Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
47 IV-BOB. O’SIMLIKLARGA ISSIQLIKNING TA’SIRI Tayanch so’zlar: al`bedo, joul, konveksiya, termoperiodizm, radiasiya. Harorat omili Fig. 1.3.9. Diffyerences in sensitivity to cold in organs of the coffee tree. Pyercentual damage aftyer 3 days of continual cooling to +1 °C. Black Complete damage; chl chlorotic. (Larchyer 2003). CHizma. 1.3.9. Kofe daraxti organlarida sovuqqa sezuvchanlik farqlari. 3 kundan keyin harorat +1 °C ga ko’tarilganda organlardagi o’zgarishlar. Qora rang to’liq zararlangan (Larchyer 2003). Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.45. 4.1. O’simliklar temperaturasining atrof - muhit temperaturasiga bog’liqligi Barcha fiziologik va kimyoviy jarayonlar ma’lum bir temperatura chegarasida boradi. SHunga ko’ra, issiqlik omili o’simliklarning geografik jihatdan tarqalishida 48 ham katta rol` o’ynaydi. Ma’lumki, issiqlik kinetik energiya shakllaridan biri bo’lib, boshqa turdagi energiyaga aylanishi va nisbatan issiq bo’lgan jismdan sovuqroq jismga o’tishi mumkin. Issiqlikning bunday o’zgarishi yoki uzatilishining uchta usuli: radiatsiya, issiqlik almashinuvi va konvektsiya usuli mavjud. Radiatsiya deganda, quyoshdan yoki quyosh nuridan isigan jismdan har xil uzunlikdagi (nurlar) to’lqinlar tarqalishi tuShuniladi. Atmosfera quyosh radiatsiyasining yoki iksolyatsiyaning ma’lum bir qismini tutib qoladi, qolgan qismi esa yergacha yetib kelib, uni isitadi. Yer isigandan keyin, o’z navbatida, olgan energiyaning bir qismini atmosferaga qaytaradi. Lekin atmosfera xuddi ekran singari vazifani bajaradi, ya’ni o’ziga tushgan energiyani tutib qolib, bir qismini qaytaradi. Tuproq yuzasidagi quyoshdan isigan molekulalarning o’zgaruvchan aktivligi havoning tuproqqa yaqin qatlamlariga o’tadi va ana Shunday issiqlik o’tkazuvchanlik natijasida issiqlik almashinuvi, issiqlik uzatish sodir bo’ladi. Atmosferannng pastki qatlamlari isiganda zichligi pasayadi va isigan havo yuqoriga ko’tariladi, ular o’rnini esa ancha sovuq havo massasi egallaydi. Bundan tashqari, issiqlik energiyasi havo oqimi orqali va gorizontal yo’nalishda nisbatan issiq joydan nisban sovuq joyga tomon xarakat qiladi. Gazlar aralashmalari orqali bu xildagi issiqlik almashinuvi konveksiya deb ataladi. O’simliklarning issiqlik rejimi uchun mazkur sathga tushayotgan issiqlik energiyasini undan qaytarilayotgan issiqlik energiyasiga nisbatini aniqlash juda muhimdir. Bu nisbatning foiz hisobidagi miqdori «alьbedo» deb ataladi (bu termin yorug’lik energiyasiga nisbatan ham ishlatiladi). Issiqlik energiyasining o’lchov birligi Joul` (J) bilan ifodalanadi. Bir kaloriya 4,186 J ga teng. Boshqacha aytganda, 1000 kaloriya kilokaloriyani (kkal), ya’ni 4,186-103 J ni tashkil qiladi. Minutiga har 1 sm 2 hisobiga 1 kaloriyani tashkil etuvchi radiatsiya 6,98-102 Vt- m~2 ga, ya’ni 698 J m-2.s-1 ga teng keladi. Temperatura termini (jismning isiganlik darajasi) jismning molekulyar aktivligi darajasini ifodalash uchun ishlatiladi. SHunga ko’ra, issiqlikni “Temperatura” dan farq qila bilish kerak. Boshqacha aytganda, “Temperatura” 49 sifat ko’rsatkichi (molekulyar aktivlik darajasi), “Issiqlik” esa miqdor ko’rsatkichi hisoblanadi. Buni biron bir narsaning ikki xil massasini bir xil temperaturagacha isitish uchun kichigiga kattasiga nisbatan kam energiya sarflanishdan ham bilish mumkin. O’simlikning temperaturasi bilan agrof-muhig temperaturasi qanday va qaysi darajada mos keladi yoki bog’liq bo’ladi, degan savolga javob berishda o’simlik tomonidan ajratiladigan issiqlik miqdorini nazarda tutmaslik kerak, chunki u juda kam miqdorni tashkil etadi. Ildizning temperaturasi tuproqning temperaturasiga juda yaqin bo’ladi, chunki ildiz tuproq bilan bevosita bog’liq holda joylashgan bo’ladi. O’simliklarning yer ustki organlari masalasi juda murakkabdir. Hamma vaqt, kechasi yoki kunduzi, qishda yoki yozda o’simlikning butun hayoti davomida, xususan, uning yer ustki organlari issiqlik radiatsiyasi, ta’sirida bo’ladi. Odatdagi temperaturada o’simlik barglari ko’p miqdordagi uzun to’lqinli radiatsiyani o’zlashtiradi va tarqatadi. Barglarga radiatsiya bevosita yoki boshqa narsalardan aks etib tarqoq holda tushishi mumkin. Barg o’ziga tushayotgan energiya oqimining bir qismini o’zlashtiradi va isiydi. Ular o’zlashtirgan energiyaning juda oz qismi fotosintez uchun, ko’p qismi transpiratsiyaga sarflanadi. 8-20% yashili va 45% gacha infraqizil nurlar qaytariladi. Nihoyat, insolyatsiyaning ma’lum qismi (yana asosan yashil va infraqizil nurlar) barglar. orqali o’tadi. Shunday qilib, atrof-muhitdan tushayotgan energiya oqimi barglarga, Shuningdek, butun o’simlikka ta’sir ko’rsatadi va unda boradigan fiziologik jarayonlar normal o’tishi uchun sarflanadi. Modomiki, barg tushayotgan va qaytayotgan energiyani o’zlashtirar ekan, ko’p narsa o’simlikka yaqin yuzadagi alьbedoga bog’liq bo’ladi. Masalan, quruq qum uyumlari tushayotgan energiyaning 30-60% gacha qismini qaytaradi, Shuniig uchun bunday qum uyumlari ustida o’sayotgan o’simliklar bargi quyoshdan tushayotgan energiyani 20% ko’p o’zlashtiradi. Bu jarayonlar natijasida, odatda, kunduz kunlari barglar temperaturasi ko’tarilib ketishi kuzatiladi. Buni ayniqsa insolyatsiya kuchli, 50 transpiratsiya sust bo’lganda va issiqlik almashinuvini kamaytiruvchi shamol bo’lmaganda yaqqol ko’rish mumkin. Barglar temperaturasi ko’p jihatdan qalinligiga va konsistentsiyasiga bog’liq. Bu temperatura bevosita tushgan nurlardan oshadi va havo temperaturasidan ham ustun bo’lishi mumkin; tarqoq tushgan yorug’likda barglar temperaturasi, odatda, havo temperaturasiga qaraganda past bo’ladi. Issiqlik sig’imi uncha katta bo’lmagan yupqa qoziq barglar qalin barglarga qaraganda insolyatsiyaning o’zgarishiga nisbatan ta’sirchan bo’ladi, chunki qalin barglarning sathi uncha katta bo’lmaganligi uchun issiqlik almashinish intensivligi past va transpiratsiya sust bo’ladi. V.I.Voznesenskiy va R.M.Reynus (1977) Janubi-G’arbiy Qoraqumda o’sadigan o’simliklar assimilyatsiya qiluvchi organlarining temperaturasi kun davomida sezilarli darajada o’zgarib turishini ko’rsatdilar. CHunonchi, bahorda va yozda 8-14 dan 35-39° gacha o’zgarib turadi; kuzda esa 4-30° atrofida bo’ladi. Yozning eng issiq paytlarida o’simlikning assimilyatsiya qiluvchi organlari temperaturasi 40-43° ga yetadi. O’rta Osiyo cho’llarida tarqalgan, issiq vaqtda barglariii to’kib yuboradigan buta va chala butalarning, Shuningdek, bargli ko’p yillik o’t o’simliklarning assimilyatsiya qiluvchi organlari temperaturasi hamma vaqt havo temperaturasiga qaraganda past bo’ladi. Masalan, rovochda maksimal darajadagi farq (8 o S) kuzatilgan. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling