha nurlar xlorofillga deyarli ta’sir qilmaydi, lekin zaiflashib qolgan (rangsiz) o’simliklarda ularning ta’siri ostida xlorofill intensiv ravishda hosil bo’ladi. 32 O’simliklar faqat o’ziga bevosita to’g’ri (tik) tushadigan yorug’likdan emas, balki tarqoq tushadigan yorug’likdan ham foydalanadi. To’g’ri (tik) tushadigan quyosh nurlari ko’pincha o’simliklar uchun xavfli bo’ladi, chunki kuchli ta’sir etishi natijasida o’simliklar sitoplazmasi va xlorofili nobud bo’ladi. Tarqoq holda tushadigan yorug’lik, odatda, o’simliklar tomonidan to’la o’zlashtiriladi va tarkibi bo’yicha ham foydali hisoblanadi. CHunki uning 50-60% fotosintez jarayoni uchun muhim bo’lgan sariq-qizil nurlardan iborat bo’ladi. To’g’ri tushadigan yorug’likda bu xildagi nurlar miqdori 30~35% dan oshmaydi. Nihoyat, kunduzgi yorug’lik faqat to’g’ri va tarqoq holda tushadigan quyosh nurlaridan iborat bo’lmay, unga yana osmondan aks etib tushuvchi diffuz yorug’lik ham qo’shiladi. Bu xildagi yorug’lik atmosferaning ba’zi turg’un bo’lmagan komponentlari bilan o’zaro ta’sir etib, o’zida osmon rangini aks ettiradi. O’simliklar xlorofili quyoshning qizil va ko’k nurlaridan yaxshi foydalanadi, Shuning uchun yorug’lik kuchsiz bo’lganda (masalan, quyosh past tushganda), havo bulut bo’lgan vaqtda undan to’liq foydalanadi. Quyosh baland turgan vaqtda xlorofill yorug’likdan birmuncha yomon foydalanadi, chunki bunda yorug’likning enyergetik minimumi spektorniig sariq-yashil qismida yotadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling