Andijon davlat univyersiteti


Download 3.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/114
Sana13.10.2023
Hajmi3.62 Mb.
#1701349
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114
Bog'liq
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA

 
 


204 
V-BOB. STRATEGIYANING MAQSADLARI VA VAZIFALARI 
43. Ushbu Bioxilma-xillikni saqlash strategiyasining kontseptsiyasi 
O’zbekiston rivojlanishning muvozanatli va barqaror shakliga yerishishidan, u 
uzoq muddatli istiqbolda millatning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlari 
bog’liq bo’lgan ekotizimlarning asosiy xizmatlarini ta’minlaydigan bioxilma-
xillikni e’tirof etishi, baholashi va saqlab qolishidan iboratdir. 
44. Strategiyaning maqsadi 2029 yilga kelib bioxilma-xillikni saqlash va 
undan barqaror foydalanishni, ekotizimlar faoliyat ko’rsatishi va ular tomonidan 
asosiy xizmatlar ko’rsatilishini ta’minlash uchun samarali va shoshilinch chora-
tadbirlar ishlab chiqilishidan iborat. 
45. Bioxilma-xillikni saqlash va undan barqaror foydalanishni, oziq-ovqat 
xavfsizligini, aholi yashashi uchun qulay muhitni hamda mamlakatni barqaror 
rivojlantirishni ta’minlash uchun 2029 yilgacha quyidagi strategik maqsadlar 
belgilandi: 
bioxilma-xillik masalalarini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari va butun 
jamiyatning faoliyatiga kiritish; 
bioxilma-xillikka 
to’g’ridan-to’g’ri yuklamalarni qisqartirish, uning 
komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish; 
muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar hududi tizimini rivojlantirish, ekotizim 
xizmatlari tomonidan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko’paytirish; 
salohiyatni rejalashtirish, yaratish va moliyalashtirish mexanizmlarini 
rivojlantirish yo’li bilan biologik xilma-xillik saqlash va undan barqaror 
foydalanish samaradorligini oshirish. 
46. Strategiya turli darajalardagi davlat va nodavlat tuzilmalari, aholining 
kelishilgan sa’y-harakatlarini safarbar qilishga, Shuningdek, bioxilma-xillikni 
saqlab qolish va undan barqaror foydalanish bilan bog’liq bo’lgan muayyan 
yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlash va amalga oshirishdan manfaatdor bo’lgan 
donorlarni jalb etishga yo’naltirilgan. 
47. Biologik xilma-xillik mavzularini davlat hokimiyati boshqaruvi organlari 
va butun jamiyatning faoliyatiga kiritish uchun: 


205 
atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimini takomillashtirish, biologik 
xilma-xillik komponentlari monitoringi bilan keng qamrab olish hisobiga uning 
mazmun-mohiyatini kengaytirish; 
biologik xilma-xillik qadriyatlari va ekotizim xizmatlari to’g’risida davlat 
hokimiyati boshqaruvi organlari, shuningdek, jamiyatning barcha qatlamlarining 
xabardorligi va bilimini oshirish; 
biologik xilma-xilliklar qiymati va ekotizimlar xizmatlarini iqtisodiy 
baholashni ishlab chiqish va uning mexanizmlarini rejalashtirish jarayoniga 
kiritish; 
tashkiliy-texnik, texnologik yechimlarni o’z ichiga oladigan davlat ekologik 
ekspertizasi doirasida tabiatni muhofaza qilish tadbirlari ierarxiyasini nazarda 
tutuvchi atrof muhitga ta’sir to’g’risidagi bayonotlar loyihalariga xalqaro talablarni 
ishlab chiqish va joriy etish zarur. 
48. Biologik xilma-xillikka to’g’ridan-to’g’ri yuklamalarni qisqartirish va 
uning komponentlaridan oziq-ovqat landshaftlarida barqaror foydalanish uchun: 
eng zaif tabiiy ekologik tizimlar tanazzuli va fragmentatsiyasi sur’atlarini 
pasaytirish bo’yicha kompleks choralar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini; 
takomillashtirilgan huquqiy va metodik asosda suv havzalari va boshqa 
ekotizimlarning biologik resurslaridan barqaror foydalanishni ta’minlash zarur. 
49. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini rivojlantirish, ekotizimlar 
xizmatlari bilan ta’minlanadigan afzalliklar hajmini ko’paytirish uchun: 
muhofaza qilinadigan tabiiy hudud tizimini muqobil va samarali boshqarishni 
va tabiiy bog’lar, kompleks buyurtmaxonalar va buyurtmaxonalar hisobiga tizim 
maydonini kengaytirishni; 
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligini yuritish uchun 
foydalaniladigan biologik xilma-xillik komponentlarini saqlash va ulardan barqaror 
foydalanish davlat dasturi ishlab chiqilishini ta’minlash zarur. 
50. Salohiyatni yaratishni rejalashtirish yo’li bilan biologik xilma-xillikni 
saqlab qolish va ulardan barqaror foydalanish samaradorligini oshirish uchun 


206 
milliy, hududiy va tarmoq rivojlanishi rejalarining tarkibiy qismlari sifatida ushbu 
Strategiyaning qoidalari kiritilishi va amalga oshirilishini ta’minlash zarur. 

Download 3.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling