Andijon davlat univyersiteti
Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
12.4. Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari
O’simliklar ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga atrof- muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasiga alohida bo’lim ajratilgan bo’lib, unda “Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining samaradorligi oshirilsin. Kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlar keng joriy etilsin. Tabiiy resurslar, xomashyo va materiallardan to’la va kompleks foydalanishni ta’minlaydigan, atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatishga barham beradigan yoki uni jiddiy ravishda kamaytiradigan kombinatsiyalashgan ishlab chiqarishlar rivojlantirilsin” deyilgan. Кo’rinib turibdiki, tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish butun g’oyaviy-tarbiyaviy ishimizda muhim o’rin egallashi kerak. “Oldimizda tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona foydalanish vazifasi keskin bo’lib turibdi, ishlab chiqarishni rejali asosda tashkil etadigan va insonparvarlik dunyoqarashiga ega bo’lgan jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga uyg’unlik baxsh etishga qodirdir. Bizda 191 hozirdayoq bu borada tadbirlar tizimi amalga oshiridmoqda, ancha-muncha mablag’ sarflanmoqda. Amaliy natijalarni ham qo’lga kiritdik. Shunday bo’lishiga qaramay, bir qancha regioilarda tabiiy muhitning ahvoli tashvish tug’dirmoqda. Jamoatchilik, yozuvchilar yerni, yer osti boyliklarini, ko’llar va daryolarni, o’simlik va hayvonot olamini asrab-avaylash masalasini keskin qilib qo’ymoqdalar. Tabiatni muhofaza qilish ishida fan texnika yutuqlaridan yo’l qo’yib bo’lmas darajada sust foydalanilmoqda. Yangi korxonalarni qurish va ishlab turganlarini rekonstruktsiya qilish loyihalariga hali ham eskirib qolgan yechimlar asos qilib olinmoqda, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiya jarayonlari sust joriy etilmoqda. Foydali qazilmalarni qayta ishlashda ularning aksariyati chiqindiga chiqib, atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Bu borada iqtisodiy, huquqiy, tarbiyaviy xarakterdagi yanada qat’iyroq chora-tadbirlarni ko’rmoq zarur. Biz hozirgi davrda yashayotgan kishilar tabiat uchun avlodlar oldida, tarix oldida javobgarmiz” deyilgan. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling