Andijon davlat univyersiteti


sur’atlarini pasaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

sur’atlarini pasaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish 
67. Respublika iqtisodiyotida muhim rol` o’ynaydigan chorvachilik tabiiy 
ekotizimlarga katta ta’sir ko’rsatmoqda. Bunda shuni hisobga olish zarurki, 
xususiy egaliklarda mollar bosh soni o’sib bormoqda. SHu munosabat bilan yaylov 
ekotizimlari ayniqsa qo’y-echkilardan katta yuklamaga duchor bo’lmoqda. 
68. O’simlik dunyosi davlat kadastrini yuritish, yaylovlarning tanazzuli va 
cho’llanish jarayonlarining oldini olish yuzasidan tadbirlarni ishlab chiqish uchun 
tabiiy yaylovlar va pichanzorlarda o’sadigan o’simliklarni davriy biobotanik 
tekshirishdan o’tkazish zarur. 
69. Mamlakatda o’rmonlar hududlarining qisqarishi hayvonlar va o’simliklar 
yashash joylari yo’qolishiga olib keladi va o’rmon ekotizimlari tanazzuli 
jarayonlariga ko’maklashadi. Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon daryosi, Chirchiq 
daryosi, Ohangaron daryosi bo’ylab joylashgan to’qayzorlar mamlakatda maydoni 
kam to’qayzorlar hisoblanadi. 
70. Orol dengizining qurigan tubida o’rmon-meliorativ ishlarni amalga 
oshirish hamda tog’ massivlari va to’qaylarning o’rmonlar bilan qoplanishini 
oshirish yo’li bilan Orolbo’yini ekologik sog’lomlashtirish yashash joyi 
tanazzulining davom etayotgan jarayonining oldini olish uchun ekologik 
sog’lomlashtirish tadbirlari dolzarb hisoblanadi. 
71. Orol dengizining qurigan tubida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida 
o’rmonzorlar barpo etish bo’yicha katta ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Vazirlar Mahkamasining “Orol dengizining qurigan tubida “yashil maydonchalar” 


211 
- himoya o’rmonzorlari barpo etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 
2019 yil 15 fevraldagi 132-son qarori bilan 2019 yilda 500 ming gektar yerga 
ko’chatlar ekish nazarda tutilgan. Ushbu ishlar Orol dengizining qurigan tubini 
to’liq o’rmonzorlashtirishgacha davom ettirilishi kerak. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling