Ma'ruza “korxona iqtisodiyoti” kursining mazmuni va vazifasi
Download 281.77 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning maqsadi
- 1.2. Fanni o’rganish uslubiyati va usullari
Fanning predmetini tashkil qiluvchi eng asosiy muammo va masalalar
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: bozor munosabatlarida korxonaning hatti-harakatlarini innova-sion jarayonlar bilan o’zaro aloqadorligi; korxonaning tashkiliy strukturasi va boshqaruv mexanizmlarini innovasion omillardan samarali foydalanish darjasiga bog’liqligi; ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirishdagi o’rnini baholash; korxonaning innovasion va investision faolligini oshirish orqali resurs salohiyatidan foydalanish jarayonlarini maqbullashtirish; korxonalarni ishlab chiqarish samaradorligini baholashda innova-sion omillardan foydalanish jarayonlarini tahlil qilish; innovasion boshqaruv jarayonlarini tashkil etish orqali korxona tijorat siri va iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni tartiblash. Fanning maqsadi talabalarga korxona faoliyatiga daxldor amaliy iqtisodiy bilimlarni, korxona iqtisodiyoti innovasion jarayonlarni boshqarishdagi muammoli masalalar bo’yicha tegishli qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bo’lajak iqtisodchi mutaxassislarni ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashtirish, boshqarish vazifalarini malakali tarzda hal qilish, korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning innovasion imkoniyatlari mavjud bo’lgan yo’llarini shakllantirishga doir bilim va malakani shakllanti-rishga xizmat qiladi. 1.2. Fanni o’rganish uslubiyati va usullari Korxona xo’jalik mexanizmi ko’p qirrali va murakkab jarayon hisob-lanadi. Xo’jalik mexanizmi korxona faoliyatida ro’y berayotgan iqtisodiy hodisalar va jarayonlarga baho berish, ularni rejalashtirish va tashkil etish yo’llarini aniqlash imkoniyatini beradi. Barcha iqtisodiy fanlar qatori fanni o’rganishning falsafiy asosi va umumiy bilish quroli sifatida dialektik usul ishlatilinadi. Shu bilan birga bilish jarayoning rivojlanishini ta’minlashda ilmiy fikr yuritish-ning umumiy usullari ham keng qo’llaniladi. Ular qatoriga induksiya, deduksiya, analiz (tahlil) va sintez kabilar kiradi. Dialektika grekcha «dialektike» so’zidan olingan bo’lib, tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o’rganish usuli sifatida vujudga kelgan, ya’ni fanning jamiyat tafakkurini yuksaltirishdagi o’rnini asos-lashga xizmat qiladi. Induksiya lotincha «induktion» so’zidan olingan bo’lib, xabar olish ma’nosini bildiradi. U fikr yuritishni tadqiq qilish usuli hisoblanadi. Induksiya tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiylikdan, ayni voqyelikdan umumiylikka o’tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda umumiy nazariy bilimga ega bo’lish uchun uning alohida tomonlari, emperik asosda o’rganilib, xulosa qilinadi. Deduksiya lotincha «deduction» so’zidan olingan bo’lib, «chiqarish» ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni tadqiq qilish usuli bo’lib, induksiya usulining teskarisini ifoda etadi. Deduksiya usuli ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritilinadi va tadqiqot olib boriladi. Download 281.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling