Andijon davlat univyersiteti


 O’simliklar turlarida S va N balansi


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

11.1. O’simliklar turlarida S va N balansi. 
O’simlik turlari bir birlaridan yashil organlaring assimilyatsiya jarayoni va 
yashil bo’lmagan biomassasi bilan farq qiladi. Tropik o’rmonlarda atigi 2 % 
biomassa barglar hisobiga to’g’ri keladi, o’tloqlarda esa 50 % ni tashkil qiladi. 
Tropik o’rmonlardagi biomassa tropik o’t o’simliklar o’sadigan tekisliklardagi 
biomassa bilan farq qilmaydi. Hattoki, bir yilda tekisliklarda kuzatiladigan 
biomassa harorat yuqori bo’lsa-da yuqoriroq bo’ladi.
Botanikadagi o’simlik tuzilmasining tahlillari o’simlik turlarining hayotiy 
shakllari bilan bog’liq ravishda taksanomik tasvirlashdan mustaqildir. 
Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant 
ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.379. 
11.2. “Hayotiy shakl” tushunchalari 
Hozirgacha biz ayrim ekologik omillarni va ularning o’simliklarga ta’sirini 
o’rgandik. Ana shu omillar ta’sirida o’simliklarning ma’lum morfologik ko’rinishi, 
hayotiy shakllari tarkib topadi. Lekin «tur» va hayotiy shakl» tushunchalari bir xil, 
ya’ni o’xshash emas. Chunki bir turning o’zi arealning turli qismlarida, turli 
ekologik sharoitda har xil hayotiy shakllarga ega bo’lishi mumkip. Masalan, 


173 
ko’pchilik daraxtlar yashash joyi atrofida ko’pincha buta yoki yerga yoyilib 
o’sadigan shakllar hosil qiladi (ma-salan, Taymirda tilog’och, arealining eng 
chekka SHimolida oddiy qarag’ay va hokazo). Qoraqayin ko’pincha tarqalgan 
joyining eng chekkasida yoyilib o’sadigan shakllar hosil qiladi. Turkiston 
archasida ham Shunday hol quzatiladi. O’simliklar arealidan tashqariga 
ko’chirilganda (introduktsiya) hayotiy shakldari va tashqi ko’riiishida yanada katta 
o’zgarishlar ro’y beradi. Yevropaning shimolidagi mo’’tadil iqlim sharoitida 
o’sadigan subtropik daraxtlar shoxlarini har yili sovuq urishi natijasida ular chala 
buta shaklida o’sadi. Kola yarim orolida zarang bilan jo’ka daraxtlari buta va chala 
buta ko’rinishida o’sadi. Aksincha, Gvineyada choy o’simligi bo’ii 5-6 m ga, 
diametri 6-7 sm ga yetadigan daraxt shaklida o’sadi. 
Boshqacha aytganda, yashash sharoiti ekologik omillar (iqlim, tuproq, 
fenotik omil va hokazolar) o’zgarishi bilan hayotiy shakllar ham o’zgaradi. 
Ikkinchidan, turli floristik xududlarda, iqlim, tuproq fenotik sharoit va boshqalar 
o’xshash bo’lgan sharoitda tizimlik jihatdan bir-biridan uzoq bo’lgan turlar 
o’xshash, analogik, konvergent hayotiy shakllar hosil qiladi. Masalan, Markaziy 
Amerikada sukkulent, «kaktussimon» shakllar haqiqiy kaktuslardan hosil bo’lgan. 
Afrikada esa bir xil sharoitda konvergent hayotiy shakllar sutlama va boshqa 
tizimlik guruxlar hosil qiladi. Yoki bo’lmasa, dunyoning deyarli barcha 
xududlaridagi baland tog’larda turli tizimlik guruxlar orasida ancha o’xshash 
bo’lgan yostiqsimon hayotiy shakllar kuzatiladi. Bunday konvergentsiya 
taksonomik (tizimlik) va ekologik klassifikatsiyalar bir-biriga mos emasligini yana 
bir bor ta’kidlaydi. 
Ko’pchilik mualliflar hayotiy shakllarni o’simliklarning ustun ekologik 
sharoitga moslashuvi ifodasi deb qaraydilar. Lekin bunday qarash biz yuqorida 
to’xtalib o’tgan ekologik guruxlarga (mezofitlar, kserofitlar, soyada o’sadigan, 
yorug’sevar o’simliklar, galofitlar va hokazolarga) ham mos keladi. Shunda 
ularning farqi nimada, degan haqli savol tugiladi. Chamasi, ekologik guruxlar 
alohida ekologik omillarga (namlik, temperatura, sho’rlanish, tuproqga) 
moslashganligini, hayotiy shakllar esa o’simliklarning ko’plab ekologik omillar 


174 
yig’indisiga, ya’ni yashash joyining o’ziga xos xususiyatiga butunlay tarixiy 
moslashganligini aks ettiradi. Shuning uchun “hayotiy shakl” tushunchasi bilan 
“ekologik gurux” tushunchasini chalkashtirish mumkin emas. 
“Hayotiy shakl” terminini 1884 yili E.Varming taklif etgan. Hayotiy shakl 
deganda, u individning vegetativ tanasi butun hayoti davomida tashqi muhit bilan 
bog’liq bo’lgan shaklni tushungan. I. G. Serebryakov (1962,1964) hayotiy shakl 
haqida yanada mukammal tushuncha bergan. Hayotiy shakl deganda, u o’simliklar 
guruxining mavsumiy rivojlanishi bilan bog’liq xolda ifodalangan o’ziga xosligini 
tushungan. Chunonchi, ularning mavsumiy rivojlanish spesifikasi, har yili o’sish 
va yangilanish usullari, organlariiing tashqi va ichki strukturasi, Shuningdek, aniq 
tuproq, iqlim va fitosenotik sharoitda tarixiy hosil bo’lgan tashqi ko’rinishlarda bu 
sharoitga o’simliklarning moslashuvchanligi aks etadi. Hayotiy shakllarning yana 
boshka bir qancha ta’rifi bor. 
O’simliklar ontogenezida hayotiy shakllarning doimiy emasligini ham 
hisobga olish zarur. O’simliklar hayoti davomida har xil hayotiy shakllarga 
(morfogenez fazalari) ega bo’lishi mumkin, ya’ni ontogenezida. individual hayotiy 
shakllari almashinishi mumkin. Voyaga yetgan o’simliklarniig hayotiy formasi 
shakllangan bo’ladi, Shuning uchun hayotiy shakllarni klassifikaniyalashda undan 
foydalanish mumkin bo’ladi. Shuning uchun tur bitta yosh bir nechta hayotiy shakl 
bilan. xarakterlanadi o’simliklar ontogenezi davomida o’zgarib turadigan hayotiy 
shakllar turning bir qismini va ayni paytda fitotsenozning bir qismini tashkil 
etuvchi populyatsiyalar hosil qiladi. Demak, fitotsenoz faqat voyaga yetgan 
o’simliklarning emas, balki yoshi bo’yicha almashinuvchan bo’lgan hayotiy 
formalar to’plami bilan ham harakterlanadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling