Andijon davlat univyersiteti
Hayotiy shakllarning dastlabki tiplari
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
11.4. Hayotiy shakllarning dastlabki tiplari
Turli olimlar hayotiy shakllarning har xil tizimi yoki klassifikatsiyasini taklif etganlar. 19 - 20-asrlardash klassifikatsiyalar orasidan I.G.Serebryakov (1962) ikkita yo’nalishni tanlab oldi. Hayotiy shakllarning ekologik fizionomik klassifikatsiyalari, ya’ni o’simliklarning tashqi ko’rinishiga, gabitusiga asoslangan klassifikatsiya. Bu guruhga ko’p mualliflar tamonidan taklif etilgan klassifikatsiyalarni kiritish mumkin. SHulardan faqat quyidagilarni keltiramiz. Kerner 1863 yilda “Jizn rasteniy Dunayskix stran” deb nomlangan kitobida yoppasiga tarqalganligi bilan farq qiladigan 12 ta “Asosiy shakl” ni ta’riflaydi. Kerkerning bu shakllari Gumbolьdtning «asosiy shakllari» dan farq qilib, faqat 176 mo’’tadil kengliklar uchun xos bo’lgan shakllar hisoblanadi. U daraxtlar, butalar, yirik o’tlar, ser ildiz va kam ildizli o’simliklar chirmashib va yoyilib o’sadigan o’simliklar va hokazolarni farq qilgan. Grizebax (1872) “Растительность земного шара” deb nomlangan kitobida (1874 va 1877 yillarda A.N.Beketov tomonidan ruschaga tarjima qilinib nashr etilgan) ancha mukammal ishlangan klassifikatsiyani taklif etadi. U “Asosiy shakllar” ni 7 ta guruxga ajratgan. Bular daraxtsimonlar; sersuvlilar (sukkulentlar), chirmashib o’suvchilar, epifitlar, o’tsimonlar, boshoqdoshlar, tomirsizlar (moxlar va lishayniklar) dan iborat. Bu “Asosiy shakllar” o’z navbatida barglari va poyalarining tuzilishig ko’ra ta’kidlashicha, shakl yoki har bir shakllar guruxi mamlakat iqlimining xususiyatlarni va uning tarixini aks ettirishi kerak. Bu tizimdan hozirgacha ko’p mualliflar foydalanishadi, chunki u turli geografik kengliklardagi deyarli barcha xilma-xil o’simliklarni qamrab olgan. Lekin na Gum`bol`t va na Grizebax hayotiy shakl tushunchasiga biror moslashgan yoki evolyutsion fikr qo’shmaganlar. Ularning hayotiy shakllari ko’proq geografik, “Landshaft” tushunchalari bo’lgan. O’tgan asrniig oxirlarida hayotiy shakllar klassifikatsiyasiga Darvinning evolyutsion nazariyasi katta ta’sir ko’rsatdi. Masalan, 1884 yilda Negeli tashqi muhitga kam bog’liq bo’lgan “tashkiliy” belgilarni (masalan, reproduktiv sfera) va tashqi muhit ta’sirida o’zgaruvchi “Moslashuv” belgilarini farqlashni taklif etgan. Belgilarning bunday bo’linishi, albatta, hayotiy shakllar klassifikatsiyasiga ta’sir etgan. O. Drude (1887 yilda o’z klassifikatsiyasini “Biologik”, ya’ni moslashuv belgilari asosida tuzdi. U “O’simlik shakllari”ning 7 ta asosiy guruxini aniqladi. Keyinroq, 1913 yilda Drude yanada yaxshi ishlangan tizimni taklif etdi va birinchi bo’lib hayotiy shakllarni tekshirishda filogenetik yondashish haqidagi masalani ko’tardi. Endi, u yer yuzasida o’sadigan va suv o’simliklarining 40 ta hayotiy shaklini aniqladi, bunga tuban o’simliklar ham kiritilsa, hammasi bo’lib 55 ta shakl bo’ladi. 1931 yilda Dyu Rie o’z tizimini taklif etdi. Bu, ehtimol, eng kichik ekologik klassifikatsiya bo’lsa kerak. Dyu Rie aslida adaptatsiya nazariyasidan uzoqlashdi 177 va turli belgilar, chunonchi, rivojlanishning davriyligi, kurtaklarning joylashishi, kurtaklarning himoyalanganligi va boshqalar asosida klassifikatsiya tuzdi. Haqiqatan ham uning “O’sish shakli” tizimi, tarkibida o’tsimon o’simliklar bo’lmasa ham, ancha batafsil ishlangan. I. G. Serebryakov ajratgan ikkinchi yo’nalish morfologik-biologik yo’nalish bo’yicha hayot shakllarini klassifikatsiyalashda ularning biologik xususiyatlaridan, masalan, hayotining davomiyligi, rivojlanish ritmi, oziqlanish usullari va hokazolardan foydalaniladi. Albatta, bu belgi va xususiyatlar biriichi navbatda morfologiyada namoyon bo’ladi, shunga ko’ra, ikkala yo’nalish bir-biriga ancha yaqin, lekin dastlab ular birmuncha mustaqil rivojlangan. Ehtimol, Ogyust Piram Dekandol (1918) tizimi hayot shakllarini morfologik- biologik klassifikatsiyalashdagi birinchi urinish bo’lsa kerak. U hayotning davomiyligi, meva berishining takrorlanishi, novdalarining tuzilishi va boshqa belgilari bo’yicha o’simliklarni 8 guruxga bo’ldn. Bir yillik, ikki yillik, ko’p yillik monokarp, polikarp o’simliklar shular jumlasidandir. U polikarp o’simliklarni har yili hosil beradigan va novdalari qurib qoladigan o’simlikdar, chala butalar, butalar, daraxtlarga ajratdi. Dekandol taklif etgan bunday bo’linish tizimi ko’plab hozirgi ishlarda ham saqlanib kelmoqda. O’tgan asrning o’rtalarida Irmish (1851) va Braun (1852) ajoyib tizimlarni taklif etdilar. Lekin faqat Ch.Darvin ta’limoti ta’sirida hayotiy shakllar mazkur yo’nalish bo’yicha ham muhitga moslashish usuli sifatida o’rganiladigan bo’ldi. Hayotiy shakllar tushunchasining muallifi bo’lgan Varming 1884 yilda ancha batafsil morfologik-biologik tizim taklif etdi. U o’simliklarni ikki asosiy guruxga bo’ldi: gapaksant o’simliklar, ya’ni monokarplar monosikllilar, disikllilar, polisikllilar (ko’р yilliklar) va hokazolar; ko’p yillik polikarplar. Keyingi asosiy guruxni u yana ikkita guruxchaga bo’ldi: a) harakatsiz yoki sust harakatlanadigan o’simliklar bularning asosiy ildizi butun hayoti davomida saqlanadi (13 ta guruxcha); asosiy ildizi nobud bo’ladi, vegetativ ko’payish ustunlik qiladi; b) hararakatlanish xususiyatiga ega bo’lgan o’simliklar yer ustida harakatlanadi 178 (parxesh, jingalaklari orqali), yer ostida harakatlanadi (ildizpoyasi, o’q ildizlari va boshqalar orqali), suvda suzib yuradi. Varming tizimining asosiy negizi shundan iboratki, u Gumbol`dt yoki Grizebax kabi o’simliklar «Fizionomiyasi»ni aks ettirishga urinmay, balki ularning moslanuvchanlik belgilarini aniqladi. U birinchi bo’lib yer osti organlarga ham katta e’tibor berdi. Lekin Varming tizimi batafsil ishlangan bo’lishiga qaramay, hech qanday yagona printsipga ega emas edi; u ko’proq, vegetativ belgilari bo’yicha taksonomik tizimdan iborat edi. XX asrning boshlarida (1903, 1905, 1907) Raunkier shu vaqtgacha keng tarqalgan tizimini taklif etdi. U o’z tizimida hayotiy shakllar yilning noqulay sharoitida hayot kechirishiga qarab farq qilishiga asoslandi. Lekin moslashuv belgilarining bu kompleksidan ham bittasi, ya’ni yangilanish kurtaklari yoki novdalar uchki qismining noqulay sharoit davomida yer yoki suv yuzasiga nisbatan joylashuvi tanlab olingan. Dastlab hayotiy shakllar 5 tipga bo’lingan. 1. Fanerofitlar (R) -kurtaklari yuqorida (30 sm) ochiq joylashgan; 2. Xamefitlar (Sh)- noqulay davrda yangilanish kurtaklari tuproq yuzasiga yaqin (20-30sm) joylashgan; 3.Gemikriptofitlar (G)-yangilanish kurtaklari va novdalarning uchki qismi bevosita tuproq yuzasida, to’shama ostida joylashgan; 4. Kriptofitlar (K)-“Yashirin”; yer ustki poyalari to’liq nobud bo’ladi, yangilanish kurtaklarier ostida har xil chuqurlikda saqlanib qoladi. Kriptofitlar quyidagi guruxchalarga bo’linadi: a) geofitlar (O) - yer ostki, ildizpoyali, piyozli va hokazo; b) gelofitlar botqoqlik, ochiq poyalari suv yuzasida, yangilanish kurtaklari suv ostida joylashgan; v) gidrofitlar - butun o’simlik suv ostida bo’ladi. 5. Terofitlar (Tk) - noqulay davrda urug’ shaklida bo’ladigan bir yilliklar. Hayot shakllarining bu tiplari guruxchalarga bo’linadi: masalan, fanerofitlar balandligi bo’yicha mego, mezo, mikro va nanofanerofitlarga bo’linadi; gemikriptofitlar esa to’pbargi bor yo’qligiga qarab, to’pbarglilarga va to’pbargsizlarga bo’linadi; terofitlar bahorgilarga va kuzgilarga; geofitlar esa vegetativ ko’payish organlarining xarakteri bo’yicha bo’linadi. 179 Ko’pchilik mualliflar Raunkier guruxlarini yana qandaydir qo’shimcha belgilari bo’yicha bo’lib, uni to’ldiradilar va kengaytiradilar. Lekin Shuni ta’kidlash ham kerakki, Raunkierning hayotiy shakllari yerning florasi va o’simliklari juda qadimgi davri tarixida differentsiyalangan o’simliklar strukturasining asosiy modellari bo’lib hisoblaiadi. Ular tarqalish xududlari va iqlim sharoitidan qat’i nazar, har bir palьmada bir yillik terofitlardan tashqari, hayotiy yirik takson doirasida takrorlanaveradi (masalan, shakllarning barcha guruxlari aniqlangan). Raunkier statistik usulni qo’llab, hayotiy shakllar guruxlari iqlim sharoitiga bog’liq holda tarqalishini ko’rsatdi. Turli mintaqa va xududlar uchun o’z guruxlarining foiz hisobida tarqalishini hisobda, biologik spektor deb atalgan oddiy usulni taklif etdi (6-jadval). Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling