Andijon davlat univyersiteti


- jadval  Raunkier bo’yicha biologik spektr %


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

6- jadval 
Raunkier bo’yicha biologik spektr % 
Xududlar 

Ch 


Th 
Trofik 
61 

12 

16 
Cho’l 




82 
O’rta dengiz 
12 

29 
11 
42 
Mo’tadil 
(o’rta 
Yevropa) 


52 
25 

Artika 

22 
60 
15 

Jadvaldan ma’lum bo’lishicha, tropiklardagi bir xil issiq va nam sharoitda 
(iqlimda) fanerofitlar ustunlik qiladi (61%). Yozi uzoq davom etadigan va quruq 
bo’ladigan noqulay cho’l va O’rta dengiz mintaqalarida terofitlar ustunlik qiladi 
(82% va 42%).
1918 yilda Gams hayotiy shakllarning batafsil ishlangan tizimini taklif etdi. U 
o’simliklarning yashash joyning xarakteri, oziqlanish usullari, harakatlanish 
xususiyati va boshqalardan foydalangan holda hayotiy shakllarni 3 ta tipga bo’ldi: 


180 
1-tip bir xil muhitda yashaydigan va unga birikkan organizmlar, ya’ni mazkur 
substratda (suv, havo va tuproqda) yashaydigan organizmlar; II-tip-har muhitda 
yashaydigan organizmlar (tuproqda ildiz oladi, yer ustki qismlari havoda bo’ladi). 
Bu yerda ham Raunkierdagi kabi guruxchalarga bo’linadi; III-tip harakatchan 
organizmlar (tuban hayvonlar). Gams tizimi asosan sinekologik hisoblanadi, 
chunkn u organizmlarning tarqalishini ko’rsatadi, bu esa o’simlik guruhlarining 
tuzilishiii va biotsenologiyaning boshqa masalalarini o’rganishda muhim 
ahamiyatga ega. 
Rus 
olimlaridan 
G.N.Visotskiy 
1918 
yilda 
“Ergenya. Kul`turno 
fitologicheskiy ocherk” deb nomlangan klassik asarida hayotiy shakllarning eng 
orginal tizimini taklif etdi. U guruxlarni o’simliklarning vegetativ ko’payish va 
tarqalish usullariga qarab ajratdi. Uning sxemasi asosan quruq dasht va cho’llar 
uchun mo’ljallangan edi. Visotskiy 6 ta bo’lim va ular ichida guruxchalarni ajratdi. 
I-bo’lim - vegetativ ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan ko’p yilliklar: a) 
o’qli, o’q ildizli va popuk ildizlilar (u) va b) chim hosil qiluvchilar (a). 
II-bo’lim - aktiv vegetativ ko’payuvchi ko’p yilliklar: “Sudraluvchi”lar, 
ildizpoyalilar (x) va bachki xosil qiluvchilar. 
III- bo’lim- yer ustki piyozchali va qo’ltiq tugunakli ko’p yilliklar. 
Birinchi uchta bo’lim “Prevalidlar” deb nomlanib, ularga nam va oziq 
moddalarning asosiy qismini o’zlashtirishda ustunlik qiladigan o’simliklar kiradi. 
Ular namlik va oziq moddalarning asosiy iste’molchilari bo’lishidan tashqari, 
fitotsenozda mustahkam o’rin egallaydigan asosiy fitomassa ishlab chiqaruvchilar 
hisoblanadi. 
IV-bo’lim- ko’p yilliklar, ikki va bir yilliklar (bahorgi va kuzgilar). 
V-bo’lim- yashirin qo’shiluvchi tuban o’simliklar (moxlar, lishayniklar
zamburug’lar). 
VI- bo’lim-dashtlarda kam uchraydigan “ksilofitlar” (h), daraxtlar, butalar. 
Keyingi 3 ta bo’limni Visotskiy “Angredientlar” deb atadi, ya’ni ular 
oldingilarga “Prevalidlar” ga tobe o’simliklardir. 


181 
Keyinchalik novdalari hayotining davomiyligi va yer osti organlarshshng 
qanchalik saqlanshgshga qarab, har qaysi gurux, guruxchalarga bo’linadi. 
Yuqorida keltirilgan guruxlardan tashqari, Kazakevich yana daraxtlarni (N) va kam 
yilliklarni (0, 0) ajratdi. O’simlik guruhlarini hayotiy shakllar tarkibi bo’yicha 
o’rganishga statistik yondoshganligi uning katta xizmati va fanga qo’shgan hissasi 
hisoblanadi. U hayotiy shakllarning foiz nisbati bo’yicha konkret guruhlar uchun 
spektr tuzishni taklif etdi. Bunday spektrlarni analiz qilish fitotsenolog va botanik-
geograflarning ishidir, biz uni ekologik tadqiqotlarga yondashish va organik metod 
sifatida keltirdik. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling