Andijon davlat univyersiteti
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- III-BOB. MAVJUD XAVF-XATARLAR VA MUAMMOLAR
2.6. Ekoturizm
29. O’zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun noyob tabiat, har xil landshaftlar (cho’llar, tog’lar, plato, daryolar, ko’llar, sharsharalar), o’simlik va hayvonot dunyosining kamyob va yo’qolib borayotgan turlari, arxeologik topilmalar, poleontologik qoldiqlar, petrogliflar, nodir geologik ob’ektlar mavjud. SHunga qaramay, respublikada turistlarni tabiiy ob’ektlarga jalb qilish uchun infratuzilma yetarli darajada rivojlanmagan. 30. Respublikaning ayrim muhofaza qilinadigan tabiiy hududlari turistlarni qabul qilish uchun eng uyushtirilgan va munosib joylar hisoblanadi, chunki ushbu hududlarda belgilangan maydon va chegaralar, turistlar tashrif buyurishi uchun ajratilgan uchastkalar, keluvchilar bilan ishlash tajribasi mavjud, ayrimlarida esa - belgilangan yo’nalishlar hamda ushbu hudud va uning xususiyatlari bo’yicha muayyan bilimlarga ega bo’lgan xodimlar bor. 31. Biroq qonun hujjatlariga muvofiq ekoturizmni, shu jumladan, rekreatsion faoliyatni amalga oshirish uchun davlat qo’riqxonalariga, tabiiy bog’larning qo’riqxona zonalariga va biosfera rezervatlariga kirish taqiqlangan. III-BOB. MAVJUD XAVF-XATARLAR VA MUAMMOLAR 32. Oxirgi o’n yildagi vaziyatni tahlil qilish bioxilma-xillik yo’qolishi va uning mahsuldorligi pasayishi va ekotizim xizmatlari funktsiyalari kamayishining asosiy sabablari jiddiy ravishda o’zgarmaganligini ko’rsatadi. 201 33. Biologik xilma-xillikning mavjud xavf-xatarlari asosan iqtisodiyotning biologik resurslardan barqaror foydalanishni hisobga olmasdan rivojlanishi bilan bog’liqdir. 34. Chorvachilik tabiiy ekotizimlarga salmoqli ta’sir ko’rsatadi. Cho’l, tog’oldi va tog’ hududlarida, ayniqsa qishloq manzilgohlari yaqinida joylashgan zonalarda yaylovlarning tanazzulli tezlashadi. 35. Quyidagilar: qishloq xo’jaligi sug’orishi infratuzilmasining tor yo’naltirilgan rivojlanishi va boshqarilishi; baliqchilik xo’jaligi sohasida tabiiy resurslarni boshqarish va foydalanishning barqaror bo’lmagan shakllari; sug’oriladigan dehqonchilik hosildorligining pastligi va barqaror bo’lmaydigan sug’orilmaydigan dehqonchilik o’sib borayotgan xavf-xatarlarga tegishlidir. Ushbu omillar mamlakat aholisi soni tez o’sib borishi bilan qo’shilib barcha resurslardan jadal foydalanishga olib keladi. 36. Aholi soni o’sishi natijasida aholi punktlari hududi kengaydi, bu ekotizimlar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarga nisbatan tabiiy ekotizimlarga yuklamani oshirdi. 37. Iqlim o’zgarishi yerlarning tanazzulga uchrashi va cho’llanish jarayonlarini keltirib chiqaradi va bu bilan biologik xilma-xillikning holatiga ta’sir ko’rsatadi. Ushbu jarayonlar ayniqsa Orolbo’yida, Ustyurt platosida, Qizilqum sahrosida, tog’lardagi o’rmon massivlarida va tog’oldi tumanlarida jadallik bilan yuz bermoqda. 38. Mavjud tendentsiyalar saqlanib qolsa yaqin o’n yil mobaynida asosiy ekotizim xizmatlarining qo’ldan boy berilishi xavfi o’sadi. Bundan tashqari, iqlim o’zgarishi ta’sirning boshqarib bo’lmaydigan omili hisoblanadi, u tanazzulga uchrashi va biologik xilma-xillikning yo’qolishi borasida qo’shimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkin. 202 39. Quyidagilar biologik xilma-xillik saqlanib qolishiga to’sqinlik qilayotgan asosiy muammolar hisoblanadi: normativ-huquqiy hujjatlarning biologik resurslardan foydalanishni tartibga soluvchi xalqaro standartlarga nomuvofiqligi; bioxilma-xillik va ekotizim xizmatlari qiymatini iqtisodiy baholash mexanizmlarining mavjud emasligi; muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini va ularning reprezentativ tizimini muqobil boshqarishning mavjud emasligi; atrof tabiiy muhit, jumladan, bioxilma-xillik davlat kadastri va monitoringi yetarlicha amalga oshirilmasligi; bioxilma-xillikni saqlash sohasida moliyalashtirish yetarli emasligi; davlat ekologik ekspertizasi tartibotiga xo’jalik faoliyati va boshqa faoliyatning bioxilma-xillikka ta’sirini baholash mexanizmlari yetarlicha joriy etilmaganligi; jamoatchilikning bioxilma-xillikni saqlab qolishdan xabardorligini va ishtiroki darajasining pastligi; aholi ekologik madaniyatining yetarlicha rivojlanmaganligi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling