Andijon davlat univyersiteti
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
12.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari
Atrof-muhitni muhofaza qilishga amal qilinmayotganligi to’g’risida qator misollar keltirish mumkin. Shulardan ayrimlarini keltirib o’tamiz. Masalan, tuproq eroziyasi va tuproqning Sho’rlanishi sug’orishni to’g’ri amalga oshirmaslik oqibatidir. Buning natijasida juda katta ekin maydonlarining unumdorligi pasayib, yerlar qishloq xo’jalik oborotidan chiqib qoladi, dasht biyobonga aylanadi. Shuningdek, o’rmonlarni rejasiz ravishda turli maqsadlar uchun kesib yuborish ham shunga o’xshash ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Masalan, Afrika mamlakatlarida ham tabiiy o’rmonlar maydoni surunkasiga kamayib ketdi. CHunonchi, Tanzaniyada juda katta maydonni egallagan o’rmonlar kofe plantatsiyasi barpo etish maqsadida yo’q qilib yuborildi. Buning oqibatida Kilimanjaro tog’lari yonbag’ridagi o’rmonlar ishdan chiqib, tuproqning yuvilib ketishiga sabab bo’ldi. Bundan 300 yil ilgari AQSHning shimoliy xududlari yoppasi o’rmonlar bilan qoplangan bo’lib, maydoni 2 mln km 2 ni tashkil qilardi. Keyingi yillarda ana shu maydonlarga ko’chnb o’tgan aholi mavjud o’rmonlarni butunlay yo’q qildi. Bundan tashqari, o’rmonlar oraliqdagi tekisliklar ham yaylovlarga aylanib qoldi. Tabiiy o’tlar chorva mollariga pala partish o’tlatilishi va yerlar yoppasiga haydab yuborilishi, suv va shamol eroziyasi tufayli tuproq ishdan chiqib qolishiga sabab bo’lmoqda. Keyingi o’n yillikda Amerika qit’asidagi yirik o’rmon massivlaridagi daraxtlar ko’plab kesib yuborildi, Bu ayniqsa Amazonka 189 havzasida ko’proq ro’y berdi. Yer yuzasining boshqa joylarida ham Shunday hodisalar ro’y bermoqda. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya avj olib rivojlangan davrda juda katta territoriyani ishg’ol qilgan o’rmonlar, ayniqsa mamlakatning janubiy va janubiy-sharqiy xududlarida joylashgan ko’plab o’rmonlar kesib yo’qotildi. Buning natijasida suv havzalari yo’qolib, tuproq va havoning qurishi kuchaydi. Buni quyida ma’lumotlardan ko’rish mumkin. A.N.Minx (1900) Volgogradning shimolida shahardan 30 km masofada joylashgan Pichuga qishlog’iga aholi ko’chib kela boshlaganligi haqidagi V.SHitov ma’lumotlarini keltiradi. O’sha vaqtlarda, Minxning aytishiga qaraganda, Pichuga daryosi sohili bo’ylab o’rmonlar shunchalik qalin bo’lganki, aholi ko’chib kelishi vaqtida daraxtlarni kesmasdan o’tib bo’lmagan. Dashtlardagi o’tlar shunchalik baland bo’lib o’sganligi tufayli yaylovga o’tlash uchun borayotgan uy hayvonlarini kuzatish qiyin bo’lgan. Dashtlar va o’rmonlarda sayg’oqlar, bo’rsiq va boshqa hayvonlar, Shuningdek, ko’plab har xil qushlar yashagan. A.N.Minx 1839 yildan 1894 yilgacha, ya’ni 55 yil davomida sobiq TSaritsin uezdida bo’lgan o’rmonlar 8 barobar kamayganligi to’g’risidagi ma’lumotlarni keltiradi. Ya.I.Veynberg (1878) bundan 50-70 yil ilgari TSaritsinga qadar Don va Volga daryolari oralig’ida dub daraxtlaridan iborat juda katta o’rmonlar bo’lganligini yozadi. Ana shu o’rmonlardagi dub daraxtlari shunchalik bahaybat bo’lganki, kesilganda qolgan to’nkasida katta yoshdagi kishi butun bo’y barobar yotishi mumkin. Ana shu o’rmonlarning hammasi, ya’ni Don bilan Volg’a oralig’ida joylashgai bo’lib, yuqori qismi Saratov va Voronej guberniyalari o’rmonlariga ulanib ketgan edi. Ayni vaqtda bu o’rmonlar yo’qotilgan, shu sababli daryolar suvi ham keskin kamayib ketgan va ayrim daryolar qurib qolgan. Aholi sonining ortib borishi bilan bir vaqtda o’rmonlar bilan band bo’lgan yerlarni o’zlashtirish hisobiga ekin maydonlari kengayib borgan. Birgina Amerika Qo’shma SHtatlarida tarixiy davr mobaynida o’rmonlar maydoni 364 dan 16 mln gektargacha qisqargan, keyingi 300 yil mobaynida esa Yer yuzi bo’yicha o’rmonlar maydoni 3 barobarga kamaygan (L. I. Kurakov, Ye. V. Milonova, 190 1974). Hamma joyda o’rmonlarning bu xilda yoppasiga yo’qotilishi o’z navbatida iqlimga va yer yuzasi landshaftiga ta’sir qilmay qolmaydi, albatta. uzoq yillar davomida Mesopotamiya,. Gretsiya, Kichik Osiyoda va boshqa joylarda haydaladigan ekin maydonlarini kengaytirish maqsadida ko’plab o’rmon daraxtlarini kundakov qilib yo’qotish katta maydonlar cho’l-biyobonga aylanib qolishiga sabab bo’lgan. Atrof-muhitning o’zgarishigaa faqat o’rmonlar emas, balki o’tsimon o’simliklar ham katta ta’sir ko’rsatadi. F.V.Venti ma’lumotiga ko’ra (1962), yer yuzining o’simliklar qoplami yil davomida atmosferaga 175 mln t efir moylari ajratadi, radiatsiya ta’sirida ular oksidlanadi va parchalanadi, shu tufayli bituminoz moddalarni hosil qiladi. Efir moylarining oksidlanishi va parchalashshi jarayonida yiliga 7,3 1010 J atrofida energiya ajraladi. Bu energiya yer sathiga nisbatan doimiy ravishda atmosferada musbat zaryad hosil etib turadi. Bu zaryad yil davomida bir necha bor ro’y beradigan momaqaldiroq vaqtida yo’qotiladigan zaryadlar yig’indisi (6,3-1010) ga teng bo’ladi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling