Andijon davlat univyersiteti
O’simliklar turlarida S va N balansi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.2. “Hayotiy shakl” tushunchalari
11.1. O’simliklar turlarida S va N balansi.
O’simlik turlari bir birlaridan yashil organlaring assimilyatsiya jarayoni va yashil bo’lmagan biomassasi bilan farq qiladi. Tropik o’rmonlarda atigi 2 % biomassa barglar hisobiga to’g’ri keladi, o’tloqlarda esa 50 % ni tashkil qiladi. Tropik o’rmonlardagi biomassa tropik o’t o’simliklar o’sadigan tekisliklardagi biomassa bilan farq qilmaydi. Hattoki, bir yilda tekisliklarda kuzatiladigan biomassa harorat yuqori bo’lsa-da yuqoriroq bo’ladi. Botanikadagi o’simlik tuzilmasining tahlillari o’simlik turlarining hayotiy shakllari bilan bog’liq ravishda taksanomik tasvirlashdan mustaqildir. Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.379. 11.2. “Hayotiy shakl” tushunchalari Hozirgacha biz ayrim ekologik omillarni va ularning o’simliklarga ta’sirini o’rgandik. Ana shu omillar ta’sirida o’simliklarning ma’lum morfologik ko’rinishi, hayotiy shakllari tarkib topadi. Lekin «tur» va hayotiy shakl» tushunchalari bir xil, ya’ni o’xshash emas. Chunki bir turning o’zi arealning turli qismlarida, turli ekologik sharoitda har xil hayotiy shakllarga ega bo’lishi mumkip. Masalan, 173 ko’pchilik daraxtlar yashash joyi atrofida ko’pincha buta yoki yerga yoyilib o’sadigan shakllar hosil qiladi (ma-salan, Taymirda tilog’och, arealining eng chekka SHimolida oddiy qarag’ay va hokazo). Qoraqayin ko’pincha tarqalgan joyining eng chekkasida yoyilib o’sadigan shakllar hosil qiladi. Turkiston archasida ham Shunday hol quzatiladi. O’simliklar arealidan tashqariga ko’chirilganda (introduktsiya) hayotiy shakldari va tashqi ko’riiishida yanada katta o’zgarishlar ro’y beradi. Yevropaning shimolidagi mo’’tadil iqlim sharoitida o’sadigan subtropik daraxtlar shoxlarini har yili sovuq urishi natijasida ular chala buta shaklida o’sadi. Kola yarim orolida zarang bilan jo’ka daraxtlari buta va chala buta ko’rinishida o’sadi. Aksincha, Gvineyada choy o’simligi bo’ii 5-6 m ga, diametri 6-7 sm ga yetadigan daraxt shaklida o’sadi. Boshqacha aytganda, yashash sharoiti ekologik omillar (iqlim, tuproq, fenotik omil va hokazolar) o’zgarishi bilan hayotiy shakllar ham o’zgaradi. Ikkinchidan, turli floristik xududlarda, iqlim, tuproq fenotik sharoit va boshqalar o’xshash bo’lgan sharoitda tizimlik jihatdan bir-biridan uzoq bo’lgan turlar o’xshash, analogik, konvergent hayotiy shakllar hosil qiladi. Masalan, Markaziy Amerikada sukkulent, «kaktussimon» shakllar haqiqiy kaktuslardan hosil bo’lgan. Afrikada esa bir xil sharoitda konvergent hayotiy shakllar sutlama va boshqa tizimlik guruxlar hosil qiladi. Yoki bo’lmasa, dunyoning deyarli barcha xududlaridagi baland tog’larda turli tizimlik guruxlar orasida ancha o’xshash bo’lgan yostiqsimon hayotiy shakllar kuzatiladi. Bunday konvergentsiya taksonomik (tizimlik) va ekologik klassifikatsiyalar bir-biriga mos emasligini yana bir bor ta’kidlaydi. Ko’pchilik mualliflar hayotiy shakllarni o’simliklarning ustun ekologik sharoitga moslashuvi ifodasi deb qaraydilar. Lekin bunday qarash biz yuqorida to’xtalib o’tgan ekologik guruxlarga (mezofitlar, kserofitlar, soyada o’sadigan, yorug’sevar o’simliklar, galofitlar va hokazolarga) ham mos keladi. Shunda ularning farqi nimada, degan haqli savol tugiladi. Chamasi, ekologik guruxlar alohida ekologik omillarga (namlik, temperatura, sho’rlanish, tuproqga) moslashganligini, hayotiy shakllar esa o’simliklarning ko’plab ekologik omillar 174 yig’indisiga, ya’ni yashash joyining o’ziga xos xususiyatiga butunlay tarixiy moslashganligini aks ettiradi. Shuning uchun “hayotiy shakl” tushunchasi bilan “ekologik gurux” tushunchasini chalkashtirish mumkin emas. “Hayotiy shakl” terminini 1884 yili E.Varming taklif etgan. Hayotiy shakl deganda, u individning vegetativ tanasi butun hayoti davomida tashqi muhit bilan bog’liq bo’lgan shaklni tushungan. I. G. Serebryakov (1962,1964) hayotiy shakl haqida yanada mukammal tushuncha bergan. Hayotiy shakl deganda, u o’simliklar guruxining mavsumiy rivojlanishi bilan bog’liq xolda ifodalangan o’ziga xosligini tushungan. Chunonchi, ularning mavsumiy rivojlanish spesifikasi, har yili o’sish va yangilanish usullari, organlariiing tashqi va ichki strukturasi, Shuningdek, aniq tuproq, iqlim va fitosenotik sharoitda tarixiy hosil bo’lgan tashqi ko’rinishlarda bu sharoitga o’simliklarning moslashuvchanligi aks etadi. Hayotiy shakllarning yana boshka bir qancha ta’rifi bor. O’simliklar ontogenezida hayotiy shakllarning doimiy emasligini ham hisobga olish zarur. O’simliklar hayoti davomida har xil hayotiy shakllarga (morfogenez fazalari) ega bo’lishi mumkin, ya’ni ontogenezida. individual hayotiy shakllari almashinishi mumkin. Voyaga yetgan o’simliklarniig hayotiy formasi shakllangan bo’ladi, Shuning uchun hayotiy shakllarni klassifikaniyalashda undan foydalanish mumkin bo’ladi. Shuning uchun tur bitta yosh bir nechta hayotiy shakl bilan. xarakterlanadi o’simliklar ontogenezi davomida o’zgarib turadigan hayotiy shakllar turning bir qismini va ayni paytda fitotsenozning bir qismini tashkil etuvchi populyatsiyalar hosil qiladi. Demak, fitotsenoz faqat voyaga yetgan o’simliklarning emas, balki yoshi bo’yicha almashinuvchan bo’lgan hayotiy formalar to’plami bilan ham harakterlanadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling