Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

7.4.1-rasm. O`sishning yoki quruq modda maxsulotlarining (%) tuproqda 
tuzlar miqdori ortib borishiga bog`liqligi: a-sho`rga chidamsiz tur; b- sho`rga 
o`rtacha chidamli tur; v-sho`rga chidamli nogalafit tur; g-galafit tur. 
Krinogalofitlarga “Tuz ajratuvchi” o’simliklar kiradi; ular protoplazmasining 
o’tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo’ladi. Tuzlar tuz ajratuvchi bezlar orqali 
barglar yuzasiga ajralib chiqadi, Sho’rlanish kuchayishi bilan bezlar soni ham 
ko’payib boradi. Ba’zan o’simliklar barglarini va bir yillik o’simtalarini to’kish 
yo’li bilan tuzlardan qutuladi. Bu guruxga kiruvchi o’simliklar oldingi gurux 
o’simliklariga qaraganda o’zida kam tuz saqlaydi. Tuz ajratish bu sho’rlanishning 
zararli ta’siridan “Qutilish” yo’llaridan biri hisoblanadi. 
Glikofitlar (glikogalofitlar) hujayra shirasining osmotik bosimi tuzlar bilan 
emas, balki organik moddalar bilan, ayniqsa, uglevodlar bilan o’zaro bog’liq 
bo’ladigan o’simliklarni birlashtiradi. Bular “Tuz o’tkazmaydigan” o’simliklar 
bo’lib, ularning sitoplazmasi tuzlarni yomon o’tkazadigan bo’ladi. Ba’zan bu uch 
guruxga, “Tuz to’plovchi” galofitlar ham kiritiladi, ularda protoplazma orqali 
o’tgan tuzlar barglarning pufaksimon qilchalarida to’planadi, Masalan, "Sho’ra 
o’simligida ham ana shunday ro’y beradi. Lekin bu barcha guruxlar shartli 
xarakterdadir. 
O’simliklarning 
sho’rga 
chidamliligi 
birinchi 
navbatda 
protoplazmaning xususiyatlariga, u yoki bu tuzning zaharli ta’siriga va ontogenez 
bosqichlariga bog’liq bo’ladi. 
7.4.Tuproq organik moddalarining ekologik ahamiyati 
Tuproqdagi mineral oziq moddalar bilan bir qatorda gumifikatsiya va o’simlik 
hamda hayvonlar qoldig’ining chala parchalanish mahsulotlari bo’lgan organik 
moddalar ham katta ahamiyatga ega. Bunda fotosintezlovchi yuksak o’skmliklar 


144 
(produtsentlar) qoldig’ining qayta ishlanishidan hosil bo’ladigan mahsulotlar 
ko’proq ahamiyatli hisoblanadi. Produtsentlar nobud bo’lganda yoki konsument 
zanjirda qaytalanganda tuproqni organik moddalarga boyitadi. Yerga to’kilgan 
o’simliklar qoldig’i to’shama hosil qiladi. Yil davomida hosil bo’ladigan bu 
xildagi to’shamaning qalinligi o’simliklar tipining xilma-xilligi va turli xududlarga 
bog’liq holda har xil bo’ladi. Masalan, Larxer (1978) ma’lumotiga ko’ra, 
to’shamaning o’rtacha miqdori gektariga tonna hisobida quyidagicha: tropikda 
g’alladoshlar o’sgan maydonlarda 10-15, mo’’tadil xudud o’tloqlarida 6-10, 
o’rmonlarda 5-9, dashtlarda 1-5, tundrada 0,05-0,5, cho’llarda 0,01- 0,05. Hosil 
bo’ladigan bu xildagi to’shama har xil tezlikda parchalanadi, Shuning uchun uning 
zaxirasi faqat yerga tushgan qoldiqlarga emas, balki parchalanish tezligiga ham 
bog’liq bo’ladi. To’shamaning parchalanish tezligi ko’p jihatdan uning xarakterini 
va tarkibini, tuproq tipi va faunani, ayniqsa, iqlim sharoitini belgilaydi. 
Seryog’in tropik o’rmonlarda yil bo’yi to’qiladigan o’simliklar qoldig’i o’ziga 
xos iqlim sharoitiga va tuproq organizmlarining juda jonliligiga bog’liq holda 1-2 
yil davomida, mo’’tadil xududdagi bargli o’rmonlarda 2-4 yil davomida, ninabargli 
o’rmonlarda 4-5 yil davomida parchalanishi mumkin; dasht xududida parchalanish 
ancha tez boradi, tundrada o’n yillab cho’zilishi mumkin. Dasht xududida ayniqsa 
bahorda va yozda (qurg’oqchilik boshlanguncha) parchalanish tezlashadi, qishga 
borib sekinlashadi. 
To’shamaning parchalanishida tuproqdagi juda ko’p hayvon organizmlar 
ishtirok etadi, chunki o’simliklarning yerga to’kilgan qismlari ular uchun oziq 
hisoblanadi. Bunda saprofaglar muhim rol` o’ynaydi. Bu organizmlarning deyarli 
hammasi hazm qilish jarayonida ekspriment ajratadi, bular esa hali yoyilmagan 
o’simliklar qoldig’i bilan aralashib ketadi. Keng bargli o’rmonlarning organik 
moddalarga boy bo’lgan tuproqlarida parchalanish yana davom etadi. Bunda 
yomg’ir chuvalchanglari ham ishga kirishadi, ular tuproq tarkibiga, ya’ni yumshoq 
chirindi (gumus)ga kiruvchi hazm bo’lgan moddalarni butunlay qayta ishlaydi. 
Chirindi hosil bo’lishida nobud bo’lgan ildiz massasi muhim ahamiyatga ega. 
Tuproqqa chuqur kirib o’sgan ildiz massasi bo’yicha birinchi o’rinda keng bargli 


145 
o’rmonlar va o’tloqli dashtlar, ulardan keyin sernam tropik va subtropik o’rmonlar 
va nihoyat oxirgi o’rinda cho’llar turadi. O’rmonlarda ildiz fitomassasining nisbiy 
hissasi (umumiy fitomassaga nisbatan) uncha ko’p emas (20-25%). Dashtlardagi 
o’t o’simliklar ildizining nisbiy massasi va chirindi zaxirasi eng yuqori bo’ladi, bu 
esa o’t o’simliklarning osonlikcha parchalanadigan ingichka ildizlari ko’pligiga 
bog’liq bo’ladi. Bu chirindi dasht qora tuproqlarining yuqori darajadagi 
unumdorligini ta’minlaydi. 
Shunday qilib, tuproq unumdorligining shakllanishida gumifikatsiya 
jarayonining oxirgi mahsuloti, ya’ni chirindi moddalar (gumin va harakatchan 
fulьvokislotalar) asosiy rol` o’ynaydi. Lekin chirindi tarkibida zaxira oziq 
moddalar to’planishi bir vaqtda ularning immobilizatsiyasini ham bildiradi. 
CHunki ular o’zlashtirilishi qiyin bo’lgan shaklga o’tib qoladi. Chirindi tarkibida 
oziq moddalardan tashqari, fiziologik jonli komponentlar ham bo’ladi, ulardan 
ba’zilari faqat stimullovchi ta’sir ko’rsatmay, balki ingibitorlik yoki hatto 
zaharlovchi ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Chirindi tuproqning unumdorligini 
(strukturasini) va fizik xossalarini yaxshilaydi. Gumus hosil bo’lish jarayoni faqat 
temperaturaga emas, balki anayerobioz jarayonlarga, kalьtsiy ishtiroki esa 
tuproqnnng mineral tarkibiga bog’liq bo’ladi. Tuproqdagi organik moddalar 
o’simliklar uchun qanchalik ahamiyatga ega ekanligini quyidagilardan ochiq oydin 
ko’rish mumkin. 
Buzilmagan fitotsenozlarda to’shama zaxira, tuproqdagi organik moddalar 
miqdori va fitomassa o’rtasida ma’lum muvozanat kuzatiladi. Bunday muvozanat 
juda muhimdir, chunki to’shama tarkibidagi rezerv oziq moddalar mazkur 
ekotizimda qolib, minerallanish natijasida hosil bo’ladigan oziq elementlari asta-
sekin yashil o’simliklar tomonidan foydalaniladi. Fitomassaning yo’qolishi yoki 
yerga to’kilgan qoldiqlarni yo’qotish tuproqda aniq elementlari kamayib ketishiga 
sabab bo’ladi. Agar tuproqdagi organik moddalar tez minerallansa (masalan, tropik 
o’rmondarda), mineral elementlar juda tez ajralib chiqadi va o’simliklar oson 
o’zlashtiradigan shaklda bo’ladi, bu esa ko’p fitomassa hosil bo’lishi uchun 
imkoniyat yaratadi. 


146 
Shunday qilib, tuproqdagi organik moddalarning aylanishi murakkab sikldan 
(o’simliklarning to’kilgan qoldig’i (to’shama) gumifikatsiya “minerallanish” 
o’simliklarga qaytishdan) iborat bo’lib, har doim biologik muhim elementlar 
yetarli miqdorda bo’lishini ta’minlaydi, tuproqning unumdorligi esa ko’p jihatdan 
undan chiqib ketgan elementlarning yana o’ziga qaytib tushish tezligiga bog’liq 
bo’ladi. Ayrim elementlar atmosferaga uchib chiqib ketib yo’qolsa, boshqalari 
tuproq orqali sizib o’tadigan suvlar bilan oqib ketadi. Lekin davomli nurashlar
azot fiksatsiyasi, chang o’tirishi - bularning hammasi yo’qotilgan elementlarning 
bir qismi qayta tiklanishini ta’minlaydi. Umuman yashil o’simliklar tuproqdan 
olgandagiga ko’ra ko’proqni qaytaradi. Ular tuproqdan kam miqdorda yerigan 
moddalar olib, unga ko’p organik moddalar (tsellyuloza, lignin, kraxmal, shakar, 
yog’lar, protein va boshqalar) qaytaradi. Bu esa tuproqda ko’p jonivorlarning va 
ular bilan oziqlanadigan boshqa organizmlarning rivojlanishiga imkon beradi. 
Tuproqning temperatura rejimi ko’p jihatdan tarkibidagi organik moddalarga 
bog’liq bo’lib, ular tuproqning suv rejimiga ham ta’sir ko’rsatadi, chunki 
tuproqning suv saqlash qobiliyati ko’p jihatdan uning tuzilmasini hosil qiluvchi 
kolloidlarga bog’liq bo’ladi Modomiki, organik moddalarining ko’pi yer yuzasiga 
yaqin joylashgan ekan, bu yuza gorizont suv saqlab turish qobiliyatiga ega bo’ladi. 
Eng ustki qatlam, ya’ni to’shama tuproqni suv oqimidan va suv tomchilarining 
mexanik ta’siridan muhofaza qilib turadi. Lekin shu bilan birga to’shama suvni bir 
qismini tutib qolib, uni ildizga o’tkazmaydi. To’shama juda tez qurib qoladi, bu esa 
daraxtlar o’simtasining ildiz olishini qiyinlashtiradi. 
Organik moddalarning qayta ishlanishida ishtirok etadigan ko’pgina 
organizmlarning faoliyati ko’p jihatdan SO
2
ajralishiga bog’liq bo’lib, tuproqning 
«nafas olishini» ta’minlaydi. Nihoyat, Shuni aytish kerakki, chirindi (gumus) 
tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, tuzilmasi donador bo’lishini ta’minlaydi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling