Andijon davlat univyersiteti
Biologik xilma-xillik to’g’risidagi Konventsiya
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12.2. Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar
12.1. Biologik xilma-xillik to’g’risidagi Konventsiya
1992-yilda Rio De Janero shahrida biologik xilma-xillik mavzusida shartnoma imzolandi va bu shatrnoma 1993-yilda kuchga kirdi. BMTdagi 189 ta davlatdan 160 ta davlat bu shartomani imzoladilar. Bu shartnomadan kuzda tutilgan asosiy maqsad nafaqat biologik xilma-xillikni, balki uning foydali va ustunlik tomonlarini saqlab qolishdir. Bu shartnomada asosan qishloq xo’jaligi yerlarini va o’rmon hududlarini himoyalash va ulardan unumli foydalanish 186 haqidagi muammoli masalalar ko’rilgan. Bu shartnomada Shuningdek, genetik manbalardan to’g’ri foydalanish bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar ham yoritib berilgan, jumladan, yerlar ma’lum bir shaxsning mulki hisoblanmasdan butun bir xalqning mulki hisoblanishi, va bu yerdan barcha millatlar foydalanish huquqiga egadir. Shu sababli, sanoatning diqqat e’tibori mahalliy va yerli aholining huquqlari, an’anaviy bilimlari hamda millatlar mustaqilligi bilan birgalikda yuzaga chiqariladi. Biotexnologiyadan foydalanish 1999-yilda ilova sifatida qo’shilgan. Quruqlikdagi genetik boyliklar mustaqil davlatlarga tegishli ekanligi aniqlangandan so’ng, faqatgina dengiz umumiy boylik sifatida qoldi. Bu haligacha noma’lum. Genetik boylik egalarining bu manbalarni keyingi avlodga yetkazib berish yoki bermasligi haligacha noma’lumdir. Yernst-Detlef Schulze, Yerwin Bech, Klaus Mullyer Hohenstein. Plant ecology. Springyer Byerlin-Heidelbyerg, Gyermany, 2005. P.663. 12.2. Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar Keyingi yillarda kishilarning atrof-muhitga ta’siri haqida juda ko’plab ishlar nashr etilmoqda. Ayniqsa, kishilar bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlar, ekologik muvozanatning kishilar tomonidan buzilayotganligi va hatto yaqin kelajakda ekologiyada juda katta falokat ro’y berishi ehtimoli to’g’risida juda ko’plab maqolalar yozilmoqda. G’arbning ko’pgina olimlari fikriga ko’ra, ekologik krizis- bu yer yuzida borgan sari aholi ko’payib borishi oqibati va texnika rivojlanish asrida aholi sanoat faoliyatining kuchayishi oqibatidir. Haqiqatda shundaymi? Chindan ham yer yuzida aholi soni haddan tashqari jadal sur’atlar bilai o’sib bormoqda. 2020 yilga borib 8 mlrdga yetishi kutilmoqda. Lekin aholi sonining o’sishi eng murakkab muammolardan bo’lib qolmoqda. Shunga ko’ra, Osiyoning aholi eng zich joylashgan xududlarida tug’ishni cheklash masalasi bo’yicha tegishli chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Lekin hozirgi vaqtda yer yuzida yashovchi aholining hammasining extiyojini to’la qondirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Kishilik jamiyati aholi soni o’sib kelgan butun tarixiy davr mobaynida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’paytirgan va aholining boshqa mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojini so’zsiz qondirib kelgan. Akademik Ye.Fyodorovning aytishiga 187 qaraganda, agar sayoramizdagi barcha ekin maydonlarida yuqori darajada rivojlangan G’arb mamlakatlarda joriy etilgan ilg’or agrotexnika tadbirlari qo’llansa, yer sharida yashayotgan jami aholini zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli miqdorda ta’minlash imkoniyati vujudga kelgan bo’lur edi. Lekin aholini oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan maksimal darajada ta’minlashga g’arb mamlakatlarda kishilarning o’zaro sotsial munosabati qarishlik ko’rsatadi. Tabiiy resurslardan ratsional foydalanishning faqat tabiiy tomoni bo’libgina qolmay, uning sotsial tomoni ham bor. Chunki ilmiy-texnika rivojlanishi davrida juda katta muvaffaqiyatlarga yerishilishining bevosita va uzoq vaqt davom etadigai salbiy tomonlari ham bor. Texnika sohasida yerishilgan yutuqlar tutashgan texnologik jarayonlarga yetib boradigan yirik takomillashgan inshotlarni bunyod etish imkonini beradi, bu o’z navbatida atrof-muhitiing ifloslanishiga yo’l qo’ymaydi, lekin buning uchun milliardlarga teng keladigan mablag’ sarflashga to’g’ri keladi. G’arb mamlakatlar qurol yarog’ ishlab chiqarishga va armiyani saqlashga katta- katta mablag’ sarflaganlari holda, atrof-muhitni muhofaza qilish uchun ma’lum darajada mablag’ sarflashdan bosh tortadilar. Shu bilan birga kishilarning sanoat- xo’jalik faoliyati ko’lami ham juda keng. Eng yirik g’arb mamlakatlardan hisoblangan Amerika Qo’shma Shtatlarida bu hol: 1) tabiiy resurslarning oxir natijada tugab qolishiga; 2) tabiiy landshaftning izdan chiqishiga, ya’ni yo’qolib borayotgan tabiiy resurslarni sun’iy yo’l bilan qayta tiklash bahonasida uning kishilarning xo’jalik faoliyati uchun foydasi kam bo’lgan tabiiy muhit ishdan chiqishiga; 3) atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari, muhitning buzilayotgan mahsudotlari, chang hamda zaharli gazsimon moddalar-bilan ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. Hisoblarga qaraganda, Amerika Qo’shma Shtatlarining o’zida har xil yokilg’i yonganda, axlat, turli korxonalar chiqindilarini yoqib yuborishidan, o’rmonlarda ro’y beradigan yong’indan va boshqa manbalardan har yili atmosferaga 4,5-5 mld t ga yaqin gaz ajralib chiqadi, shulardan 200 mil. t dan ko’prog’ini zaharli gazlar tashkil qiladi. Ayniqsa AQSHning sanoat markazlaridagi havoda zaharli gazlar kontsentratsiyasi normadagidan ancha yuqori bo’lmoqda. Sog’liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, havodagi zaharli gazlar 188 kontsentratsiyasining ortib ketishi ko’plab o’pka kasalliklari (ayniqsa o’pka raki) ning yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlarida suv manbalari ham xuddi atmosfera kabi kuchli darajada ifloslangan. Faqatgina sanoat korxonalaridan oqib chiqib suv havzalariga tushadigan tozalanmagan suv miqdori yiliga 50 km 3 ni tashkil etadi (G.M.Ignatьev, 1971, 1974). Lekin AQSH hukumati atrof-muhitni muhofaza qilish to’g’risida bir qator choralarni ko’rmoqda, ammo belgilangan qonunga ko’p korxonalar amal qilmaydi yoki chala amal qiladi. Ishlab chiqarishni g’arb mamlakatlari usulda rejasiz yuritish o’simliklar va hayvonot olamiga va yer yuzasining tabiiy landshaftiga katta zarar yetkazmoqda. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling