Andijon davlat univyersiteti
Glossariy: Ekologik krizis
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar
Glossariy:
Ekologik krizis-ekologik inqiroz, insoniyat va tabiat orasidagi munosabatlarni keskinlashuvi Eroziya-suv yoki shamol ta’sirida tuproqni yemirilishi Demagrafik omil-axoli sonini oshishi bilan tabiatga tasir Mustaqil ta’lim uchun mavzular: 1. Atrof-muxit ekologik xolatini muxofaza qilishning o’simliklar uchun axamiyati. 2.O’zbekistondagi qo’riqxonalar va uning moxiyati. 3. O’zbekistondagi Milliy bog’lar. 4. O’simliklar jamoasini muxofaza qilishning ilmiy asoslari. Keyslar banki: Keys 3. O’simliklar ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish Biologik xilma-xillik to’g’risidagi Konventsiya. Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari. Biologik hilma-hillikni asrash.Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy jihatlarini o’rganadi. Keysni bajarish bosqichlari va topshiriqlar: Keysdagi muammoni keltirib chiqargan asosiy sabablarni belgilang (individual va kichik guruhda). O’simliklar ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish imkoniyatlaridan kelib chiqib bir nechta usulda dastur kodini taqdim eting (individual holda). 232 LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI Laboratoriya mashg’ulot-1 O’simlik bargidagi suvning mikdorini aniqlash O’simliklardagi suv miqdori suv rejimining asosiy ko’rsatkichlaridan biri xisoblanib, o’simlikning suv balansi boshqarilish yo’lini tuShunishga yordam beradi. Suv mikdorining o’zgarishi o’simlikning o’sish sharoiti va o’simlik turlari hamda ontogenez bosqichiga bog’liq bo’ladi. Ishning maksadi. O’simliklar tarkibidagi suvning mikdorini mavsum davomida o’rganishdan iboratdir. Identiv o’kuv maksadlari. 1. O’simlik uchun suvning axamiyatini tushunadi. 2. Kun davomida suvning miqdori qanday o’zgarishini bilib oladi. 3. Suv miqdorini aniqlaydi va xisoblay oladi. Kerakli jixozlar: termostat, torzion tarozi, qog’oz qopchalar, qaychi, daftar, qalam, chizg’ich. Ishni bajarish. Tajriba maydonida yoki xonaga o’simlik xo’l lattaga o’ralgan xolda tezda olib kelinadi. Ish odatda soat 7-8 larda boshlanadi. Namuna o’rtacha 10 ta o’simlikdan olinadi. Bu olib kelingan namunadan foydalanilgan xolda suvning miqdori, suv yetishmasligi va suvni saqlash qobiliyati kabi suv rejimining asosiy ko’rsatkichlarini aniqlash mumkin. Barg va assimilyatsion novdalardagi suvning miqdori (% da) umumiy qabul kilingan tortish usuli bilan aniqlanadi. Buning uchun 5-10 tagacha barg bo’laklari tarozida tortiladi (takrorlanishi 3 marta), og’irligi daftarga yozib olinadi, oldindan raqamlangan qog’oz qopchalarga solinadi. Barglardagi suvning miqdorini xar 2 soatda aniqlash orqali kun davomida barglardagi suvning sarflanishini kuzatish mumkin. Qopchadagi material (namuna) termostatda 105°S da o’zgarmas og’irligiga kelguncha quritiladi va qurigandan keyingi og’irligi xam tortilib, daftarga yozib olinadi. Suvning umumiy mikdori (% 233 da) formula asosida hisoblab ish jadvalni to’ldirish bilan yakunlanadi va xulosa qilinadi. Jadval-1 Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling