Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi
Analiz (tahlil) va sintez
Download 281.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
Analiz (tahlil) va sintez grekcha «analjysis» va «synthesis» so’zlaridan olingan
bo’lib analiz - bo’lish, ajratish va sintez - muvofiqlik, munosiblik ma’nolarini bildiradi. Analiz va sintez tadqiqot usullari cifatida umumiy mazmunni yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlarga ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo’limlardan yaratish jarayoni uchun xizmat qiladi. Korxonalarga doir iqtisodiy adabiyotlarda bu kabi qator usullardan keng foydalaniladi. «Korxona iqtisodiyoti» ilmiy fan sifatida yuqorida keltirilgan o’rganish usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko’plab usullardan ham keng foydalanadi. Bu usullar korxonalarda iqtisodiy jarayon va hodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqotlar o’tkazish, prognozlash va rejalashtirish quroli sifatida ishlatilinadi. Shuningdek, son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, tajriba-sinov o’tkazish, tizimli tahlil, modellashtirish, ekstropolyasiya, interpolyasiya kabi usullar ham keng qo’llaniladi. 1.3. Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan aloqasi. Korxonalar faoliyatiga daxldor jarayonlarni tashkil etish va boshqarishga doir bilimlar doimiy ravishda to’ldirilib va takomillashti-rilib borilmasa korxonaning bozor konyunkturasiga moslashuvchanligi pasayib, uning hayotiylik davri qisqarib boradi. Shu sababdan, fan-texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi qo’shimcha bilimlar chegarasini kengayti-radi hamda korxona xodimlarining hozirgi kun talablariga javob beruvchi bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishlarini talab qiladi. Ayniqsa innova-sion iqtisodiyotni tashkil etish sharoitida to’plangan axborotlar, o’rganil-gan atama va kategoriyalar bilan cheklanib qolish yaramaydi. Ularni doimiy ravishda to’ldirib, fan va xo’jalik amaliyotining so’nggi yutuqlari asosida rivojlantirib borish talab etiladi. Olingan bilimlar faqat shu asosda-gina amaliyotga joriy etilib, jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi uchun xizmat qilishi mumkin. «Korxona iqtisodiyoti» fani boshqa iqtisodiy fanlar jumladan, «Iqtisodiyot nazariyasi», «Mikro iqtisodiyot», «Sanoat iqtisodiyoti», «Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi», «Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish», «Korxona iqtisodiyoti» va «Innovasion menejment» kabi qator fanlar bilan bilan chambarchas bog’liq. «Korxona iqtisodiyoti» fani korxonalar faoliyati iqtisodiy rivojlanishining miqdor ko’rsatkichlarini sifat ko’rsatkichlaridan ajralmagan holda o’rganuvchi «Iqtisodiy statistika», shuningdek, joriy va istiqboldagi ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini rivojlantirishning strategik yo’nalishlarini tadqiq etuvchi «Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi» kabi fanlar bilan ham bog’liq. Fan-texnika taraqqiyoti sharoitida texnika va texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan o’zgarishi nafaqat ishlab chiqarish xususiyatlarida, balki ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol natijalarida ham aks etadi. Shu sababli mazkur fanni o’rganish iqtisodiy fanlar tizimida o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Ushbu fanni o’rganishda “Korxonalar xo’jalik faoliyatining tahlili” fani bilan o’zaro aloqasini alohida ko’rsatib o’tish maqsadga muvofiq. Ushbu fan korxonada ishlab chiqarishning moliyaviy va boshqa jihatlariga baho berish, zahiralarni aniqlashdan tashqari, bashoratlash yordamida korxona rivojlanishining istiqbollari aniqlash imkoniyatini beradi. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida korxona, firma va kompaniyalarning ko’pchiligi ishlab chiqarish menedjerlari va iqtisodchilarning yuqori kasb malakasi va o’z sohasidagi chuqur bilimlari evaziga muvaffaqiyatlarga erishib, yuqori daromadga va ishlab chiqarish imidjiga ega bo’lib bormoqda. Shu sababli «Korxona iqtisodiyoti» fanini bilishning o’zi kamlik qiladi. Bo’lajak mutaxassislarning iqtisodiy fikrlash doirasini kengaytirish va ularning xalq xo’jaligiga doir bilimlarini shakllantirishga xizmat qiladigan boshqa iqtisodiy, texnika-viy hamda texnologik fanlar majmuasini ham bilish talab qilinadi. Download 281.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling