Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi


Download 281.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana20.06.2023
Hajmi281.77 Kb.
#1627778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu

Bozor iqtisodiyoti-iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan 
iqtisodiy tizimdir. Ushbu tizim rivojlanish xususiyatiga ko’ra ikki bosqichga ega. 
Birinchisi bosqich erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo’lib, 
ba’zi adabiyotlarda sof bozor iqtisodiyoti deb nomlanadi. Ikkinchi bosqich hozirgi 
zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti hisoblanib, aralash bozor iqtisodiyoti tizimi 
deb ham yuritilinadi. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy 
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni 
tartiblashda va uyg’unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish orqali 
tavsiflanadi. Shuningdek, bozor subyektlari o’z xulq-atvori va shaxsiy manfaatiga 
asoslanadi. Har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul qilingan qarorlar asosida, 
o’zlarining daromadlarini oshirishga intiladi.
Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uyg’unlashtiriladi. 
Raqobat sharoitida tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif 


qilinishi shuni bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko’plab mustaqil 
harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud bo’ladi. Bu erda iqtisodiy 
jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo’ladi. Shu sababli 
davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishini 
ta’minlashda ishonchli huquqiy tartiblar o’rnatishdan iborat bo’ladi. 
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti-bozor mexanizmi va rejali iqtisodiyot 
unsurlarini 
o’zida 
mujassamlashtiradi. 
Mulkchilikning 
turli 
shakllari, 
tadbirkorlikning turli yo’nalishlari mavjud bo’ladi. Shuning-dek, rejalashtirish, 
prognozlash, aholini sosial himoyalash bilan bog’liq chora-tadbirlarni amalga 
oshirishda davlat ishtiroki kengayib boradi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi 
davrda oldingi erkin bozor iqtisodiyotidan sezilarli tarzda farq qiladi. Bu farqlar 
quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: 
- birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo’lida bo’lib, u iqtisodiyotda faol rol 
o’ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash uchun sharoit yaratishda, 
bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib 
bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar 
taqsimlanishini o’zgartirish kabi holatlar orqali namoyon bo’ladi.
- ikkinchidan, erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotidan farqli 
ravishda AQSh iqtisodiyotida yirik korporasiyalar va kuchli kasaba uyushmalari 
shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. Bu yerda, shuni alohida 
ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, ijtimoiy 
mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud 
bo’lmasligi mumkin. Masalan, Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb 
atalgan bir vaqtda mulkchilik xususiy bo’lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq 
nazorat ostiga olingan va markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor 
sosializmi deb atalgan sobiq sosialistik Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga 
ijtimoiy mulkchilik xos bo’lgan va bir vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va 
boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan.
Shvesiya iqtisodiyotida ham 90 foizdan ortiq xo’jalik faoliyati xususiy 
firmalarda to’plangan bo’lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va 


daromadlarni qayta taqsimlashda ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq 
Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va 
rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan 
qo’llanilib, barqaror va tez o’sish sur’atlari ta’minlanmoqda. 

Download 281.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling