Andijon davlat univyersiteti
O’simliklarning yorug’likga munosabatiga ko`ra ekologik
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soyaga chidamli o’simliklar
3.5. O’simliklarning yorug’likga munosabatiga ko`ra ekologik
guruhlarga bo’linishi A.Viznyer o’simliklarning yorug’likka munosabatini hisobga olgan holda ularni uchta ekologik guruhga ajratgan. Yorug’sevar o’simliklar (geliofitlar). Bu guruhga mansub o’simliklar asosan ochiq joylarda yashaydi. Ularning yorug’lik bilan ta’minlanishi deyarli 100% ni tashkil etadi. Yorug’sevar o’simliklar guruhsiga janubdagi cho’llarda tarqalgan o’simlik turlari kiradi, bu xududda asosiy maydonlar bo’sh va o’simliklar juda siyrak joylashgan bo’ladi. Geliofitlarga, Shuningdek: tundra va baland tog’larda o’sadigan o’simlik turlari, toshloq va boshqa rudyeralь joylarda o’sadigan, yo’l yoqalarida tarqalgan bir yillik va ko’p yillik o’simliklar, ochiq yyerlarda o’stiriladigan ko’plab madaniy ekinlar, organlari suv yuzasida bo’ladigan ko’plab gidrofitlar ham kiradi. O’rmon xududidagi birinchi yarus o’simliklari asosan daraxtlardan, ya’ni geliofitlardan tashkil topgan bo’ladi. Bu guruhga o’simlik qoplami bir-biriga kirishib ketmaydigan, ochiq yyerlarda o’sadigan o’simliklarning, masalan, oqqaldirmoq singari ayrim turlari ham kiradi. Lekin geliofitlar guruhiga kiradigan ayrim o’simliklar bir oz soyalangan joylarda o’sishga ham moslashgan bo’ladi. Shuning uchun ular orasida soyada o’sa olmaydigan fakul`tativ geliofitlarni va soyada o’sa oladigan obligat geliofitlarni farqlash mumkin. Soyaga chidamli o’simliklar. Bu guruhga kunduzgi to’liq yorug’da o’sa oladigan, lekin bir oz soya joyda yanada yaxshi o’sadigan o’simlik turlari kiradi. Binobarin, ularda 1max xamisha 100% ga teng bo’lib, ba’zi tur xillarida bu miqdor xar xil darajada bo’ladi. Turning soyada o’sishga «moslashish» chegarasi ko’p sabablarga bog’liq bo’ladi. Chunonchi, u gullaydigan o’simliklarda gullamaydiganlarga qaraganda yuqori bo’ladi, madaniy o’simliklar ular o’stirilayotgan joyda konkurentlari kam bo’lishi tufayli soyaga bemalol bardosh byera oladi va hokazo. Bu guruhga o’rmon xududidagi o’simliklarning ko’pchilik 40 turlari kiradi. Tropik mamlakatlardan kelib chiqqan ko’pchilik xona o’simliklari (gullari) ham soyaga chidamli bo’ladi. Quyida har xil o’simliklar uchun L min va L max darajasi qanday bo’lishi to’g’risida misollar keltirilgan: Soyasevar o’simliklar (stsiofitlar) tabiiy sharoitda to’liq yorug’likda o’sa olmaydi. Boshqacha aytganda, ularda L max xamisha 100% dan kichik, L min esa soyaga chidamli o’simliklar turinikiga qaraganda doim past bo’ladi. Masalan: yorug’da yoki soyada o’sa olish qobiliyatiga qarab, ba’zan stsiofitlar orasida fakulьtativ va obligat turlar ham bo’ladi, Stsiofitlar tez xlorofill hosil qila olmasligi tufayli ba’zan to’la yorug’likda passiv bo’lib qolishi mumkin. Yorug’lik hamisha xlorofillni parchalaydi. SHunga ko’ra, o’simlikda qancha xlorofill parchalanayotgan bo’lsa, o’shancha miqdorda xlorofill hosil bo’lib turgan vaqtdagina u yashil bo’ladi. Shuni ham aytish kerakki, soyasevar o’simliklar to’la yorug’likda transpiratsiya jarayoni orqali suvni juda tez yo’qotadi. Shuning uchun barglar sathidagi og’izchalarini berkitib olishga majbur bo’ladi, bu esa o’z navbatida fotosintez to’xtab qolishiga va ochlik sodir bo’lishiga olib keladi. O’simlik quruq moddasining massasi assimilyatsiya jarayonining o’rtacha intensivligiga, barg sathining umumiy yig’indisiga va vegetatsiya davrining davomiyligiga qarab aniqlanadi. Agar o’simlik qoplamining mahsuldorligini aniqlash uchun barg sathi bir tup o’simlik bo’yicha emas, balki ma’lum maydondagi o’simliklar bilan qoplangan tuproq sathining har 1 m 2 yoki har 1 ga maydoni bo’yicha ifodalanadigan bo’lsa, u vaqtda o’simlik qoplami mahsuldorligi yoki vegetatsiya davridagi ko’chatlar soni bo’yicha hosil qilinadi. O’simlikda organik moddalar to’planishini fotosintez va nafas olishga, assimilyatsiya qiladigan va assimilyatsiya qilmaydigan organlar massasiga bog’liq holda hisobga olish uchun L. A. Ivanov quyidagi formuladan foydalanishni tavsiya etgan: Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling