Andijon davlat univyersiteti
2019-2028 yillarda O’zbekiston Respublikasida biologik xilma-
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
12.5. 2019-2028 yillarda O’zbekiston Respublikasida biologik xilma-
xillikni saqlash strategiyasini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida” 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmonini va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “1992 yilda Rio-de-Janeyroda imzolangan Biologik xilma-xillik to’g’risidagi konventsiyaga O’zbekiston Respublikasining qo’shilishi to’g’risida” 1995 yil 6 maydagi 82-I-son qarorini ijro etish yuzasidan, shuningdek, biologik xilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni ta’minlash, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish va kengaytirish, tabiiy ekologik tizimlarning tanazzulga uchrashi sur’atlarini pasaytirish, hayvonlar va o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan turlarini qayta tiklash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi xalqaro munosabatlarni 192 rivojlantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: a) 2019 - 2028 yillar davrida O’zbekiston Respublikasida biologik xilma- xillikni saqlash strategiyasi (keyingi o’rinlarda Strategiya deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Strategiya quyidagi ustuvor vazifalar amalga oshirilishini nazarda tutadi: muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlarini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish; Orol dengizining qurigan tubida o’rmonzorlashtirish ishlarini olib borish va uning maydonini 1,2 million gektarga yetkazish; Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh sonini 1000 ga yetkazish; davlat qo’riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy bo’g’inli yagona tizimini yaratish; zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS-texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot ma’lumotlar bazasini yaratish; har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o’simliklarni geobotanik tekshiruvdan o’tkazish; bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalarini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiyalash; b) 2019 - 2028 yillar davrida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasini amalga oshirish bo’yicha Harakatlar rejasi (keyingi o’rinlarda Harakatlar rejasi deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Tasdiqlangan Strategiya va uni amalga oshirish bo’yicha Harakatlar rejasi hayotga joriy etilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga yuklansin. 193 3. Vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda tarmoqlarni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarning keyinchalik tegishli yilga O’zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritish taklif qilinayotgan loyihalar bilan o’zaro bog’liqligini ta’minlasinlar; har yili yil yakuni bo’yicha Harakatlar rejasida nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi holati to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasiga axborot kiritsinlar. 4. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o’rinbosari - transport vaziri A.J.Ramatov va O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi raisi B.T.Qo’chqorov zimmasiga yuklansin. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling