Andijon davlat univyersiteti
VIII-BOB. OROGRAFIK OMILLAR
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2. O’simliklarning tarqalishida ekspozitsiya va yonbag’irlarning qiyaligining ahamiyati
VIII-BOB. OROGRAFIK OMILLAR
8.1. Orografik omillarning o’simliklar qoplamiga ta`siri Bular bilvosita omil bo’lib, o’simliklarga to’g’ridan-to’g’ri ta`sir etmay, balki boshqa omillar orqali ta`sir ko’rsatadi. Masalan, ular iqlim omillari orqali ta`sir etishi mumkin. Orografik omillarga dengiz sathiga nisbatan balandlik, yonbag’irlarning ekspozidiyasi (quyoshga nisbatan joylashganligi) va qiyalik kiradi. Orografik omillarning o’simliklar qoplamiga ta’siri faqat yerning geografik kengligiga (xududlarga) qarab emas, balki dengiz sathidan qanchalik balandlikda joylashganligiga qarab ham o’zgarib turadi. Bu holat ayniqsa tog’li xududlarda keskin namoyon bo’ladi. Ma’lumki, toqga har 100 metr ko’tarilib borgan sari, temperatura 0,5° ga pasayib boradi. SHunga ko’ra, o’simliklar qoplami ham o’zgarib boradi. O’rta Osiyo o’simliklar qoplamini o’rgangan . Botaniklar, tekislikdan tog’lar tomon ko’tarilgan sari o’simliklar qoplami xuddi geografik xududlarga qarab o’zgargani singari ma’lum qonuniyatga muvofiq o’zgarib borishini aniqlaganlar. O’rta Osiyoda dengiz sathidan ko’tarilish darajasiga qarab, o’simliklar mintaqalari ketma-ket keladi. Masalan, cho’llar, adirlar, yaylovlar. SHu bilan birga 152 har qaysi mintaqa o’z navbatida ikki bosqichga bo’linadi: pastki va yuqorigi (bu O’zbekistonlik botanik olim, akademik Q. 3. Zokirov tomonidan taklif qilingan). Shuni ta`kidlab o’tish kerakki, har qaysi o’simlik mintaqasining chegarasida dengiz sathidan balandlikga ko’tarilgan sari o’simliklarnnng balandligi, tanasining diametri, shox-shabbasining shakli, ba’zan hosilga kirish tezligi ham o’zgarib boradi. 8.2. O’simliklarning tarqalishida ekspozitsiya va yonbag’irlarning qiyaligining ahamiyati O’simliklarning tarqalishida ekspozidiya va yonbag’irlarning qiyaligi ham katta ahamiyatga ega. Masalan, shimoliy yonbag’irlar janubiy yonbag’irlarga qaraganda sernam bo’lib, o’simlik qoplamining qalinligi bilan xarakterlanadi. Janubiy yonbag’irlarda issiqsevar va yorug’sevar o’simliklar o’sadi. Adabiyotlarda, odatda, tog’lardagi daraxtzorlar shimoliy yon-bag’irlar bilan bog’lanib ketgan deb qayd qilinadi. Buni faqat tabiiy sharoit, yuqori darajadagi namlik va xilma-xil bo’ladigan tuproq sharoitining muvofiq kelishi bilan izohlash mumkin. Lekin tog’lardagi o’simliklar qoplami qanday joylashganligiga diqqat bilan nazar tashlasak, tog’ning qishloqdan ancha uzoq va odam borishi ancha qiyin bo’lgan shimoliy va janubiy yonbag’irlari o’simliklar bilan qoplanganligini ko’ramiz. Janubiy yonbag’irlarning o’rmonsizligini odam ta’siridan deb tushunsa bo’ladi. Ma’lumki, janubiy yonbag’irlarda qor ancha yerta yerib ketadi va O’rta Osiyo aholisi ilgaridan bu yerlardan dehqonchilik maqsadlarida foydalanib kelgan. Buning natijasida janubiy yonbag’irlar o’rmonsizlanib qolgan. Yuqorida aytilganidek, o’simliklarning tarqalishida yonbag’irlarning qiyaligi muhim rol` o’ynaydi. Yonbag’irning qiyaligi asosan tuproqning suv bilan ta’minlanish darajasiga, yog’in miqdoriga, ayniqsa kuchli bo’ladigan yog’inlarga bog’liq. Ma’lumki, anchagina tik yonbag’irlardan suv juda tez oqib tushadi va tuproqni hamda u bilan birga o’simliklarni ham ma’lum darajada yuvib ketadi. Kamroq qiya bo’lgan yonbag’irlarda esa namlik ko’proq ushlanib qoladi va tuproqniig chuqur qatlamlarigacha nam kirib boradi. Bunday yonbag’irlarda o’simliklar qalin bo’lib o’sadi va rivojlanadi. Olib borilgan ko’plab kuzatishlarda 153 aniqlanishicha, yonbag’irlar qiyaligining kritik burchagi 10-12° ga teng bo’ladi. Yonbag’irlarda Shunday qiyalikdan boshlanib eroziya egatlari kuzatiladi. Yonbag’ir qancha qiya bo’lsa, shuncha ko’p isiydi, shunga mos ravishda o’simliklari ham shuncha kam bo’ladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling