Andijon davlat univyersiteti


 Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

12.4. Tabiatni muhofaza qilishning huquqiy jihatlari 
O’simliklar ekologiyasi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalasiga atrof-
muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalasiga 
alohida bo’lim ajratilgan bo’lib, unda “Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining 
samaradorligi oshirilsin. Kam chiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlar keng 
joriy etilsin. Tabiiy resurslar, xomashyo va materiallardan to’la va kompleks 
foydalanishni ta’minlaydigan, atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatishga barham 
beradigan yoki uni jiddiy ravishda kamaytiradigan kombinatsiyalashgan ishlab 
chiqarishlar rivojlantirilsin” deyilgan. Кo’rinib turibdiki, tabiatni muhofaza qilish 
va uning boyliklaridan oqilona foydalanish butun g’oyaviy-tarbiyaviy ishimizda 
muhim o’rin egallashi kerak. 
“Oldimizda tabiatni muhofaza qilish va uning resurslaridan oqilona 
foydalanish vazifasi keskin bo’lib turibdi, ishlab chiqarishni rejali asosda tashkil 
etadigan va insonparvarlik dunyoqarashiga ega bo’lgan jamiyat bilan tabiat 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga uyg’unlik baxsh etishga qodirdir. Bizda 


191 
hozirdayoq bu borada tadbirlar tizimi amalga oshiridmoqda, ancha-muncha 
mablag’ sarflanmoqda. Amaliy natijalarni ham qo’lga kiritdik. Shunday bo’lishiga 
qaramay, bir qancha regioilarda tabiiy muhitning ahvoli tashvish tug’dirmoqda. 
Jamoatchilik, yozuvchilar yerni, yer osti boyliklarini, ko’llar va daryolarni, 
o’simlik va hayvonot olamini asrab-avaylash masalasini keskin qilib 
qo’ymoqdalar. 
Tabiatni muhofaza qilish ishida fan texnika yutuqlaridan yo’l qo’yib bo’lmas 
darajada sust foydalanilmoqda. Yangi korxonalarni qurish va ishlab turganlarini 
rekonstruktsiya qilish loyihalariga hali ham eskirib qolgan yechimlar asos qilib 
olinmoqda, chiqindisiz va kam chiqindili texnologiya jarayonlari sust joriy 
etilmoqda. Foydali qazilmalarni qayta ishlashda ularning aksariyati chiqindiga 
chiqib, atrof-muhitni ifloslantirmoqda. Bu borada iqtisodiy, huquqiy, tarbiyaviy 
xarakterdagi yanada qat’iyroq chora-tadbirlarni ko’rmoq zarur. Biz hozirgi davrda 
yashayotgan kishilar tabiat uchun avlodlar oldida, tarix oldida javobgarmiz” 
deyilgan.

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling