Andijon davlat univyersiteti


 - 2028 yillarda O’zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
2019 - 2028 yillarda O’zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni 
saqlash 
STRATEGIYASI 
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 
1. O’zbekistonda biologik xilma-xillikni tiklash va saqlash - ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning barqaror rivojlanishi, Shuningdek, iqlim 
o’zgarishining yuz berayotgan jarayonlariga moslashishning ishonchli yo’li. 
O’zbekiston Respublikasi 1995 yildan boshlab Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining (keyingi o’rinlarda BMT deb ataladi) Biologik xilma-xillik 
to’g’risidagi Konventsiyasining tomoni hisoblanadi va o’ziga quyidagi 
majburiyatlarni olgan: 


194 
biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishning yoki 
mavjud rejalar va dasturlarga moslashtirishning milliy strategiyalari, rejalari va 
dasturlarini ishlab chiqish; 
biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanish uchun uning 
muhim ahamiyatga ega bo’lgan qismlarini belgilash; 
biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash maqsadida mavjud 
muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish; 
tanazzulga uchragan ekotizimlarni tiklash hamda kamyob va yo’qolib ketish 
xavfi ostidagi turlarini tiklash chora-tadbirlarini ko’rish. 
Biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha Birinchi milliy strategiya va 
Harakatlar rejasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 1 
apreldagi 139-son qarori bilan ma’qullangan edi. 
Mana shu tufayli biologik xilma-xillikni saqlash sohasidagi ko’plab loyihalar 
Global ekologik jamg’arma (keyingi o’rinlarda GEJ deb ataladi), Jahon banki, 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (keyingi o’rinlarda BMTTD 
deb ataladi), Yovvoyi tabiatni qo’riqlash jahon jamg’armasi va boshqa xalqaro 
tashkilotlar tomonidan xalqaro qo’llab-quvvatlandi. 
Ushbu Strategiya doirasida atrof muhitni muhofaza qilish bo’yicha bir qator 
milliy va mahalliy dasturlar va rejalarga biologik xilma-xillikni saqlash masalalari 
kiritildi va biologik xilma-xillikni saqlash sohasida qirqqa yaqin xalqaro loyihalar 
amalga oshirildi. Natijada yerlarning tanazzulga uchrashini sekinlashtirishga, 
cho’llanish 
jarayonlarini 
qisqartirishga, 
tabiiy 
resurslardan 
nobarqaror 
foydalanishning boshqa salbiy oqibatlarini susaytirishga yerishildi. 
Yerishilgan natijalarga qaramay, tabiiy ekotizimlarga va yovvoyi hayvonlar 
va o’simliklar ko’payishiga salbiy omillarning ta’siri davom etmoqda. Biologik 
xilma-xillik komponentlari samarali muhofaza qilinishini davom ettirish uchun 
tizimli yondashuvni qo’llash talab qilinadi, ham hayvonlarning o’zini, ham ular 
yashash joyini muhofaza qilish bo’yicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish zarur. 
2. Ushbu 2019 - 2028 yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash 
strategiyasi (keyingi o’rinlarda Strategiya deb ataladi) ustuvor yo’nalishlarni, 


195 
maqsadlar va vazifalarni, rejalashtirishni, ularga samarali yerishish usullarini, 
Shuningdek, uzoq muddatli istiqbolga biologik xilma-xillikni saqlash va undan 
foydalanish sohasida barqaror tizimni shakllantirish va rivojlantirish sohasida 
davlat siyosati amalga oshirilishi bosqichlarini belgilashga qaratilgan. 
3. Strategiya O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Tabiatni muhofaza 
qilish to’g’risida», «O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to’g’risida», «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish 
to’g’risida», «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida» va «O’rmon 
to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, Shuningdek, O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan 
tasdiqlangan 2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga asoslanadi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling