Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
Jami
— — 52,9 42 3.6. O’simliklarning tarqalishida yorug’likning ahamiyati fotoperiodizm, aktinoritmizm Radiatsiya intensivligi va yorug’lik spektorining tarkibi ko’p jihatdan geografik holatga bog’liq bo’ladi. Masalan, shimolda yorug’lik intensivligi kuchsiz bo’lib, lekin yoritilish uzoq davom etadi, asosan uzun to’lqinli nurlardan iborat bo’lgan tarqalib tushadigan yorug’lik ustunlik qiladi. Janubda esa kun qisqa (ekvatorda 12 soatga teng), yorug’lik intensivligi yuqori bo’lgan holda, qisqa to’lqinli yorug’lik ustunlik qiladi. Demak, shimolda o’simliklar vegetatsiya davrida uzun kun sharoitida, janubda esa qisqa kun sharoitida o’sadi. Kun uzunligining o’ziga xos ta’siriga, aniqrog’i kun bilan tun uzunligining o’zaro ta’siriga juda qadim zamonlardan e’tibor byerib kelinadi. 1920 yilda amyerikalik olimlardan Garnyer bilan Allard kun uzunligining o’ziga xos ta’sirini va kun bilan tun almashinishining, yorug’lik va qorong’ilikning o’simliklar uchun ahamiyatini tajribada isbotlab byerdilar va buni fotopyeriodizm yoki aktinoritmizm deb atadilar. Garnyer va Allard aktinoritmizm belgilari bo’yicha o’simliklarni quyidagi 3 guruhga bo’ladilar: uzun kun o’simliklari (kun uzunligi 12 soatdan kam) bular qisqa kun sharoitida gullamaydi yoki kech gullaydi; qisqa kun o’simliklari (kun uzun) kun 12 soatdan uzun bo’lgani uchun bular gullamaydi yoki kech gullaydi; neytral, ya’ni oraliq o’simliklar bular uzun kunda ham, qnsqa kunda ham gullaydi, lekin gul va mevalarining umumiy mahsuloti baribir kun uzunligining nisbatiga qarab yo ko’payadi, yoki kamayadi. Eng avval turli xil o’simliklarning rivojlanishi uchun ma’lum bir kritik maksimum va minimum ahamiyat kasb etadi. SHaroit ana shu kritik chegaradan chiqib ketganda, o’simliklar rivojlanmaydi. Boshqacha aytganda, ma’lum kritik minimumni afzal ko’radigan o’simliklar turini uzun kun o’simliklari deb, fotopyeriodizm davri kritik maksimumdan kichik bo’lganda normal gullaydigan va hosil tugadigan o’simliklarni qisqa kun o’simliklari deb atash mumkin. Lekin ko’pchilik qisqa va uzun kun o’simliklari bu davr 12-14 soatni tashkil etadi. Bu hodisalarni fiziologik jihatdan tushuntirish uchun va o’simliklarni belgilari bo’yicha klassifkkatsiyalash bo’yicha har xil nazariyalar mavjud. Ekologlar va 43 geobotaniklar uchun geografik hodisalardan bo’lgan fotopyeriodizm muhim ahamiyat kasb etadi, bunda kun bilan tun uzunligining o’zaro nisbati joyning geografik kengligiga bog’liq bo’ladi. Qisqa kun o’simliklarida ma’lum kritik davrdan ancha uzun bo’lgan kun vegetativ organlarining ko’payishiga (gigantizmga) va gullashning to’xtashiga olib keladi. Masalan, qisqa kun o’simligi bo’lgan soya o’simligi 12 soatli fotopyeriodizm davrida 100-kuni gullagani holda, 5 soatli fotopyeriodizm davrida 37-kuni gullaydi, uzun kun o’simliklarida kritik davrdan qisqa bo’lgan sharoitda o’stirilganda bo’g’im oraliqlari qisqaradn va hatto o’simlik to’pbargiga o’xshab qoladi. Buning ustiga o’simlikda gullash va hosil to’plash izdan chiqadi. Mo’’tadil iqlim xududidagi daraxtlar tashqi muhit sharoiti, ayniqsa yorug’lik va issiqlikning siklliligi bilan bog’liq holda o’sishda davom etadi. Kunning uzunligi ayrim daraxt va butalarda barglar to’kilishini va tinim davri boshlanishini belgilaydi. Ekvator xududida kun uzunligining mavsumiy o’zgarishi uncha katta emas. Bu yyerda qulay namlik va tempyeratura sharoitida o’simliklar yil bo’yi ritmik aktivlikda bo’ladi va kun uzunligining o’zgarishiga juda kam ta’sirchan bo’ladi. Uzun kun o’simliklarida kunning kritik uzunligi tempsraturaning pasayishiga bog’liq holda qisqarishi mumkin. Ayni vaqtda tempyeratura past bo’lsa, uzun kun o’simliklari gullashi uchun kun qisqa bo’lishi kerak. Odatda, shimolning uzun kun o’simliklari qisqa kunli tropik yoki subtropiklarga ko’chirilsa, gullaydn. Lekin tempyeratura omilini hisobga olgan holda, ular gullaydi, deb taxmin qilish mumkin. Masalan, mazkur subtropiklarning kun qisqa, lekin tempyeratura past bo’ladigan tog’li xududlarida ana Shunday. Shuni ham aytish kerakki, tempyeratura boshqacha ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Agar qisqa kun o’simligi bo’lgan tariqning namlangan urug’i 5-10 kun davomida 27-29° saqlansa, bu o’simlik uchun qisqa kunning zarurati qolmaydi. Bundan tashqari, mo’’tadil xududdagi gullashni kuzga qisqa kunlar bilan bog’liq bo’lgan kech gullaydigan kuzgi o’simliklar tog’larda tempyeratura pasayishi bilan yozda gullaydigan uzun kun o’simliklari qatorida gullaydi. 44 Shimolda o’sadigan o’simliklar, odatda, uzun kun o’simliklari bo’lishi kerak, chunki ularning qisqa vegetatsiya davri uzoq davom etadigap kun uzunligiga to’g’ri keladi. O’rta kengliklardagi xududlarda uzun kun o’simliklari ham, qisqa kun o’simliklari ham uchraydi. Bu yyerlardagi bahorda yoki kuzda gullaydigan o’simlik turlari qisqa kun o’simliklariga, ayni yozda gullaydiganlari uzun kun o’simliklariga kiradi. Lekin turlarning bu o’zaro nisbati kenglikka bog’liq holda o’zgaradi chunonchi, shimolga yaqinlashgan sari uzun kun o’simliklari soni ortib boradi. Fotoperiodizm davri o’simliklarning tarqalishida katta ahamiyatga ega. Tabiiy tanlanish jarayonida turlar o’zi o’sayotgan joyning kun uzunligi va optimal gullay boshlash muddatlari to’g’risidagi axborotni genetik- jihatdan mustahkamlaydi. Hatto vegetativ yo’l bilan ko’payadigan o’simliklar turida ham kun uzunligi mavsumiy o’zgarishlar bilan zaxira moddalar to’planishi orasidagi nisbatni belgilaydi. Albatta, populyatsiyalar tarkibida kun uzunligiga tor va keng moslashgan o’simliklar bo’lishi munkin. SHunga ko’ra, o’simliklarning tarqalish arealini o’rganishda fotopyeriodizm omilini albatta hisobga olish kerak bo’ladi. Kun uzunligiga nisbatan indiffyerent bo’lgan o’simlik turlari potentsial kosmopolitlar hisoblanadi. Yerta bahordan kech kuzgacha gullaydigan turlar ham shular jumlasiga kiradi. Boshqa turlar muayyan kun uzunligida gullay olishga imkon beradigan geografik kenglik doirasidan chetga chiqa olmaydi. Uzun kun o’simliklari agar «mavsumdan tashqari vaqtda» sun’iy uzun kun sharoitiga o’tkazilsa, o’sishi mumkin. Odatda, o’simliklar gullashi davrida sekin o’sadi, lekin agar muttasil uzun kun sharoitida saqlansa, ular intensiv o’sish fazasiga kirishi va gullashi mumkin. Tabiiy sharoitda kunning qisqarishi va vegetatsiya davri oxirlarida tempyeraturaning pasayishi natijasida qayta gullashga majbur qiladigan “Prozokatsiya” hodisasining oldi olinadi: qisqa kun sharoitida o’simliklarning o’sishi susayadi va guli shakllanmaydi. Kun qisqarishi bilan o’sish jarayoni aktivlashgandan keyin u tempyeratura sharoiti bilan nazorat qilinadi. Fotopyeriodizm amaliy jihatdan ham katta ahamiyatga ega, chunki u o’simliklarni shimol tomonga surish imkonini beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling