Andijon davlat univyersiteti


 Tuproq tirik organizmlarining ekologik ahamiyati


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

7.5. Tuproq tirik organizmlarining ekologik ahamiyati 
Tuproq juda ko’p organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi. Bularga 
mikroorganizmlardan tortib to yirik yerqazir sut emizuvchilargacha kiradi. Ular 
yashil o’simliklar hayoti uchun qulay sharoit yaratadi. Bir xil organizmlar 


147 
o’simliklar yoki ularning qoldiqlari bilan oziqlansa (fitofaglar), boshqalari 
yirtqichlik bilan hayot kechiradi. Bunda ayniqsa xlorofillsiz organizmlarning, 
birini navbatda, bakteriyalar, zamburug’lar, aktinomitsetlar, so’ngra xar xil 
(amyoba, infuzoriya va boshqalar)ning ahamiyati katta bo’ladi. Bular asosan 
saprofitlar, akkrisotroflar va hokazolardir. Tuproq organizmlari juda ko’p 
miqdordagi organik moddalarni parchalaydi (minerallashtiradi) va nobud 
bo’lganidan keyin o’zi ham chirindi manbai bo’lib qoladi. Ular ammonifikatsiya va 
nitrifikatsiya jarayonlarida hamda azotni fiksatsiya qilishda katta rol` o’ynaydi. 
Tuproqning suv, havo va issiqlik rejimi yaxshilanishida ham tirik organizmlarning 
roli katta bo’ladi. Nihoyat, tuproq organizmlari organik moddalarni tuproqning 
chuqur qatlamlariga olib kiradi va aksincha, mineral moddalarni tuproqning ostki 
qatlamidan yuqori qatlamlariga olib chiqadi (bunda tuproq “yosharadi”). 
5-jadval 
Tuproq umurtqasiz xayvonlari asosiy guruhlari vakillarining soni
(xar 1 m
2
maydonda) 
Bi
o
ti

X
as
h
aro
tl
ar 
v
a l
ic
h
in
k
al
ar
Y
o
mg
`i

ch
u
v
al
ch
an
g

lar

E
n
x
it
rei
d
lar
K
an
al
ar
N
ema
to
d
al
ar
O`rmon 
O`tloq 
Ekinzor 
3000 
4500 
1000 
78 
97 
41 
3500 
10500 
2000 
300000 
40000 
10000 
6 mln 
5 mln 
4,5 mln 
Tuproqdagi tirik organizmlarni ikki guruxga bo’lish mumkin: o’simlik 
Organizmlar bakteriyalar, aktinomitsetlar, suvo’tlar, zamburug’lar, yashil o’simlik 
mikroblar kirishiga yo’l qo’ymaydi. Lekin ildizlar nobud bo’lishi bilanoq ularda 
bakterial parchalanish boshlanadi. Rizosferada har xil turlarning o’ziga xos 


148 
mikroflorasi yashaydi, chunki ularga ildiz ajratmalari selektiv, tanlab ta’sir 
ko’rsatadi. 
Muhit reaktsiyasi ham o’ziga xos ahamiyatga ega: masalan, ko’pchilik 
bakteriyalar neytral reaktsiyani yoqtirsa, zamburug’lar kislotali muhitni afzal 
ko’radi. Zamburug’lar bilan bakteriyalarning o’zaro nisbati ham muhit 
reaktsiyasiga va bundan tashqari, to’shamaning tarkibiga bog’liq bo’ladi. 
Ninabargli o’rmonlarda to’shamani asosan zamburug’lar parchalasa, bargli 
o’rmonlarda saprofit bakteriyalar ko’pchilikni tashkil qiladi. Shuni hisobga olish 
kerakki, mikroorganizmlar nafas olishida ko’p kislorod iste’mol qiladi, ba’zan 
kislorod yetishmasligi mumkin, natijada esa ildizlarning faoliyati susayib ketadi. 
Tuproqda yashil, ko’k yashil va diatom suvo’tlar yashaydi. E.A.SHtin ma’lumotiga 
qaraganda, chimli podzol tuproqlarning 1 g da 16 mingdan 378 minggacha suvo’t 
bo’lib, ular gektariga 500 kilogramgacha biomassa hosil qiladi. 
Shunday 
qilib, 
saprofit 
mikroorganizmlar 
organik 
moddalarning 
parchalanishida katta rol` o’ynaydi, ularning har bir tipi, parchalanishning har
qaysi bosqichida o’ziga xos saprotrof bo’ladi. Agar minerallanish jarayoni uchup 
sharoit qulay (temperatura, namlik, ayeratsiya, pH normal) bo’lmasa, unda sikl 
oxirigacha davom etmaydi va tuproqning unumdorligi past bo’ladi. 
Tuproqdagi tirik organizmlar ko’p jihatdan tuproq eritmasidagi K, R va Sa 
kabi elementlar miqdoriga ta’sir hiladi, chunki ular karbonat angidrid ajratadi, bu 
gaz esa mazkur elementlar tuzlarining yeruvchanligiga ta’sir ko’rsatadi. Shu bilan 
bir vaqtda ayrim o’simliklarning ildiz tizimidan ham zaharli moddalar (masalan, 
zamburug’lar uchun) ajraladi. Ayrim zamburug’lar va bakteriyalar o’simliklarning 
o’sishini tezlashtiruvchi moddalar ajratish xususiyatiga ega bo’ladi (masalan, 3-
indolilsirka kislota ajratadi). Nihoyat, ba’zi bakteriyalar va ko’k yashil suvo’tlar 
gazsimon azot fiksatsiya qiladi, tarkibida azot bo’lgan oqsil birikmalarini 
minerallashtirib, azotni organik siklga kiritadi. Tuproqdagi birmuncha yirik 
organizmlar uni mexanik aralashtirish nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi. Yer 
qazuvchi kemiruvchilar pastki qatlamdagi tuproqni yer yuzasiga chiqaradi. 
Masalan, chala cho’l va dasht xududlarda sug’urlar ini atrofida tuproqning ostki 


149 
gorizontiga tegishli materiallar to’planib qoladi, Shuning uchun bu uyumlar 
kalьtsiyga boy o’ziga xos flora hisoblanadi. Tuproqdagi jonivorlar ochgan yo’llar 
unga havo va suv kirishiga imkon beradi. Lekin ba’zi tuproq organizmlari 
o’simliklarning ildizi, o’simtasi va urug’ini zararlab, qishloq xo’jaligiga zarar 
yetkazadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling