Andijon davlat univyersiteti
O’rmon va o’rmondan foydalanish
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.5. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar
2.4. O’rmon va o’rmondan foydalanish
21. O’zbekiston o’rmonlar kam bo’lgan mamlakat hisoblanadi, biroq o’rmon ekotizimlari ham xo’jalik munosabatlarida, ham tabiatni muhofaza qilish munosabatlarida muhim rol` o’ynaydi. Davlat o’rmon fondi yerlari 11,2 mln gektarni egallaydi, bu respublika umumiy maydonining 25,2 foizini tashkil etadi, ulardan 3,26 mln gektarga yaqini o’rmonlar bilan qoplangan. 22. O’zbekiston o’rmonlari o’zining tabiiy tarkibi, mahsuldorligi va bajariladigan funktsiyalariga ko’ra jiddiy ravishda farqlanadi. O’rmonlar asosan qumli cho’llarda - 9,53 mln ga, tog’larda - 1,12 mln ga, qayirlarda - 0,11 mln ga, Shuningdek, vohalarda - 0,26 mln ga joylashgan. 199 23. 30 ming gektarga yaqinni egallagan to’qayzorlar uchastkalari Qoraqalpog’iston Respublikasida joylashgan va Amudaryo delьtasida to’qayzorlar dastlabki hududining 10 foiziga yaqinni tashkil etadi. Ushbu uchastkalar O’zbekistondagi qolgan barcha to’qayzorlarning 75 foizini va Markaziy Osiyo to’qayzorlarining 20 foizini tashkil etadi. 24. To’qayzorlar maydonining kamayishi kamyob va yo’qolib borayotgan turlarning qisqarishi sababi hisoblanadi. To’qayzorlar massivlari uncha katta bo’lmagan tor polosalar va daryo uvalaridagi alohida uchastkalarda saqlanib qolgan va yovvoyi tabiat uchun muhim ekologik yo’laklar hisoblanadi. 2.5. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar 25. Mavjud bioxilma-xillikni saqlab qolish uchun boy tabiiy meros asosida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning to’laqonli tarmog’ini tashkil etish O’zbekistonni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. 26. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, jumladan: Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati; “Do’rmon” milliy bog’i; “Sayg’oqli” kompleks lanfdashft buyurtmaxonasi; “Ugom-Chotqol” davlat biosfera rezervati tashkil etilishi respublikaning katta muvaffaqiyati bo’ldi. Shuningdek, Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigini rivojlantirish, Ramsar Konventsiyasi doirasida suvli-botqoq joylar xalqaro ro’yxatiga yangi tabiiy hududlarni kiritish, mamlakatning 51 ta muhim arnetologik hududini xatlovdan o’tkazish va ularni tavsiflash katta yutuq bo’ldi. 27. Bugungi kunda respublikada 7 ta qo’riqxona (188,3 ming ga), 1 ta kompleks landshaft-buyurtmaxona (628,3 ming ga), 2 ta biosfera rezervati (111,7 ming ga), 3 ta milliy tabiiy bog’ (558,2 ming ga), 1 ta “Do’rmon” milliy bog’i (32,4 ga), 10 ta tabiat yodgorligi (3,8 ming ga), 12 ta buyurtmaxona (572,4 ming ga) va Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi (165, ming ga), shuningdek, o’rmon va o’rmon ovchilik xo’jaliklari (11,121 mln ga) mavjud. 200 28. Bioxilma-xillik barqaror saqlanishini ta’minlaydigan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning (muhofaza qilinadigan landshaftlar - kurort tabiiy hududlar, rekreatsion zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, qirg’oqbo’yi polosalari, suv ob’ektlarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalari, yuza va yerosti suvlar hosil bo’lishi zonalarisiz) umumiy maydoni 13,2 mln gektarga yaqinni tashkil etadi. Ayni vaqtda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni o’rmon xo’jaliklari va o’rmon-ovchilik xo’jaliklari hisobga olinmaganda 2079,2 ming gektarni yoki mamlakat hududining 4,64 foizini tashkil etadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling