Andijon davlat univyersiteti
II-BOB. JORIY VAZIYATNING TAVSIFI
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
II-BOB. JORIY VAZIYATNING TAVSIFI 2.1. O’zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikning joriy holati 4. O’zbekiston hududi tabiiy ekotizimlarning nihoyatda xilma-xilligi bilan tavsiflanadi. Tekis mintaqalarda cho’l ekotizimlari, tog’ ekotizimlarida esa balandlik zonalari mavjud, tog’ ekotizimlarining asosiy tiplariga muvofiq bo’lgan bir qancha zonal-iqlim poyaslari aniq namoyon bo’ladi. Daryo va qirg’oqbo’yi ekotizimlari ham tekkislikda, ham tog’li mintaqalarda joylashgan, ularning har birida o’ziga xos yashash joyi mavjud. Suv-botqoqlik ekotizimlari asosan mamlakatning tekislik hududlarida joylashgan. 5. O’zbekiston hududi uchun tabiiy ekotizimlarning beshta asosiy tipi ajratilgan. Bular: cho’l va yarimcho’l; tog’oldi va pastkam tog’li joylar; tog’ ekotizimlari; daryo va qirg’oqbo’yi ekotizimlari; suvli-botqoq joylar ekotizimlari. 196 6. Har bir ekotizimda kompleks tabiiy komponentlar mavjud. Ular muayyan o’simliklar dunyosi va hayvonlarning rivojlanishi, yashash va o’sishini belgilaydi. Ekotizimlarning har bir tipi boshqa ekotizimlar bilan o’zaro hamkorlikda mamlakatning umumiy ekologik yaxlitligini saqlash va muayyan ekotizim xizmatlari ko’rsatishda noyob o’rin tutadi. 7. O’zbekistonning bioxilma-xilligi hozirgi paytda ma’lum bo’lgan 27 mingtaga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular orasida yuksak o’simliklar, po’panaklar, lishayniklar (suv o’tlari bilan qoplangan zamburug’lar), qo’ziqorinlar va suv o’tlari) umuman olganda 11 mingtaga yaqin turni tashkil etadi, fauna turlari - 15,6 mingta turdan ortiq. O’zbekiston oliy tomirli o’simliklari endemizmi qariyb 8%. Qadimdan saqlanib qolgan endemiklar endemik turlar umumiy sonining 10 - 12 foizini tashkil etadi. 8. Hozirgi vaqtda zoologik tadqiqotlarning butun davrida mamlakat hududida ro’yxatdan o’tkazilgan turlarni o’z ichiga oladigan O’zbekiston umurtqali hayvonlar faunasi beshta sinfni ifodalaydi va 715 ta turni o’z ichiga oladi, ulardan 77 tasi baliq turlari, 3 tasi amfibiyalar turlari, 61 tasi sudralib yuruvchilar turlari, 467 tasi qushlar turlari va 107 tasi sut emizuvchilar turlaridir. 9. O’zbekiston va Markaziy Osiyoning endemikasi umurtqali hayvonlarning 53 ta turi va kenja turini ifodalaydi. Sudralib yuruvchilarda endemizm ko’rsatkichi 50 foizga teng, sut emizuvchilar sinfi endemizmi darajasi pastroq — 14% va qushlar sinfi uchun endemiklar soni ko’p emas - 1,7%. Baliqlar orasida endemizm darajasi 50 foizdan ortiqqa yetadi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling