Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

Pastaklik. Agar o’simliklar shamolning doimiy ta’siri ostida rivojlansa, suv 
tanqisligi tufayli suv bilan o’rtacha ravishda ta’minlanmaydi, bu esa turgor holatini 
pasaytiradi. Buning oqibatida hujayralar yaxshi darajada yiriklashmaydi, natijada 
barcha organlari maydalashadi, o’simliklar past bo’yli bo’lib qoladi. O’simliklar 
hujayralarining o’sishi va rivojlanishi davrida shamolning bunday ta’siri ayniqsa 
kuchayadi. Arktika va alьp past bo’yli o’simliklari ko’pincha yer bag’irlab yoki 
shamoldan himoyalanishi uchun biror narsaga tayanib o’sadi. Haqiqatdan ham
unda tuproq temperaturasi katta rol` o’ynaydn, u havoning yuqori qatlamlaridagiga 
qaraganda ancha yuqori bo’ladi. Bunday sharoitda garchi yoshi juda katta bo’lsa 
ham daraxtlar butadek kattalikda o’sadi. 
Shamolda o’simliklar tanasi va shoxlarining silkinishi ham ta’sir ko’rsatadi. 
L.I.Ivanov tajribalaridan ma’lum bo’lishicha, yosh daraxtlariing shamolda 
silkinishi o’sishga, ayniqsa, uchki qismi va yon novdalarining o’sishiga to’sqiilik 
qiladi. Bu xildagi daraxtlarda tanasining diametri kichrayadi. Bu holda chamasi, 
shamolda egilgan poya va shoxlarning po’stlog’i orqali plastik moddalar kelib 
turishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
Daraxtlar tanasiniig va shox-shabbasining deformatsiyasi, Agar daraxtlarning 
rivojlanayotgan novdasiga bir tomonga esayotgan shamol kuchli ta’sir etsa, 
shoxlarining shakli va holati keskin o’zgaradi. Bunda shaklning o’zgarishi bilan 
albatta past bo’yli bo’lib qolmasligi mumknn, chunki havo nam bo’lgan sharoitda 
ham shamol Shunday holatga sabab bo’lnshi mumkin. Bunday hodisa ayniqsa tog’ 
cho’qqilaridagi qiyaliklarda, dengiz sohillarida shamol bir xil yo’nalishda esadigan 
joylarda tez-tez kuzatiladi. Buning natijasida ba’zi daraxtlar shamol yo’nalishiga 


121 
nisbatan cho’zilgan yassi shaklga kirsa, boshqalari bayroqsimon shaklga kiradi. 
SHamol esadigan tomondagi kurtaklar qurib qolib nobud bo’lishi natijasida 
daraxtlar ana Shunday shaklga kiradi, Shuning uchun ana shu tomondan novda 
o’sib chiqmaydi. Ba’zan shu bilan bnr vaqtda daraxt tanasining tuzidishi ham 
o’zgaradi, ko’ndalang kesilganda yog’ochligi assimetrik tuzilganligi ko’rinadi. O’t 
o’simliklarda shamol esadigan tomonda ko’plab ksilema hosil bo’lishi kuzatiladi. 
O’simliklarning shamol tufayli yerga yotib qolishi bug’doy, makkajo’xori, 
shakarqamish, javdar va boshqalarda kuzatiladi. Bunda shamolda o’simliklar yerga 
yotib qoladi, agar ular hali pishib yetilmagan bo’lsa, u holda poyalarinnng yon 
qismidag’i yon novdalarnpng tik o’sishi hisobiga o’zini yana tiklab olishi mumkin. 
O’simlikning yerga yotib qolishi boshoqdosh g’alla ekinlari uchun juda noqulay 
hisoblanadi, chunki ular hosilini o’rib yig’ib olish qiyin bo’ladi. 
Kuchli shamol va bo’ron vaqtida daraxtlar ildizi bilan qo’porilib ketadi yoki 
tanasining ma’lum qismidan sinadi. Bunday ta’sir darajasi, shamolning kuchidan 
tashqari, o’simlik tanasining anatomik tuzilishiga, ildiz tizimining xarakteriga
qishda esa tanasining muzlashiga bog’liq bo’ladi. Lub qavati yaxshi. rivojlangan 
daraxtlar bo’rondan (masalan, jo’ka) kamroq zararlanadi. Qishda esadigan kuchli 
shamol va bo’ron ayniqsa xavfli bo’ladi, chunki bu vaqtda o’simlnklar tanasi 
muzlagan va juda mo’rt bo’ladi. O’rmonda kuchli shamolda daraxtlarning sinishi 
natijasida uning ichkarisiga shamol kirib borishi uchun yo’l ochiladi, bu esa 
boshqa daraxtlarning sinishi yiqilishiga sabab bo’ladi. 
Daraxtlar shamolning bunday mexanik ta’siriga nisbatan har xil darajada 
chidamli bo’ladi. Masalan, qoraqarag’ay podzol tuproqli yerlarda yuza 
joylashganligi uchun shamolga chidamsiz bo’ladi va odatda, shamolda ildizi bilan 
qo’porilib ketadi. Lekin xuddi shu qoraqarag’ay ildizi yerga chuqur kirib o’sganda 
ochiq joyda kuchli shamolga ham chidaydi, ya’ni qo’porilib yoki sinib ketmaydi. 
Qarag’ay va oqqarag’ay kabi daraxtlarning ildizi yerga chuqur kirib o’sganligi 
uchun udar shamolga chidamli daraxtlar hisoblanadi. SHunga ko’ra, kuchli shamol 
vaqtida ko’pincha bu daraxtlar yiqilmaydi, faqat tanasining ma’lum qismidan sinib 
ketadi. Tuproq qatlami uncha qalin bo’dmagan joylarda qarag’ay ildizi yuza 


122 
joylashgan bo’ladi, Shuning uchun ularni shamol ildizi bilan qo’porib yiqitishi 
mumkin. Bargli daraxtlardan dub shamolga juda chidamli, chunki uning ildizi 
yerga juda chuqur o’sib kirgan bo’ladi. Qayin shamolga chidamsiz, tog’terakiing 
yog’ochligi mo’rt bo’lgapligi uchun bo’ronda qo’porilib ketishi mumkin. 
Bulardan tashqari, shamolning ajoyib mexanik ta’siri daraxtlarning shox-
shabbasi yoki qo’shni daraxtlar shox-shabbasi bilan «savalanishi» dir. Qayin 
shamol vaqtida uzun shox-shabbasi bidan kuchli savalashi mumkin, agar 
qoraqarag’ay qayin bilan yonma-yon o’sayotgan bo’lsa, uning savalashidan 
zarralanadi. Daraxtlar shox-shabbasining ichki savalanishi shox-shabbaning 
siyraklanishiga, yonma-yon o’sgan daraxtlar shox-shabbasining o’zaro savalanishi 
esa ularning kamroq tutashishiga sabab bo’ladi. O’rmonni parvarish qilishda 
bularning hammasini hisobga olish kerak. 
Shamol eroziyasi va uniig ta’sirida hosil bo’ladigan uyumlar. O’simlik 
qoplami tuproqni shamol eroziyasidan muhofaza qiladi. Agar o’simliklar qoplami 
buzilsa, shamol tuproqni uchirib ketadi va o’simliklar ildizi ochilib qoladi. SHamol 
uchirib ketgan materiallar boshqa, bir joyga borib to’planishi, ba’zan o’simliklarni 
ko’mib yuborishi mumkin. Bunday holda o’simliklar qo’shimcha ildiz hosil qilishi 
juda muhim hisoblanadi. Bunday jarayon qumli cho’llar uchun xos bo’lib, ulardan 
psammofitlar katta zarar ko’radi. Dengiz va okeanlar qirg’og’iga kuchli shamol 
ba’zan sho’r changni chiqarib tashlaydi. Bu xildagi chang qirg’oqda o’sadigan 
sho’rga ta’sirchan o’simliklarga o’z ta’sirini ko’rsatadi va ko’pincha 
o’simliklarning ana shu qirg’oqlar bo’ylab tarqalishini belgilaydi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling