Andijon davlat univyersiteti
Hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
6.5. Hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlarini tiklash tadbirlarini amalga oshirish 72. Yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish hamda mavjudlarini rivojlantirish hayvonlarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlari sonini tiklashda muhim o’rin tutadi. Tiklash va ko’paytirish bo’yicha pitomniklar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish hayvonlarni, asosan ularning kamyob va yo’qolib borayotgan turlarining sonini tiklashga muayyan ulush qo’shadi. 73. Yovvoyi holda o’suvchi o’simliklardan foydalanishni qisqartirish maqsadida respublikaning turli mintaqalarida plantatsiyalar tashkil etish tadbirlarini amalga oshirish zarur. 6.6. Hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish 74. O’simliklar va hayvonlar turlaridan foydalanishning tijorat usullarini shartli ravishda: oziq-ovqatbop va dorivor o’simliklarni yig’ish va sotishga; yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishga ajratish mumkin. 75. O’simliklardan tijorat maqsadlarida foydalanish ekspert baholashga ko’ra oxirgi 20 yilda ancha ko’paygan. Bu tijorat kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan bozorlarda sotishdan tortib ularni qayta ishlash va marketingning murakkab mexanizmlarigacha kuzatiladi. 76. Hayvonlardan tijorat maqsadida foydalanishning istalgan turi katta iqtisodiy foyda olish uchun ulkan salohiyat hisoblanadi, biroq ushbu faoliyat 212 barqaror boshqarilishi va ilmiy asoslangan ma’lumotlar asosida amalga oshirilishi lozim. 77. Ovchilik xo’jaligini barqaror yuritishda ov mahsulotlarini barqaror olish va o’lja olish imkoniyati yuzaga keladi. O’ljadan olingan daromadlar ulardan biotexnik va muhofaza tadbirlarini amalga oshirishda, hayvonlarning ovlanadigan turlarini tiklashda foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi. 78. Hayvonot va o’simlik dunyosini muhofaza qilish quyidagilar yo’li bilan amalga oshiriladi: muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida qoidalar, normalar va normativlarni belgilash; cheklashlar va taqiqlarni belgilash; maxsus foydalanish huquqini to’xtatib turish, to’xtatish, bekor qilish; o’zboshimchalik bilan foydalanish va foydalanishning belgilangan tartibi boshqacha tarzda buzilishlarining oldini olish; yashash va o’sish muhiti muhofaza qilinishini tashkil etish; davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borish; muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish va rivojlantirish, hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlarini Qizil kitobga kiritish; pitomniklar va plantatsiyalarda hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlarini ko’paytirish; hayvonot va o’simliklar dunyosi ob’ektlarining davlat hisobini olib borish va ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olish; hayvonot va o’simliklar dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida nazorat qilish; O’zbekiston Respublikasiga olib kirish va O’zbekiston Respublikasidan olib chiqishni tartibga solish; muhofaza qilish va oqilona foydalanish bo’yicha biotexnik tadbirlarni va boshqa tadbirlarni amalga oshirish. 213 79. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” 2018 yil 3 oktyabrdagi PQ-3956-son qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasining inspektsiya xizmati qayta tashkil etildi. Ushbu qarorga muvofiq hayvonot va o’simlik dunyosini saqlash ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat inspektorlari soni ko’paytirildi hamda ularning faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobiga moliyalashtirish tartibi belgilandi. 80. Brokonerlik darajasini pasaytirish maqsadida ekologik tadbirlarni tashkil etish yo’li bilan aholi orasida ekologik ong darajasini hamda treninglar va ta’lim beruvchi seminarlar tashkil etish yo’li bilan davlat inspektorlari malakasini oshirish zarur. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling