Andijon davlat univyersiteti
Ekologik turizmni rivojlantirish
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
6.7. Ekologik turizmni rivojlantirish
81. Ekologik turizm O’zbekistonda rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoq hisoblanadi. Ekologik turizm katta iqtisodiy daromad keltirishga qodirdir. 82. Tabiiy bog’larning rekreatsion zonalaridan, ayniqsa tog’larda va tog’oldi yaqinidagi shaharlarda foydalanish so’nggi 20 yilda shiddat bilan o’sdi. Aholi an’anaviy ravishda ommaviy dam oladigan joylarda rekreatsion yuklamaning oshishi ayniqsa mahalliy tabiiy o’simliklar dunyosi va hayvonlar to’dalarining biologik xilma-xillik tuzilmasiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 83. Uyushtirilgan ekologik turizm tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. Birinchi navbatda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zarur, tegishli kadrlar tayyorlash masalasi ham muhim hisoblanadi. 6.8. Biologik xilma-xillikka nisbatan aholining ekologik madaniyati va xabardorligi darajasini oshirish 84. Bugungi kunda biologik xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish uchun odamlar amal qilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlardan ular xabardorligi 214 darajasining yetarlicha emasligi tegishli chora-tadbirlar ko’rishni talab etadigan muhim va dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Ishlab chiqilgan dasturlar va harakatlar rejalari asosida turli maqsadli guruhlarning xabardorligini oshirishga tizimli, kompleks yondashuv mavjud emas. 85. Qaror qabul qiladigan mansabdor shaxslar va jamiyatning biologik xilma- xillik va ekotizimlar xizmatlarining ahamiyatidan, mamlakatning farovonligi va rivojlanishiga ularning ulushidan xabardorligini oshirish ham muhim hisoblanadi. 86. Jamoatchilikni biologik xilma-xillik sohasidagi masalalarni hal etishga, shu jumladan, uning monitoringini olib borish tadbirlariga jalb etish aholining xabardorligi va ekologik madaniyati darajasini oshirishga ko’maklashadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling