Andijon davlat univyersiteti


 Past va yuqori temperaturaning o’simliklarga ta’siri


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

4.3. Past va yuqori temperaturaning o’simliklarga ta’siri 
O’simliklarning issiqqa chidamliligi. Evolyutsiya davomida o’simliklar past 
va yuqori temperatura ta’siriga yaxshi moslashgan bo’ladi. Lekin bu moslashish 
unchalik murakkab bo’lmaydi, shunga ko’ra, o’ta past va o’ta yuqori temperatura 


57 
o’simliklarga har xil zarar yetkazishi, hatto ularni nobud qilishi mumkin. Agar 
temperatura ma’lum minimumdan ham pasayib ketsa, o’simlikda tinim davri 
boshlanadi; bu holda nafas olish va ba’zi boshqa funktsiyalar tormozlanadi, lekin 
davom etaveradi. Mo’tadil, lekin uzoq davom etadigan issiqlik, ayniqsa, qisqa 
muddat ta’sir etadigan kuchli issiqlik o’simliklarda qaytmas o’zgarishlarni keltirib 
chiqaradi. 
O’simliklarning o’ta past va o’ta yuqori temperaturaga hech qanday zararsiz 
chidamliligini quyidagi ikki guruhga bo’lish mumkin: 
1. O’simliklar sitoplazmasining issiqqa yoki sovuqqa nisbatan bardoshligiga 
bog’liq holdagi chidamliligi;
2. O’ta past va o’ta yuqori temperatura ta’sirida zararlanmaslik uchun 
o’simliklarda ma’lum moslamalar, mexanizmlar hosil bo’lishi. Ammo 
o’simliklarning bunday moslashuv tufayli chidamliligi uncha ko’p uchramaydi va 
qisqa muddatli ta’sir ko’rsatadi. Lekin o’simliklarda kurtaklarning qor, to’shama, 
tuproq va boshqalar bilan muhofaza qilinishi eng samarali chidamlilikdir. 
O’simliknnng bu xususiyatidan K.Raunkier hayotiy shakllar tizimini tuzishda 
foydalangan. O’simliklarga tushayotgan insolyatsiyaning aks etishidan barglarning 
sovib ketishi, ular quyosh nurita nisbatan burchak hosil qilib joylashishi, 
transpiratsiya jarayoni tufayli sovish va boshqalar o’simliklarning o’ta past va o’ta 
yuqori temperaturaga moslamalari yordamida chidamliligidir. Issiq cho’llarning 
efemerlari va efemeroidlari yuqori temperatura ta’siridan eng samarali “Qutilish” 
shakliga ega bo’ladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling