Andijon davlat univyersiteti


VI-BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLAB QOLISH


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
VI-BOB. BIOLOGIK XILMA-XILLIKNI SAQLAB QOLISH 
BO’YICHA HARAKATLARNING ASOSIY YO’NALISHLARI 
51. Biologik xilma-xillikni to’g’risidagi konventsiyaning Tomonlari 
konferentsiyasi (KT-10) qaroriga muvofiq 2010 yilda Konventsiya tomonlari 
bo’lgan mamlakatlar yangilashlari va «biologik xilma-xillikni saqlab qolish 
bo’yicha samarali va yangilangan milliy strategiyalar va harakatlar rejalarini 
boshlashi» kerak. 
52. Strategiya va Strategiyani amalga oshirish bo’yicha harakatlar rejasi 
biologik xilma-xillik komponentlarining hozirgi holatini, mamlakatning iqtisodiy, 
institutsional, huquqiy, ta’lim, ilmiy, axborot xususiyatlarini va boshqa 
xususiyatlarini tahlil qilishga asoslanishi kerak. 
53. O’zbekiston tomonidan mustaqillik davrida ko’rilgan biologik xilma-
xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanishga doir sa’y-harakatlar yerning 
tanazzulga uchrashi, cho’llanish, qurg’oqchilik, areallar va turlar sonining 
qisqarishi sohasida va tabiiy resurslardan nobarqaror foydalanishning boshqa 
oqibatlari bo’yicha tendentsiyalar uncha katta bo’lmagan sekinlashishiga olib 
keldi. 
Biroq bioxilma-xillik masalalari iqtisodiyotning asosiy sektorlariga zarur 
darajada integratsiyalashtirilmadi. 
54. Uzoq muddatli istiqbolda barqaror rivojlanishga yerishish uchun biologik 
xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish masalalarini zarur tashkiliy 
va moliyaviy resurslar yaratilgan holda iqtisodiyotning barcha sektorlarini milliy 
rivojlantirish rejalariga kiritish zarur. 
55. Mamlakatning yanada iqtisodiy rivojlanishi, aholi sonining va tabiiy 
resurslarga bo’lgan talabning o’sishi sharoitlarida faqat “Yashil iqtisodiyot” 
printsiplariga amal qilish mamlakatning ekologik xavfsizligini, yerning uzoq 


207 
muddatli mahsuldorligini ta’minlashga, biologik xilma-xillikni va ekotizimlarning 
asosiy xizmatlarini saqlab qolishga qodirdir. 
56. Biologik xilma-xillik saqlab qolinishi va undan barqaror foydalanishni 
ta’minlash quyidagi asosiy yo’nalishlarni amalga oshirish bilan bog’liqdir: 
biologik xilma-xillikni saqlab qolish va undan barqaror foydalanish sohasida 
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish; 
hayvonot va o’simlik dunyosi ob’ektlari davlat kadastri va monitoringi 
yuritilishini takomillashtirish; 
ushbu sohada siyosatni shakllantirish va kompleks qarorlar qabul qilish uchun 
zarur bo’lgan biologik xilma-xillikning holati va ahamiyati to’g’risidagi 
zamonaviy ilmiy axborotni takomillashtirish; 
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish; 
eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini 
pasaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlarini tiklash 
tadbirlarini amalga oshirish; 
hayvonot va o’simliklar dunyosi ob’ektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan 
nazorat qilishni kuchaytirish; 
ekologik turizmni rivojlantirish; 
biologik xilma-xillikka nisbatan aholining xabardorligi va ekologik 
madaniyati darajasini oshirish. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling