VIII-BOB. STRATEGIYANI RESURSLAR BILAN TA’MINLASH VA UNI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI 8.1. Strategiya amalga oshirilishini resurslar bilan ta’minlash 90. Mas’ul ijrochilarning byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari, mavjud
va tashabbus ko’rsatadigan milliy va xalqaro loyihalarning grant mablag’lari
hamda xalqaro moliya institutlarining mablag’lari Strategiya amalga oshirilishini
moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.
91. Rejalashtiriladigan har bir tadbir bo’yicha moliyalashtirishning zarur
hajmi tegishli tadbirlarni amalga oshirish uchun nazarda tutilgan aniq chora-
tadbirlarning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib alohida hisoblab chiqiladi.
92. Harakatlar rejasini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarni safarbar
qilish uchta asosiy yondashuvni nazarda tutadi. Bular:
biologik xilma-xillik saqlanishini ta’minlash va ekotizimlar xizmatlarini
qo’llab-quvvatlash uchun ichki investitsiyalarni ko’paytirish;
biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha Harakatlar rejasini amalga oshirish
uchun xalqaro moliyaviy va texnik ko’mak olish;
biologik xilma-xillik va ekotizimlar xizmatlarini qo’llab-quvvatlash bilan
bog’liq faoliyatni moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlarini aniqlash va
ishlab chiqish.
216
8.2. Strategiyani amalga oshirish bosqichlari 93. Strategiyani amalga oshirish quyidagi davrlarga mo’ljallanadi:
birinchi bosqich (2019 - 2023 yillar) - qonunchilik bazasini takomillashtirish
va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududida beshta muhofaza qilinadigan tabiiy
hudud barpo etish;
ikkinchi bosqich (2024 - 2028 yillar) - maqsadli ko’rsatkichlarga va
kutilayotgan natijalarga yerishish.
IX-BOB. MAQSADLI KO’RSATKICHLAR VA KUTILAYOTGAN