Andijon davlat univyersiteti
To’g’ri va tarqoq holda tushadigan yorug’lik
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
3.2. To’g’ri va tarqoq holda tushadigan yorug’lik
Yorug’lik rejimini o’rganishda to’g’ri va tarqoq holda tushadigan yorug’likning ta’sirini farq qilish juda muhimdir. Ma’lumki, atmosfera, ayniqsa uning o’zgaruvchan komponentlari, ya’ni suv bug’i, karbonat angidrid va boshqa gazlarning molekulalari quyosh radiatsiyasiga juda kuchli ta’sir ko’rsatadi. Atmosferaga yetib keladigan radiatsiyaning 42% ga yaqin qismi yana atrofga aks etib, dunyo bo’shlig’iga yoyilib (tarqab) ketadi. Taxminan 15% yorug’lik (58% dan) atmosfera tomonidan o’zlashtiriladi, absorbilanadi, demak, yyer sathiga quyosh radiatsiyasining faqat 43% yetib keladi. Bulutlar tufayli tarqoq holga kelgan va ular orqali o’tgan yorug’lik ko’p miqdorni tashkil etuvchi qisqa to’lqinli ulьtrabinafsha, ko’kbinafsha va infraqizil nurlarni yo’qotgan bo’ladi. Shundan ma’lum bo’ladiki, tarqoq holda tushgan yorug’likda to’g’ri tushadigan yorug’likka qaraganda fotosintez uchun foydali 33 bo’lgan to’q sariq-qizil nurlar ko’p bo’ladi, ya’ni barglarga to’g’ri tushadigan yorug’lik diffuz deb ataladigan tarqoq yorug’likdan keskin farq qiladi. Havo ochiq vaqtda diffuz yorug’lik umumiy yorug’lik radiatsiyasiga nisbatan 10-15% ni, havoni bulut bosgan vaqtlarda esa 100% ni tashkil etadi. Lekin tarqoq va to’g’ri tushadigan yorug’lik nurlari o’rtasidagi, yorug’likning intensivligi bilan spektrning holati o’rtasidan farq nihoyatda o’zgaruvchan bo’ladi. Bu asosan turli geografik sharoitga, dengiz sathidan har xil balandlikda joylashganligiga, atmosferaning holatiga, joyning relьefiga, o’simliklar qoplamining xaraktyeriga qarab keskin o’zgarib turadi. Bu xildagi munosabat kunning turli soatlarida, vegetatsiya davrining har xil mavsumlarida va turli xil yillarda har xil bo’ladi. Atmosfera qatlamidan o’tishi vaqtida radiatsiya intensivligi kuchli darajada pasaygani xolda baland, tog’li alьp oblastlarida, atmosfera qatlami unchalik qalin bo’lmasligi tufayli radiatsiya intensivligi past tog’li oblastlardagiga qaraganda pasaymay yuqoriligicha saqlanib qoladi. Quyosh gorizontdan past turgan vaqtda radiatsiya intensivligi pasayadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, Quyoshning balandligi sutka davomidagina emas, balki yil davomida ham geografik kenglikka bog’liq holda o’zgarib turadi. Odatda, yertalab va kechqurun quyosh gorizontdan past turishi tufayli uzun to’lqinli yorug’lik radiatsiyasi ustunlik qiladi, ko’p miqdorda tarqoq tushgani holda tush vaqtida qisqa to’lqinli radiatsiyaga boy bo’lgan to’g’ri tushadigan yorug’lik ustunlik qiladi. Lekin radiatsiya, odatda, gorizontal yuzalar uchun o’lchanadi. Tabiatda yonbag’irlarning ekspozitsiyasi va nishabi juda katta ahamiyatga ega. Quyosh nuri tushish burchagining o’zgarishi radiatsiya intensivligini ham keskin ravishda o’zgartiradi. SHunga ko’ra, yorug’lik kuchi kenglik bo’yicha emas, balki topografik variatsiyasi bo’yicha ham keskin farq qiladi. Bu hol ayniqsa yuqori arktik kengliklarga taalluqli bo’lib, janubiy va shimoliy yonbag’irlarda radiatsiya intensivligi orasidagi farq sezilarli darajada bo’ladi. Buni o’sha yerdagi o’simliklar qoplami o’rtasidagi farqdan ham ko’rish mumkin. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling