Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

NATIJALAR 
94. Strategiyani amalga oshirish dasturlari bo’yicha: muhofaza qilinadigan 
tabiiy hududlarni 12 foizgacha kengaytirishga; Orol dengizining qurigan tubini 1,2 
mln gektargacha o’rmonzorlashtirishga; Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” 
pitomnigida jayronlarni 1000 tagacha ko’paytirishga; har yili 1000 tagacha 
tuvaloqlarni ko’paytirish va tabiatga qo’yib yuborishga; markaziy bo’g’inga - 
davlat qo’riqxonalarining etalon ekotizimlariga ega bo’lgan biologik xilma-xillik 
komponentlari monitoringining yagona tizimini yaratishga; zamonaviy bioaxborot 
texnologiyalar (GIS-texnologiyalar) asosida biologik xilma-xillikning davlat 
monitoringi va davlat kadastrining yagona axborot ma’lumotlar bazasini 
yaratishga; 
uch tilda (o’zbek, rus va ingliz tillarida) ish yuritadigan www.biodivyersity.uz 
saytini yaratishga; 2 mln ga hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar o’simliklarini 
biobotanik tekshirishni har yili amalga oshirishga; O’zbekiston suv havzalarida 
qushlarning ovlanadigan turlari soni har yili hisobga olinishiga; Quyimozor va 
To’dako’l suv omborlarini xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan suvli-botqoq joylar 
ro’yxatiga (Ramsar Konventsiyasi) kiritish bo’yicha materiallarni tayyorlashga va 
belgilangan tartibda berilishini tashkil etishga; ovchilik monitoringi va baliqchilik 
xo’jaligi suv havzalarining biologik resurslari holati tizimini yaratishga; biologik 
xilma-xillikka bosim pasayishiga; zarur moliyaviy qo’llab-quvvatlashga; 


217 
iqtisodiyotning barcha sektorlarida biologik xilma-xillikni saqlash masalalari 
integratsiya qilinishiga; ilmiy bilimlarga va oldini oluvchi yondashuvga asoslangan 
tegishli kompleks qarorlar qabul qilinishiga va samarali amalga oshirilishiga 
yerishiladi. 
95. Strategiyani amalga oshirish uchun 2019-2028 yillar davrida biologik 
xilma-xillikni saqlash va undan foydalanish bo’yicha Harakatlar strategiyasi ishlab 
chiqilgan. Harakatlar strategiyasi rivojlantirish strategiyalari va harakatlar 
rejalarini, sektorlar bo’yicha dasturlar va boshqa rejalarni tahlil qilishga asoslangan 
va manfaatdor vazirliklar va idoralarni, ilmiy jamoatchilikni va ekologik nodavlat 
notijorat tashkilotlarni jalb etgan holda maslahatlashuv jarayoni yakunlari bo’yicha 
ishlab chiqilgan. 
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 11 iyundagi 484-son qaroriga 2-ILOVA 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling