Andijon davlat univyersiteti


 Hayotiy shakllar evolyutsiyasining ba’zi aspektlari


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

11.5. Hayotiy shakllar evolyutsiyasining ba’zi aspektlari 
Ma’lumki, hayotiy shakllarga birinchi e’tibor bergan olim A.Gumbol`dt 
xisoblanadi (1906). U o’sha vaqtda “Fizionomik shakllar” haqida gapirgan edi. 
Albatta A.Gumbol`dtning qarashlarida hayotiy shakllarning tarixi, evolyutsion 
rivojlanish g’oyalari butunlay yo’q edi. Uning fikricha, sayoradagi turli 
o’zgarishlar natijasida shakllar faqat almashinishi mumkin bo’lgan. Qizig’i 
shundaki, hayotiy shakllarga evolyutsion tarixiy nuqtai nazardan qarash yaqin 
vaqtda paydo bo’ldi. Chunonchi, ular XIX va XX asrlar chegarasida, ya’ni 
Darvinning evolyutsion nazariyasi tasdiqlangandan ancha keyin yuzaga keldi. 
Shunga ko’ra, hayotiy shakllar evolyutsiyasi masalalari hali etarli darajada ishlab 
chiqilmagan, u ko’plab munozarali kontseptsiyalarga ega, bu boradagi tortishuvlar 
poyoniga etganicha yo’q. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, hayotiy shakllar 
(agar ularni taksonomik birlik deb hisoblasak) evolyutsiyaga duchor bo’lmaydi. 
Chunki evolyutsiya populyatsiyadan boshlanadi va tur evolyutsiya qiladi, buning 
natijasida esa turning asosiy belgisi bo’lgan hayotiy shakllar ham evolyutsiyaga 
duchor bo’ladi, ya’ni bu jarayon qolgan barcha belgilar kompleksi bilan birga 
boradi. 
Ma’lumki, o’tgan asrning oxirlarida ba’zi mualliflar turli ma’lumotlarga 
asoslanib, daraxtsimon hayotiy shakllar birinchi bo’lib, o’tsimonlar esa ikkinchi 
bo’lib kelib chiqqan degan xulosaga kelganlar. Masalan, A.N.Krasnov 1899 yilda 
bir yillik va o’tsimon hayotiy shakllarni eng yangi deb hisoblagan, daraxt 


182 
tipidagilarning avval past bo’yli, so’ng o’tsimonlarga aylanishi yerdagi hayot 
sharoiti evolyutsiyasi bilan birga borganligini, ya’ni quruqlikning rivojlanishi, 
tog’lar va tepaliklar ko’tarilishi va iqlim o’zgarishi munosabati bilan borganligini 
ta’kidlaydi. U ayniqsa tropiklardan Osiyo va Yevropaning mo’’tadil. hamda sovuq 
xududlariga o’tishda bunday intraduktsiya bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi. 
Keyinchalik ko’pchilik olimlar yopiq urug’lilar orasida daraxtlar birlamchi 
o’rinda 
turishini 
qayd 
qilganlar. 
V.G.Aleksandrov, 
M.P.Golenkin, 
A.A.Grossgeym, B.M.Kozo Polyanskiy, M.G.Popov, A.L.Taxtadjyan, Beyli, 
Korner, Ims, Gallir, Jeffri, Sinnot va boshqalar shular jumlasidandir. Bu 
olimlarning hammasi “Somatik reduksiya” deb atalgan nazariyaga, ya’ni daraxt 
hayotiy shakllar birinchi va o’t o’simlik hayotiy shakllar ikkinchi degan nazariyaga 
u yoki bu darajada hissa qo’shganlar. “Somatik reduksiya” terminini 40-yillarda 
M.G.Popov taklif etgan. Galler esa 1905 yilda qadimgi magnoliyalardan lianalarga, 
butalarga va (dastlab ko’p yillik, so’ngra bir yillik) o’tlarga o’tadigan zanjirni 
aniqladi. 
Keyingi vaqtda hayotiy shakllarni o’rganish bo’yicha alohida yo’nalish 
evolyutsion-morfologik yo’nalish rivojlanmoqda. Bu yo’nalish (ya’ni maktab 
asoschilaridan biri I.G.Serebryakovdir. Uning maktabi tarafdorlari hayotiy 
shakllarni evolyutsion rejada o’rganadilar, shuningdek, har xil botanik-geografik 
xududlarda ularning ontogenetik rivojlanishini (ontomorfogenezini) tadqiq 
qiladilar. Nihoyat, hayotiy shakllarni, har xil tsenotik populyatsiyalar doirasidagi 
katta hayotiy sikl jarayonida ularning shakllanish yo’llarini o’rganishga ham katta 
e’tibor berilmoqda. 
Ekologiyaning etakchi masalalaridan biri bo’lgan hayotiy shakllarni 
o’rganishning ba’zi aspektlari shulardan iborat. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling