Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi
Bozor iqtisodiyoti manfaatlar uyg’unlashuvidan iborat
Download 281.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Bozor iqisodiyoti ijtimoiy kafolatlar, adolat qoidalariga asoslanadi.
- 7. Bozor iqisodiyoti ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantiruvchi kuchga aylantiradi.
- 8. Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiyot
5. Bozor iqtisodiyoti manfaatlar uyg’unlashuvidan iborat. Bozordagi har
bir subyekt o’z manfaati uchun ishlaydi. Shuningdek, har bir subyekt bozor bilan hisoblashishga majbur, aks holda uning ishi yurmaydi, daromad olmaydi, xonavayron bo’ladi. Ishlab chiqaruvchiga va xaridorga nima kerakligini bozordagi narx aniqlab beradi. 6. Bozor iqisodiyoti ijtimoiy kafolatlar, adolat qoidalariga asoslanadi. Resurslarning miqdori va samarasiga qarab ishlab chiqish, tovarlar hamda xizmatlarni taqsimlash va shunga mos daromadga ega bo’lish, yuqori farovonlik darajasiga erishish adolatli hisoblanadi. Bu hammani teng qilish emas, balki jamiyatni tabaqalanishini anglatadi. Iqtisodiy subyektlar mehnatiga, ishbilarmonligiga va mulkiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shu tufayli ularni daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqyei bir xil bo’lmaydi. 7. Bozor iqisodiyoti ishlab chiqarish faoliyatini rag’batlantiruvchi kuchga aylantiradi. U moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni zarur tovarlar hamda xizmatlar ishlab chiqarishga qaratadi. Behuda mehnat va resurs sarfini amalga oshirganlarni jazolaydi. 8. Bozor iqtisodiyoti moslashuvchan iqtisodiyot. U har qanday o’zga- rishlarga hozirjavob, bozorda nima yetishmasa, uni tezda ishlab chiqarishga kirishadi. Shu bilan birga fan-texnika yangiliklarini tezda qabul qiladi. Yangi texnologiyani va ishlab chiqarishni boshqarishning keng ko’lamli usullarini joriy etadi. Bozor iqtisodiyoti tovarlar va xizmatlar to’kinchiligini ta’minlaydi.Tovarlarni tanlab olgan holda ehtiyojni qondirish imkoniyati yaratiladi. Bozor iqisodiyotining boshqa iqtisodiy tizimlar kabi o’z rivojlanish qonunlari mavjud bo’lib, ular ikki guruhga bo’linadi: a) umumiqtisodiy, lekin bozor iqtisodiyotiga asoslangan umumiqti-sodiy qonunlarlarga amal qilish. (mehnat unumdorligini oshirish, vaqtni tejash, ishlab chiqarish munosabatlarini ishlab chiqarish kuchlarining o’sishiga mos kelishi va boshqalar). b) bozor iqtisodiyotining o’ziga xos bo’lgan qonunlar (qiymat qonuni, talab va taklif; pul muomalasi qonuni). Bozor iqtisodiyoti iqtisodiyotni jadal rivojlantiruvchi uchta omilni yuzaga keltiradi: 1) iqtisodiy faoliyat erkinligi bu ishbilarmonlik, uddaburonlik uchun imkoniyat yaratish; 2) raqobat, kim o’zdi qoidasini yuzaga keltirish, yangilikni joriy etishga undash, texnika – texnologiya, mehnat unumdorligi va ish sifatini oshirish, qattiq mehnat intizomini joriy etish kabi eng zarur bo’lgan omillarni yuzaga keltirish; 3) daromadlarning cheklanmasligi – qo’shimcha daromad topishga inti-lishni kuchaytiradi. Bozor iqtisodiyotini uchta asosiy rivojlantiruvchi kuchi mavjud: - talab va taklif; - raqobat kurashi; - narx. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat ko’rsatish, tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bo’lib, tovar – pul munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, o’zaro hamkorlik aloqalari faqat bozor orqali yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy faoliyatga asoslangan tovar munosabatlari yaxlitligini, har bir insonga o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishni rag’batlantiruvchi demokratik iqtisodiyotni vujudga keltiradi. Download 281.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling