Andijon davlat univyersiteti
Hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlari
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Hayvonlarning yashash joylari va ularni qo’riqlash
2.2. Hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlari
10. Antropogen ta’sir ostida kuchayayotgan tabiiy ekotizimlarning umumiy tanazzuli va fragmentatsiyasi areallarning va ham kamyob, ham resurs (ovlanadigan) turlarning soni qisqarishiga olib keldi. Bunday turlar yovvoyi tabiatda yo’qolib ketish xavfiga ega va Qizil kitobga kiritish uchun tavsiya qilingan. 11. Hayvonlarning 207 ta turi va kenja turlari kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi turli toifalarga kiritilgan, ulardan 184 tasi O’zbekiston 197 Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan (2009 y.), ulardan sut emizuvchilarning 24 turi, qushlarning 48 turi, reptiliylarning 16 turi, baliqlarning 17 turi, bo’g’imli chuvalchanglarning 3 ta turi, molyuskalarning 14 ta turi, bo’g’imoyoqlilarning 60 turi mavjud. 12. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil kitobiga hayvonlarning 73 ta turi va kenja turlari kiritilgan. Ularning kelajagi global ko’lamda tashvish uyg’otadi. 13. Yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlar bilan xalqaro savdo qilish to’g’risidagi konventsiyaga Ilovaga hayvonlarning 88 ta turi va kenja turlari kiritilgan. 14. O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobining oxirgi nashri (2009 y.) yuksak o’simliklarning 321 turini va zamburug’larning uch turini o’z ichiga oladi. Oldingi nashrlar bilan taqqoslaganda 23 tur chiqarib tashlangan, boshqa tomondan esa kamyob deb e’tirof etilgan o’simliklarning 11 yangi turi kiritilgan, 7 turi ular tabiatda ko’payganligi munosabati bilan «kamyob» maqomidan «qisqarib borayotgan» maqomiga kiritilgan. O’zbekiston Respublikasining Qizil kitobida “Yo’qolib ketgan” maqomi bilan 18 tur mavjudligini alohida ta’kidlash zarur. 2.3. Hayvonlarning yashash joylari va ularni qo’riqlash 15. Hayvonlar turlarining tabiiy yashash joylari qisqarishi va sezilarli darajada transformatsiyasi biologik xilma-xillik uchun asosiy xavf hisoblanadi. Bunda kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi turg’un, avtoxton turlar, endemiklar ko’proq eng zaif holatdadir. 16. G’arbiy Tiyonshon va Pomir-Oloyning to’qayzorlari, qadimdan saqlanib qolgan yong’oqzorlari va boshqa mevali o’rmonlari, suvli-botqoq joylar va shu kabilar yo’qolib ketish xavfi ostidagi va muhim jahon ahamiyatiga ega bo’lgan hayvonlar turlarining yashash joylari hisoblanadi. 17. Keyingi o’n yillikda tabiatdan jadal foydalanish natijasida O’zbekiston hayvonlarining ayrim turlari antropogen ta’sirga uchradi, shu munosabat bilan ularning areali va soni kamaydi, hayvonlarning ayrim turlari yo’qolib ketish xavfi ostida yoki batamom yo’qoldi. Ko’plab hayvonlarning soni hali tahlikali darajaga 198 yetmadi, biroq izchil qisqarib bormoqda. Yashash joylarining tanazzulga uchrashi va to’g’ridan-to’g’ri qirish eng avvalo yirik yirtqich hayvonlar va tuyoqli sut emizuvchilar hissasiga to’g’ri keldi. 18. Tabiatga doimiy ravishda kuchayib borayotgan antropogen ta’sir respublikaning barcha mintaqalarida ildizli o’simliklar sezilarli darajada o’zgarishiga olib keldi. O’simlik qoplamasining hozirgi holati biomassaning siyrakligi, mahsuldorligining pastligi, o’rmonlar maydonining qisqarishi, ikkilamchi o’simliklar dunyosi va hayvonlar to’dalari va o’simliklarning muqobil (inson tomonidan tabiiy arealdan yiroqdagi hududga qasddan keltirilmagan o’simliklar), begona turlari keng tarqalishi bilan tavsiflanadi. 19. Hayvonlarning ayrim turlari O’zbekiston hududida mavsumiy, ya’ni migratsiya davrida yashaydi. Hayvonlarning migratsiya turlariga sut emizuvchilarni (oqquyruqlar, Buxoro bug’usi, kulon, ilvirs (tog’ qoploni), qushlarni (turnalar, suvli-botqoq joylar o’simliklari va boshqalar), baliqlarni kiritish mumkin. 20. Hayvonlar migratsiyasi, asosan - kuz-bahor davrida amalga oshiriladi. Migratsiya bilan bog’liq hayvonlarning katta qismi O’zbekistonda qishlab qoladi. Bunday holatda hayvonlar sonini hisobga olish, ularni qo’riqlash va yashash joylarini himoya qilish choralarini ko’rish zarur. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling