Andijon davlat univyersiteti


 Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

12.3. Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari 
Atrof-muhitni muhofaza qilishga amal qilinmayotganligi to’g’risida qator 
misollar keltirish mumkin. Shulardan ayrimlarini keltirib o’tamiz. Masalan, tuproq 
eroziyasi va tuproqning Sho’rlanishi sug’orishni to’g’ri amalga oshirmaslik 
oqibatidir. Buning natijasida juda katta ekin maydonlarining unumdorligi pasayib, 
yerlar qishloq xo’jalik oborotidan chiqib qoladi, dasht biyobonga aylanadi. 
Shuningdek, o’rmonlarni rejasiz ravishda turli maqsadlar uchun kesib yuborish 
ham shunga o’xshash ko’ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Masalan, Afrika 
mamlakatlarida ham tabiiy o’rmonlar maydoni surunkasiga kamayib ketdi. 
CHunonchi, Tanzaniyada juda katta maydonni egallagan o’rmonlar kofe 
plantatsiyasi barpo etish maqsadida yo’q qilib yuborildi. Buning oqibatida 
Kilimanjaro tog’lari yonbag’ridagi o’rmonlar ishdan chiqib, tuproqning yuvilib 
ketishiga sabab bo’ldi. Bundan 300 yil ilgari AQSHning shimoliy xududlari 
yoppasi o’rmonlar bilan qoplangan bo’lib, maydoni 2 mln km
2
ni tashkil qilardi. 
Keyingi yillarda ana shu maydonlarga ko’chnb o’tgan aholi mavjud o’rmonlarni 
butunlay yo’q qildi. Bundan tashqari, o’rmonlar oraliqdagi tekisliklar ham 
yaylovlarga aylanib qoldi. Tabiiy o’tlar chorva mollariga pala partish o’tlatilishi va 
yerlar yoppasiga haydab yuborilishi, suv va shamol eroziyasi tufayli tuproq ishdan 
chiqib qolishiga sabab bo’lmoqda. Keyingi o’n yillikda Amerika qit’asidagi yirik 
o’rmon massivlaridagi daraxtlar ko’plab kesib yuborildi, Bu ayniqsa Amazonka 


189 
havzasida ko’proq ro’y berdi. Yer yuzasining boshqa joylarida ham Shunday 
hodisalar ro’y bermoqda. 
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya avj olib rivojlangan davrda juda 
katta territoriyani ishg’ol qilgan o’rmonlar, ayniqsa mamlakatning janubiy va 
janubiy-sharqiy xududlarida joylashgan ko’plab o’rmonlar kesib yo’qotildi. 
Buning natijasida suv havzalari yo’qolib, tuproq va havoning qurishi kuchaydi. 
Buni quyida ma’lumotlardan ko’rish mumkin. A.N.Minx (1900) Volgogradning 
shimolida shahardan 30 km masofada joylashgan Pichuga qishlog’iga aholi 
ko’chib kela boshlaganligi haqidagi V.SHitov ma’lumotlarini keltiradi. O’sha 
vaqtlarda, Minxning aytishiga qaraganda, Pichuga daryosi sohili bo’ylab o’rmonlar 
shunchalik qalin bo’lganki, aholi ko’chib kelishi vaqtida daraxtlarni kesmasdan 
o’tib bo’lmagan. Dashtlardagi o’tlar shunchalik baland bo’lib o’sganligi tufayli 
yaylovga o’tlash uchun borayotgan uy hayvonlarini kuzatish qiyin bo’lgan. 
Dashtlar va o’rmonlarda sayg’oqlar, bo’rsiq va boshqa hayvonlar, Shuningdek, 
ko’plab har xil qushlar yashagan. A.N.Minx 1839 yildan 1894 yilgacha, ya’ni 55 
yil davomida sobiq TSaritsin uezdida bo’lgan o’rmonlar 8 barobar kamayganligi 
to’g’risidagi ma’lumotlarni keltiradi. Ya.I.Veynberg (1878) bundan 50-70 yil ilgari 
TSaritsinga qadar Don va Volga daryolari oralig’ida dub daraxtlaridan iborat juda 
katta o’rmonlar bo’lganligini yozadi. Ana shu o’rmonlardagi dub daraxtlari 
shunchalik bahaybat bo’lganki, kesilganda qolgan to’nkasida katta yoshdagi kishi 
butun bo’y barobar yotishi mumkin. Ana shu o’rmonlarning hammasi, ya’ni Don 
bilan Volg’a oralig’ida joylashgai bo’lib, yuqori qismi Saratov va Voronej 
guberniyalari o’rmonlariga ulanib ketgan edi. Ayni vaqtda bu o’rmonlar 
yo’qotilgan, shu sababli daryolar suvi ham keskin kamayib ketgan va ayrim 
daryolar qurib qolgan. 
Aholi sonining ortib borishi bilan bir vaqtda o’rmonlar bilan band bo’lgan 
yerlarni o’zlashtirish hisobiga ekin maydonlari kengayib borgan. Birgina Amerika 
Qo’shma SHtatlarida tarixiy davr mobaynida o’rmonlar maydoni 364 dan 16 mln 
gektargacha qisqargan, keyingi 300 yil mobaynida esa Yer yuzi bo’yicha 
o’rmonlar maydoni 3 barobarga kamaygan (L. I. Kurakov, Ye. V. Milonova, 


190 
1974). Hamma joyda o’rmonlarning bu xilda yoppasiga yo’qotilishi o’z navbatida 
iqlimga va yer yuzasi landshaftiga ta’sir qilmay qolmaydi, albatta. uzoq yillar 
davomida Mesopotamiya,. Gretsiya, Kichik Osiyoda va boshqa joylarda 
haydaladigan ekin maydonlarini kengaytirish maqsadida ko’plab o’rmon 
daraxtlarini kundakov qilib yo’qotish katta maydonlar cho’l-biyobonga aylanib 
qolishiga sabab bo’lgan. 
Atrof-muhitning o’zgarishigaa faqat o’rmonlar emas, balki o’tsimon 
o’simliklar ham katta ta’sir ko’rsatadi. F.V.Venti ma’lumotiga ko’ra (1962), yer 
yuzining o’simliklar qoplami yil davomida atmosferaga 175 mln t efir moylari 
ajratadi, radiatsiya ta’sirida ular oksidlanadi va parchalanadi, shu tufayli bituminoz 
moddalarni hosil qiladi. Efir moylarining oksidlanishi va parchalashshi jarayonida 
yiliga 7,3 1010 J atrofida energiya ajraladi. Bu energiya yer sathiga nisbatan 
doimiy ravishda atmosferada musbat zaryad hosil etib turadi. Bu zaryad yil 
davomida bir necha bor ro’y beradigan momaqaldiroq vaqtida yo’qotiladigan 
zaryadlar yig’indisi (6,3-1010) ga teng bo’ladi. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling