Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi
Download 281.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.5. Bozor iqtisodiyoti va bozor modeli. 1.1. «Korxona iqtisodiyoti » fanning o’rganish obyekti va predmeti
Ma'ruza 1. “KORXONA IQTISODIYOTI” KURSINING MAZMUNI VA VAZIFASI 1.1. «Korxona iqtisodiyoti» fanining o’rganish obyekti va predmeti. 1.2. Fanni o’rganish uslubiyati va usullari. 1.3. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi. 1.4. Iqtisodiy tizimlarning turli modellari 1.5. Bozor iqtisodiyoti va bozor modeli. 1.1. «Korxona iqtisodiyoti » fanning o’rganish obyekti va predmeti «Korxona iqtisodiyoti» fani boshqa iqtisodiy fanlar qatori birinchi o’rinda o’rganish funksiyasini bajaradi. Ushbu fan mahsulot ishlab chiqarish moddiy- texnik resurslarni safarbar qilish, xodimlar mehnatiga haq to’lash va ular mehnat faoliyatini rag’bat-lantirishning boshqa shakllari, daromad hajmi va xarajatlar miqdorini bahoni shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlardagi o’rnini tadqiq etadi. Shuningdek, korxonalar faoliyatini tahlil qilishda oddiy tarzda konstansiya qilishda emas, balki korxonalar iqtisodiy hayotining mohiyatini, ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash yo’llarini tanlash, baholash va tahlil qilish orqali ular faoliyatiga innovatsiyalarni jalb etishni prognozlashtirish va modellashtirish bilan bog’liq jarayonlarni tizimli tartibda o’rganadi. Mazkur fanning tadqiqot obyekti turli mulk shaklidagi kichik va yirik korxonalar hisoblanadi. Hozirgi kunda iqtisodiy faoliyatda moddiy ishlab chiqarishning joriy va istiqbolli rivojlanish strategiyasi hamda innovatsiyalarni tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq holatning asosiy og’irligi aynan korxonalar zimmasiga yuklatilmoqda. Bugungi kunda korxonalarni iqtisodiyotning asosiy bir bo’g’ini ekanligi hisobga olinsa, malakali kadrlarning samarali boshqaruvi-menejmentini tashkil etish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish masalalarini ijobiy hal etish innovasion jarayonlarga borib taqaladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifat ko’rsatkichlarini saqlagan holda xarajat-larni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish jarayonida innovasion omillardan samarali foydalanish korxonaning asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Fanning predmeti bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalar faoliyatining nazariy va amaliy asoslari, korxonalar faoliyatida iqtisodiy qonuniyatlarning namoyon bo’lishi, shuningdek, ularning ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyati samaradorligini resurslardan oqilona foydalanish, rasional boshqaruv orqali, investision va innovasion faolligi oshirish yo’llarini aniqlash bilan ifodalanadi. Download 281.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling