Andijon davlat univyersiteti
- jadval Raunkier bo’yicha biologik spektr %
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
6- jadval
Raunkier bo’yicha biologik spektr % Xududlar P Ch G K Th Trofik 61 6 12 5 16 Cho’l 4 8 1 5 82 O’rta dengiz 12 6 29 11 42 Mo’tadil (o’rta Yevropa) 8 6 52 25 9 Artika 1 22 60 15 2 Jadvaldan ma’lum bo’lishicha, tropiklardagi bir xil issiq va nam sharoitda (iqlimda) fanerofitlar ustunlik qiladi (61%). Yozi uzoq davom etadigan va quruq bo’ladigan noqulay cho’l va O’rta dengiz mintaqalarida terofitlar ustunlik qiladi (82% va 42%). 1918 yilda Gams hayotiy shakllarning batafsil ishlangan tizimini taklif etdi. U o’simliklarning yashash joyning xarakteri, oziqlanish usullari, harakatlanish xususiyati va boshqalardan foydalangan holda hayotiy shakllarni 3 ta tipga bo’ldi: 180 1-tip bir xil muhitda yashaydigan va unga birikkan organizmlar, ya’ni mazkur substratda (suv, havo va tuproqda) yashaydigan organizmlar; II-tip-har muhitda yashaydigan organizmlar (tuproqda ildiz oladi, yer ustki qismlari havoda bo’ladi). Bu yerda ham Raunkierdagi kabi guruxchalarga bo’linadi; III-tip harakatchan organizmlar (tuban hayvonlar). Gams tizimi asosan sinekologik hisoblanadi, chunkn u organizmlarning tarqalishini ko’rsatadi, bu esa o’simlik guruhlarining tuzilishiii va biotsenologiyaning boshqa masalalarini o’rganishda muhim ahamiyatga ega. Rus olimlaridan G.N.Visotskiy 1918 yilda “Ergenya. Kul`turno fitologicheskiy ocherk” deb nomlangan klassik asarida hayotiy shakllarning eng orginal tizimini taklif etdi. U guruxlarni o’simliklarning vegetativ ko’payish va tarqalish usullariga qarab ajratdi. Uning sxemasi asosan quruq dasht va cho’llar uchun mo’ljallangan edi. Visotskiy 6 ta bo’lim va ular ichida guruxchalarni ajratdi. I-bo’lim - vegetativ ko’payish xususiyatiga ega bo’lgan ko’p yilliklar: a) o’qli, o’q ildizli va popuk ildizlilar (u) va b) chim hosil qiluvchilar (a). II-bo’lim - aktiv vegetativ ko’payuvchi ko’p yilliklar: “Sudraluvchi”lar, ildizpoyalilar (x) va bachki xosil qiluvchilar. III- bo’lim- yer ustki piyozchali va qo’ltiq tugunakli ko’p yilliklar. Birinchi uchta bo’lim “Prevalidlar” deb nomlanib, ularga nam va oziq moddalarning asosiy qismini o’zlashtirishda ustunlik qiladigan o’simliklar kiradi. Ular namlik va oziq moddalarning asosiy iste’molchilari bo’lishidan tashqari, fitotsenozda mustahkam o’rin egallaydigan asosiy fitomassa ishlab chiqaruvchilar hisoblanadi. IV-bo’lim- ko’p yilliklar, ikki va bir yilliklar (bahorgi va kuzgilar). V-bo’lim- yashirin qo’shiluvchi tuban o’simliklar (moxlar, lishayniklar, zamburug’lar). VI- bo’lim-dashtlarda kam uchraydigan “ksilofitlar” (h), daraxtlar, butalar. Keyingi 3 ta bo’limni Visotskiy “Angredientlar” deb atadi, ya’ni ular oldingilarga “Prevalidlar” ga tobe o’simliklardir. 181 Keyinchalik novdalari hayotining davomiyligi va yer osti organlarshshng qanchalik saqlanshgshga qarab, har qaysi gurux, guruxchalarga bo’linadi. Yuqorida keltirilgan guruxlardan tashqari, Kazakevich yana daraxtlarni (N) va kam yilliklarni (0, 0) ajratdi. O’simlik guruhlarini hayotiy shakllar tarkibi bo’yicha o’rganishga statistik yondoshganligi uning katta xizmati va fanga qo’shgan hissasi hisoblanadi. U hayotiy shakllarning foiz nisbati bo’yicha konkret guruhlar uchun spektr tuzishni taklif etdi. Bunday spektrlarni analiz qilish fitotsenolog va botanik- geograflarning ishidir, biz uni ekologik tadqiqotlarga yondashish va organik metod sifatida keltirdik. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling