Andijon davlat univyersiteti
IV-BOB. BIOXILMA-XILLIK SOHASIDA XALQARO ALOQALAR
Download 3.62 Mb. Pdf ko'rish
|
BIOEKOLOGIYA OQUV QOLLANMA
IV-BOB. BIOXILMA-XILLIK SOHASIDA XALQARO ALOQALAR 40. O’zbekiston tabiatni muhofaza qilish mintaqaviy va xalqaro jarayonlarining faol ishtirokchisi hisoblanadi. Hamkorlik ko’p tomonlama tabiatni muhofaza qilish shartnomalarini — global ekologik Konventsiyalarni, ikki tomonlama va ko’p tomonlama bitimlar va memorandumlarni amalga oshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bular: Biologik xilma-xillik to’g’risidagi konventsiya; Yo’q bo’lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to’g’risidagi konventsiya; Xalqaro ahamiyatga ega, ayniqsa suvda suzuvchi qushlarning yashash joylari bo’lgan suvli-botqoq joylar to’g’risidagi konventsiya (Ramsar konventsiyasi); 203 YUNESKOning butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to’g’risidagi konventsiyasi; Yovvoyi hayvonlarning migratsion turlarini saqlash bo’yicha konventsiya; Jiddiy qurg’oqchilik va/yoki cho’llanishga duchor bo’lgan mamlakatlarda, ayniqsa, Afrikada cho’llanishga qarshi kurashish bo’yicha konventsiya; Afro-Evroosiyo migratsiyalanadigan suvli-botqoq joylardagi qushlarni muhofaza qilish bo’yicha bitim; Oq quyruq, Buxoro bug’usi, Sibirь oq turnasi singari hayvonlarning kamyob migratsiyalanadigan turlarini saqlash bo’yicha o’zaro tuShunish to’g’risidagi memorandumlar; Sut emizuvchilar bo’yicha Markaziy Osiyo tashabbusi; Orolni qutqarish Xalqaro jamg’armasini tashkil etish to’g’risidagi bitim. 41. Biologik xilma-xillikni saqlash va tegishli loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish doirasida Global ekologik jamg’arma, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi, BMT TD, BMTning atrof muhit bo’yicha dasturi, YuNESKO, Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish jamg’armasi, Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha Mixael Zukkov jamg’armasi singari xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinmoqda. 42. O’zbekistonda keyingi o’n besh yilda xalqaro grantlar jalb etilgan holda bir qancha loyihalar amalga oshirildi. Ular doirasida muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlarda va ular atrofida bioxilma-xillik va tabiiy resurslarni saqlash va boshqarish, muhofaza qilinadigan tabiiy muhitlar tizimini kengaytirish bo’yicha yangi yondashuvlar namoyish qilindi. Ushbu loyihalarni amalga oshirish tufayli muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning yangi toifalari tashkil etildi, ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilandi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tizimi mutaxassislari va xodimlarini, shuningdek, respublika kompaniyalari va korxonalari ekologlarini bioxilma- xillikni saqlab qolish bo’yicha yangi ilg’or yondashuvlarga o’qitish yaxshilandi. Download 3.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling