Andijon davlat univyersiteti
Hayotiy shakllar haqidagi ta’limotning tarixi
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
11.3. Hayotiy shakllar haqidagi ta’limotning tarixi
Shuni qayd qilish kerakki, hayotiy shakllar botanika rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq tadqiqotchilar e’tiboriga loyiq ob’ekt bo’lib qolgan. “Hayotiy shakl” tushunchasining o’zi Teofrast asarlaridayoq (yeramizdan avvalgi 300 yil) keng muhokama qilingan edi. Ma’lumki u “Issledovaniya o rasteniyax” deb nomlangan asarida daraxt, buta, chala buta va o’tlar kabi shakllarni ancha 175 to’liq ta’riflagan va o’z tizimini tuzishda undan foydalangan. Keyinchalik hayotiy shakllar ham sitematik maqsadlarda, ya’ni tizimlarni tuzishda foydalaniladigan bo’ldi. Buni Chezalьpino (1583), Morison (1715), Turnefor (1719) va bir qator boshqa botaniklarning ishlarida ham kuzatish mumkin. Lekin K.Linney ishlaridan so’ng tizimda hayotiy shakllardan (asosiy vegetativ belgilardan) foydalaiish amalda to’xtatildi va bu “Gul gipnozi” ta’sirida hatto qo’pol xato hisoblanadigan bo’ldi. Ma’lumki, Linney o’z tizimini faqat generativ, jinsiy belgilarga asoslanib tuzgan. Hayotiy shakllarga qiziqish 19-asrda, A.Gumbolьdtning “Idei fizionomichnosti rasteniy” nomli asari bosilib chikqandan keyingina tug’ildi. CHamasi hayotiy shakllar haqidagi taqdimot ana shu asardan boshlansa kerak. Gumbolьdt g’oyalari, odatda, botanik geog’rafiyada o’rganiladi. Shuni eslatib o’tish kerakki, Gumbolьt dastlab 16 ta, keyin esa 19 ta «asosiy shakllar» ni aniqlagan. Lekin ular fizionomik jihatdan bir-biridan keskin farq qilar edi. Masalan, palьmalar, banandoshlar, baobatdoshlar, kaktuslar, orxideyalar, lianalar, g’alladoshlar, paporotniksimonlar, toldoshlar, ninabarglilar va boshqalar. Lekin bu guruxlar bir xil bo’lmay, Gumbolьdt aytganidek, birinchi galda iqlim sharoitiga bog’liq holda tashqi ko’rinishidan bir-biridan farq qiladi. Gumbolьdtning ushbu g’oyalari keyinchalik boshqa olimlar tomonidan rivojlantirildi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling