Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

3.1. Yorug’likning ahamiyati 
Yashil avtotrof o’simliklar uchun yorug’lik eng muhim hayot omillaridan biri 
hisoblanadi. CHunonchi bu omil, xususan quyosh nuri, o’simliklarda boradigan 
fotosintez jarayonida, ya’ni o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun zarur 
organik moddalar hosil bo’lishida ishtirok etadi. Bundan tashqari, yorug’lik 
o’simliklarning o’sishiga, hujayra va to’qimalarda boradigan jarayonlariga hamda 
organlarning hosil bo’lishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. O’simliklar hayoti uchun 
shu narsa muhimki, fotosintez jarayonida nafas olish uchun sarflanadigan 
miqdordagina emas, balki undan ham ko’proq miqdorda organik moddalar hosil 
bo’ladi. Bu esa o’simliklar tarkibidagi moddalar balansiga ijobiy ta’sir ko’rsatib, 
busiz ular kelajakda o’sishi va hayot faoliyatini davom ettirishi mumkin emas. 
Odatda, qishlok xo’jalik yoki o’rmon xo’jaligi xodimlarini o’simliklarda 
boradigan fotosintez jarayonining mahsuldorligi qiziqtiradi. Ekologlarni esa 
fotosintez jarayonining har xil darajadagi mahsuldorligi va ularning har xil 
sharoitda (turlicha yoritilish sharoitida) sodir bo’lish sabablarini o’rganish 
qiziqtiradi. Bundan tashqari, assimilyatlarning qanday taqsimlanishi, ular 
o’simliklar tomonidan va umuman fitotsenozda qanday foydalanilishi, ya’ni 
yorug’lik o’simliklar qoplamining mahsuldorligiga qanday ta’sir ko’rsatishi 
masalalarini o’rganish juda muhimdir. 
Suv va issiqlik omillariga qaraganda, yorug’lik yyer yuzasida ancha bir tekis 
taqsimlangan. Buni yyer sharining biror xududida yorug’lik tanqisligi tufayli 
o’simliklar mutlaqo o’sa olmaydigan joy yo’qligidan ham bilish mumkin. 
Sutkaning asosiy qismida uzoq tun bo’ladigan qutb xududlarida o’simliklar 
mutlaqo o’smasligi yoki ular juda sekin o’sishi yorug’likning yetishmasligiga 
emas, balki birinchi navbatda, bu xududda tempyeratura sharoiti noqulay 
bo’lishiga bog’liqdir. SHunga ko’ra, o’simliklarni xududlar va kichik xududlar 
bo’yicha ajratishda yorug’lik tobe (qo’shimcha) ro`l o’ynaydi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling