Andijon davlat univyersiteti
Biologik xilma-xillik sohasida normativ-huquqiy bazani
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
6.1. Biologik xilma-xillik sohasida normativ-huquqiy bazani
takomillashtirish 57. Tabiatdan foydalanish sohasidagi faoliyatning huquqiy va qonunchilik asosi 120 tadan ortiq qonunlar va qonunosti hujjatlarini o’z ichiga oladi, ularning ko’pchiligi to’g’ridan-to’g’ri yoki bilvosita biologik xilma-xillik masalalari bilan bog’liqdir. Biroq hamon nuqsonlar mavjud, ayniqsa biologik xilma-xillikka salbiy ta’sir ko’rsatuvchi xo’jalik faoliyati va boshqa faoliyat loyihalarining atrof muhitga ta’sirini baholash qo’llanilishiga nisbatan nuqsonlar mavjud. 208 58. Biologik xilma-xillikning davlat kadastri va monitoringini yuritishning institutsional va qonunchilik asoslarini takomillashtirish zarur. Tabiatdan foydalanishga va uni nazorat qilishga yo’naltirilgan qonunosti hujjatlari ham takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, ham biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo’yicha faoliyatni moliyalashtirishni izlash, ham davlat tomonidan ushbu sohaga investitsiyalarni baholash uchun yangi yondashuvlarni ishlab chiqish zarur. 59. Biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish masalalarini iqtisodiyot sektorlariga integratsiyalash bilan bog’liq muammolarni hal etish uchun qishloq, o’rmon, baliqchilik xo’jaligi va akvamadaniyatlar, energetika, yer usti transporti, qazib oluvchi sanoat va turizmning normativ bazalarini takomillashtirishni nazarda tutish zarur. Bundan tashqari, tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi (yo’riqnomalar, tartibotlar) ni amaliy qo’llash mexanizmlarini kuchaytirish zarur. 6.2. Hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri yuritilishini va monitoringi olib borilishini takomillashtirish 60. Hozirgi vaqtda Atrof tabiiy muhit davlat monitoringining umumiy tuzilmasida biologik xilma-xillik komponentlari yetarlicha ifodalanmasligi kuzatilmoqda. Shu bilan birga, biologik xilma-xillikning tizimli monitoringini rivojlantirish, shu jumladan, monitoringning tegishli tuzilmalarini va uni amalga oshirish uchun asosiy yo’nalishlarni rivojlantirish bilan bog’liq muammolarni hal etish maqsadida muayyan xatti-harakatlar ko’rilmoqda. Respublikaning davlat qo’riqxonalarida etalon ekotizimlar uchun biologik xilma-xillik monitoringining yagona kelishilgan tizimi ishlab chiqilmoqda. 61. Asoslangan qarorlar qabul qilish uchun biologik xilma-xillik komponentlarining holati va rivojlanishi dinamikasi to’g’risida dolzarb va ishonchli ma’lumotlar mavjudligi zarur. 209 62. Hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastrini yuritish va monitoring olib borishni takomillashtirish maqsadida biologik xilma-xillik komponentlari monitoringining yagona tizimini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish, biologik xilma-xillik monitoringi usullari va ob’ektlarini birxillashtirish, biologik xilma-xillik monitoringi ma’lumotlar bazasini rivojlantirish va takomillashtirish zarur. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling